Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.12K subscribers
10.2K photos
975 videos
53 files
2.12K links
Download Telegram
#Ijodiy_imtihonlar

❗️Agentlik tizimidagi ijod maktablari saralash imtihonlarining birinchi bosqichi yakunlandi.

▶️Imtihonning 1-bosqichi tartibi;
▶️Ijod maktablariga topshirilgan hujjatlar va kvotalar;
▶️Shaffoflik maqsadida ko'rilgan choralar;
▶️Birinchi bosqich natijalarini tekshirish
.

👉 Bularning barchasi haqida saytimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Call_markaz

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarga qabul yuzasidan aholidan kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida 1206 raqamli call-markazi ishga tushirilgan edi.

🔰Call-markaz faoliyati bilan ushbu videolavhada tanishishingiz mumkin.

❗️Eslatib o'tamiz, Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
❗️Agentlik tizimidagi maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

📋 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimida hozirgi kunda 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta Ijod maktabi faoliyat yuritadi.

💻 Hozirgi kunda barcha davlat organlari telegramda oʼz sahifalarini yuritmoqda. Jumladan, Аgentlik tizimidagi maktablar ham.

🔷Mazkur telegram kanallarida tizimdagi maktablar yangiliklaridan boxabar boʼlish, oʼzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud. Maktablarning rasmiy kanallari bilan tanishib, aʼzo boʼlishni tavsiya qilamiz.

PREZIDENT MAKTABLARI:

▶️ Toshkent shahridagi Prezident maktabi
▶️ Namangan shahridagi Prezident maktabi
▶️ Nukus shahridagi Prezident maktabi
▶️ Xiva shahridagi Prezident maktabi

IJOD MAKTABLARI:

▶️ Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o`qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqur órgatishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
▶️ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Isxoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
▶️Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
▶️ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR:

▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktab
▶️ Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Mirzo Ulug’bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati
#Imtihon_2021

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga maslahat-tanishtiruv kuni hamda 1 - bosqich kirish imtihonlarini o'tkazish rejalashtirilgan hududlar haqida ma'lumot:

🔸Toshkent shahar va Toshkent viloyati- Toshkent shahar, Olmazor tumani, G‘alaba bog‘i hududidagi yopiq sahna maydonida va Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining 1- va 2-maydonlarida;

🔸Sirdaryo viloyati - Guliston shahri markaziy o‘yingohida;

🔸Qashqadaryo viloyatida - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni 2-va 3-maydonlarida;

🔸Farg'ona viloyati - Farg‘ona davlat universiteti stadioni va Marg‘ilon shahar 2-BO‘SM stadionida;

🔸Buxoro viloyati - Buxoro shahri "Dilkusho" tennis sport majmuasida;

🔸Jizzax viloyati - "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi sun'iy qoplamali mashg‘ulot maydonida;

🔸Samarqand viloyati - "Lokomotiv" markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni va Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida;

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi - Nukus shahri "Turon" markaziy stadionida;

🔸Namangan viloyati - 17-bolalar va o‘smirlar maktabiga qarashli "Navbahor umid" stadionlarida;

🔸Xorazm viloyati - Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi "Xorazm" sport majmuasida;

🔸Navoiy viloyati - Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohida;

🔸Andijon viloyati - Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-, 4- va 5-binolarida;

🔸Surxondaryo viloyati - "Surxon" sport majmuasi zaxira futbol maydoni va Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida.

* Mazkur hududlar ro‘yxatiga Respublikadagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
TARAQQIYOT

Ayollar, paykaldan ko‘tarmang boshni,
Faqat, mehnat qiling, yillar kutmaydi.
Shiyponlarda kutib - kuzating quyoshni,
Kelajak avlodlar bizni unutmaydi!..

Biz shunday butifoslar topamiz hali,
Paxtamizni yillab tersak bitmaydi.
Xirmonlar osmonga tegar yuksalib,
Kelajak avlodlar bizni unutmaydi.

Erkaklar, kitoblar o‘qing, ov qiling,
So‘qmoqlarda so‘nggi jayronlar titraydi
So‘nggi yo‘lbarslarning terisini shiling,
Kelajak avlodlar bizni unutmaydi.

Og‘ular topamiz - chuvalchanglar ilib,
Hech kim qarmoqlarda baliq tutmaydi.
Delfinlar sohilda yotadi cho‘zilib,
Kelajak avlodlar bizni unutmaydi...

Shoirlar dunyoga tanitib elin,
Mukofotlar bilan bir-birin qutlaydi.
Navoiy bobosin tushunmay tilin,
Kelajak avlodlar bizni unutmaydi!..

Buni taraqqiyot derlar. Biz o‘sdik,
O‘saverdik, hech kim inkor etmaydi.
Tog‘larni qo‘porib, daryolarni to‘sdik,
Kelajak avlodlar bizni unutmaydi.

She'rim - qarog‘imdan oqqan yoshlarim,
Anglarmisiz uni, hech ko‘zim yetmaydi...
Barakalla sizga, zamondoshlarim,
Kelajak avlodlar bizni unutmaydi!

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

@piima_myim
Men yosh edim, hiyobonlarda,
Kitob o'qib qotgandi suyak.
Ishq qissalar muqovasiga,
Chizilgandi qip qizil yurak.

Shu