Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Universitet #Qabul_2021
📣📣📣“Yangi Oʻzbekiston” universiteti 2021/22 o'quv yili uchun qabul ochilganligini e'lon qiladi.
✅ “Yangi O’zbekiston” universitetiga qabul 31- iyulga qadar davom etadi. Hujjatlar newuzbekistanuniversity.uz sayti orqali online topshiriladi.
📑Onlayn arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
• pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);
• umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
• ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);
• Oxirgi uch oy ichida olingan elektron rasm nusxasi.
📊2021-2022 o‘quv yilida Muhandislik fakultetining uch yoʻnalishi bo‘yicha dasturlar taqdim etiladi:
Mexanika muhandisligi -100 ta
Kimyo muhandisligi- 100 ta
Dasturiy ta’minot muhandisligi- 100 ta
📝 Kirish imtihoni
• Kimyo muhandisligi yo'nalishi nomzodlari uchun: matematika va kimyo
• Mexanika muhandisligi yo'nalishi nomzodlari uchun: matematika va fizika
• Dasturiy ta’minot muhandisligi yo'nalishi nomzodlari uchun: matematika va fizika fanlaridan
❗️Kirish imtihonlari Cambridge tomonidan tashkil etiladi. Kirish imtihonlari savollari 9-10-11 sinf maktab darsliklari asosida Cambridge tomonidan tuzilgan.
🔰Kontrakt to'lov miqdori
Mahalliy talabalar uchun kontrakt bir semestr uchun (oʻzbek soʻmda)
Kimyo muhandisligi - 24 850 000
Mexanika muhandisligi - 24 850 000
Dasturiy ta’minot muhandisligi - 24 850 000
⚡️Iqtidorli talabalarning ta'lim olishini qo'llab-quvvatlash uchun davlat grantlari mavjud. Mazkur davlat grantlarini ajratish shartlari keyingi postlarda e'lon qilinadi.
Xorijiy talabalar uchun kontrakt bir semestr uchun (AQSH dollarda)
Kimyo muhandisligi - 5000
Mexanika muhandisligi - 5000
Dasturiy ta’minot muhandisligi - 5000

#gozal_sher
O‘tar qancha yillar to‘zoni,
Yulduzlar – ko‘zyoshi samoni.
O‘tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Qorachug‘da porlagan o‘sha,
Iqboliga chorlagan o‘sha.
Dunyoni tor aylagan o‘sha –
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Anor sening yuzlaring, suluv,
Xumor sening ko‘zlaring, suluv,
Yodda qolmas so‘zlaring, suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Nima deysan, ey, g‘ayur inson?
G‘iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o‘tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
✍Muhammad Yusuf.
O‘zbekiston xalq shoiri
👉@piima_myim
O‘tar qancha yillar to‘zoni,
Yulduzlar – ko‘zyoshi samoni.
O‘tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Qorachug‘da porlagan o‘sha,
Iqboliga chorlagan o‘sha.
Dunyoni tor aylagan o‘sha –
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Anor sening yuzlaring, suluv,
Xumor sening ko‘zlaring, suluv,
Yodda qolmas so‘zlaring, suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Nima deysan, ey, g‘ayur inson?
G‘iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o‘tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
✍Muhammad Yusuf.
O‘zbekiston xalq shoiri
👉@piima_myim
Туғилган кун
ЗУЛФИЯ МЎМИНОВА
Бугун Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоира Зулфия Мўминова таваллуд топган кун. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси жамоаси шоирани ушбу сана билан муборакбод этади.
Зулфия Мўминова 1959 йил 15 июль куни Самарқанд вилояти Нарпай туманида туғилган. 1985 йили Тошкент давлат университети (ҳозирги ЎзМУ)нинг Филология факультетини тамомлаган.
Зулфия Муминова таниқли шоира, ўзбек хотин-қизлари ва ёшларининг севимли ижодкори. Ўз овози, ўз мухлисларига эга шоира 11 та насрий ва насмий китоблар муаллифи саналади. Таниқли бастакорлар унинг юздан ортиқ шеърларига куй басталаган. Бу қўшиқлар Ватан, Истиқлол, Она каби энг муқаддас мавзуларга бағишланган бўлиб, телеканал ва радиоканаллар орқали, шунингдек, Мустақиллик, Наврўз умумхалқ байрамлари дастуриларида эл севган санъаткорлар томонидан ижро этилган.
У мустақиллик йилларида, айниқса, самарали ижод қилди. Ана шу йиллар нашр қилинган “Самога сочилган юлдузлар” (1991), “Истиқлол – олтин гулим” (1991), “Қудратли юртимга” (1994), “Ғиждувон ободдир, Ғиждивоний ҳаёт” (1999), “Никоҳ шартномаси”, “Тўйдан олдин тиббий кўрик” (2006), “Сурхоннинг муҳтарама аёллари” (2009), “Биринчи ўқитувчим” (2009), “Аёлга гул беринг” (2017), “Бир куни дарс қолдирган, бир умр пушаймондир” (2009), “Аёлга бахт беринг” (2011), “Сурхоннинг тадбиркор ўғлони” (2019), “Буюк уйғониш” (2019), “Ишқ боғида бор эдим” (2019), “Ассалом, саодат тонги” каби шеърий, бадиий публицистик китоблари мухлислар томонидан илиқ кутиб олинди. Шунингдек, шоиранинг болалар учун ёзган “Хўроз нега учолмайди?” (1995), “Донишманд тошбақанинг кўзойнаги”, “Болаларга китоб беринг”, “Юмшоғой исмли типратиконча” (2019) каби китоблари ҳам ўз ўқувчиларига эга.
Зулфия Муминова 1999 йилда “Аёллар йили” муносабати билан ўтказилган республика кўрик-танловининг “Йилнинг энг фаол ижодкор аёли” номинацияси ғолиби бўлган, 2018 йилда ўтказилган “Энг улуғ, энг азиз” республика кўрик-танловининг адабиёт йўналиши бўйича 1-ўрин муносиб кўрилган.
Зулфия Мўминованинг меҳнаткашлиги, жамоат ишларидаги фаоллиги давлатимиз томонидан муносиб баҳоланиб, 2001 йилда “Дўстлик”, 2018 йил “Меҳнат шуҳрати” орденлари билан мукофотланган.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
Сайт I Телеграм I Фейсбук

Iqtidorli yoshlar, Yangi O'zbekiston universiteti sizni kutmoqda!
Prezidentimiz tashabbusi bilan xalqimiz, avvalo, yoshlarimizning talab va istaklarini hisobga olib hamda mamlakatimizning oliy ta'lim sohasidagi kadrlar tayyorlash salohiyatini oshirish,
yoshlar uchun yanada keng imkoniyat va sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahrida Yangi O'zbekiston universiteti tashkil etilganidan xabaringiz bor.
Ushbu universitetda iqtidorli talabalarning ta'lim olishini qo'llab-quvvatlash uchun davlat
grantlari tatbiq etiladi.
Batafsil saytimizda o'qishingiz mumkin.

Davlat grantlari kimlarga tatbiq etiladi?
Batafsil saytimizda o'qishingiz mumkin.
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
📌Agentlik tizimidagi Ijod maktablarining 2-bosqich test sinovlari qatnashchilari diqqatiga!
📨Bugun, 17 - iyul kunidan e'tiboran barcha qatnashchilarga navbatdagi imtihon kuni haqida PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.
❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo'natiladi.
📲Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.
☎️Qo'shimcha ma'lumot uchun Ijod maktablarining qabul komissiyasiga yoki Agentlikning 1206 сall-markaz raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
BAHOR KELGUNCHA
Har bahor chokidan so'kilar yillar,
Tiriklik yo'lida to'kilar dillar,
Umr karvoniga qo'shilar yoʻllar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Hayot qaramaydi ko'ngil mayliga,
Boqmagil, jonginam zamon zayliga.
Chiqaylik, g'animat, gullar sayliga,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Dunyoni unutgan insonlar oʻtar,
Ko'zlarni kuydirgan jononlar oʻtar.
Bugun orzu, erta armonlar o'tar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Kim yetar manzilga, kim yetmas balki,
Yuz yillik chinorlar kesilar balki,
Bu qushlar bog'larni tark etar balki,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
@piima_myim
O‘zbekiston xalq shoiri
BAHOR KELGUNCHA
Har bahor chokidan so'kilar yillar,
Tiriklik yo'lida to'kilar dillar,
Umr karvoniga qo'shilar yoʻllar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Hayot qaramaydi ko'ngil mayliga,
Boqmagil, jonginam zamon zayliga.
Chiqaylik, g'animat, gullar sayliga,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Dunyoni unutgan insonlar oʻtar,
Ko'zlarni kuydirgan jononlar oʻtar.
Bugun orzu, erta armonlar o'tar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Kim yetar manzilga, kim yetmas balki,
Yuz yillik chinorlar kesilar balki,
Bu qushlar bog'larni tark etar balki,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
@piima_myim
#Imtihon_2021
❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
✅Prezident maktablari 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.
❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.
🔹Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.
❗️"Shaxsiy kabinet" da, shuningdek Prezident maktablari saralash imtihonlari maslahat-tanishtiruv kuni haqida ham ma'lumot beriladi. Talabgorlar maslahat-tanishtiruv kunida ishtirok etishlari shart.
🔰Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
⚡️Talabgordan ruxsatnomani chop etib olish hamda maslahat-tanishtiruv kuni va imtihonga mazkur ruxsatnoma bilan kelish talab qilinadi.

Forwarded from O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Ёш ижодкорлар диққатига
ЭРТАКЛАР ТАНЛОВИГА МАРҲАМАТ!
Ўзбекистон Мустақиллигининг 30 йиллигига бағишланган “HUMO-2021” Халқаро эртаклар танловига асарлар қабул қилиш давом этмоқда.
Танловда 35 ёшгача бўлган, Ўзбекистон, Қорақалпоғистон ва МДҲ давлатларида яшовчи ёш ижодкорлар иштирок этишлари мумкин.
Танлови қорақалпоқ, рус ва ўзбек тилларида ўтказилади.
Танлов шартлари https://www.facebook.com/humo.konkurs.3 манзилида берилган.
Асарларни қабул қилиш муддати 2021 йил 10 август тунги соат 23:59 гача.
Эртаклар [email protected] электрон почтасига жўнатилади.

Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
Muhammad Qodirga
Muhammad Yusuf
📝 Муҳаммад Қодирга
✍🏻 Муҳаммад Юсуф
🎙 Муҳаммад Юсуф
✍🏻 Муҳаммад Юсуф
🎙 Муҳаммад Юсуф
✍Muhammad Aziz
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi
ERKА MUHАMMАD
Аndijonlik erka Muhammad,
Qanday boʼlgan bolaligida?
Qizgʼaldoqlar terganmi faqat,
Mingtepaning tepaligida?
Kim biladi oʼsha paytda ham,
Dalalarda surgandir xayol.
Mayin esgan saboga atab,
Balki bitgan gʼazalu ashʼor?!
Shoʼxliklari meʼdaga tegib,
Goh birovni qilgandir xafa.
Onasidan dakki eshitib,
Otasidan olgan martaba...
Yillar oʼtdi misoli shamol,
Maqsadiga nihoyat yetdi.
Oʼz yurtida topdi u kamol,
Har misrada yurtin madh etdi!
Аshʼorlaring har bir satrida,
Yashirinday tuyilar bir sir.
Oʼsha sirni menga aytaqol,
Bola boʼlib tushlarimga kir!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Andijon Prezident maktabiga nomzodlarni birinchi bosqich test imtixonlarini o‘tkazish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari va tushuntirish targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarga Davlat test markazi hodimlari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi mas'ullari hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi rahbar va o‘qituvchilari jalb etildi.
@piima_myim
Mazkur tadbirlarga Davlat test markazi hodimlari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi mas'ullari hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi rahbar va o‘qituvchilari jalb etildi.
@piima_myim
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
📌Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi – Prezident ta'lim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi
“Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5188-son, 19.07.2021 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Jamg'arma Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. Vasiylik kengashi raisi — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti.
🔹Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzurida Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash
jamg'armasi faoliyati yo'lga qo'yildi.
🔹2021–2025 yillarda Agentlik tizimida 13 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktab qurilib, mavjud 5 ta ijod maktabi ta'mirlanadi.
2021 yil 1 sentyabrgacha:
🔹xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o'quvchi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari bo'yicha bilim va ko'nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;
🔹Prezident maktablarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, ularga keyinchalik o'qishini davom ettirish uchun OTMlarni tanlashda ko'maklashishga qaratilgan “Maktab maslahatchisi” (School
Councillor) dasturi joriy etiladi;
🔹Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun inklyuziv IT ta'lim joriy qilinadi.
🔹2021/2022 o'quv yilidan O'zbekistondagi xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirgan Prezident maktablari
bitiruvchilariga to'lov-kontrakt summasini qoplash uchun subsidiya to'lanadi.
✅Shuningdek, quyidagilarga test sinovlarisiz va qo'shimcha imtihonlarsiz o'qishga kirish huquqi beriladi:
Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy ta'lim tashkilotlariga umumiy
belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlariga nisbatan qo'shimcha davlat granti asosida;
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga ixtisoslik
yo'nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta'lim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va
axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim
yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to'lov-kontrakt
asosida;
Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilariga ixtisoslik yo'nalishidan kelib
chiqib davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to'lov-kontrakt asosida.
Xalqaro (International Advanced Levels) dasturlarning A va B darajadagi A-LEVEL
sertifikatlariga ega abiturientlar davlat oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga kirishda sertifikat berilgan fan bo'yicha kirish imtihonidan ozod etiladi hamda ularga mazkur fandan maksimal ball beriladi.
🔹Qaror bilan shuningdek, Agentlik huzurida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etildi.

❗️PREZIDENT MAKTABLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
Hurmatli talabgorlar!
⚡️Yurtimizda kuzatilayotgan issiq ob-havoni inobatga olgan holda, 26-,27-,28-iyul kunlari 18:00 da o'tkazilishi belgilangan Prezident maktablari kirish imtihonlarining vaqti 19:00 ga ko'chirildi.
🔰Sizdan imtihon kuniga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishingiz talab etiladi.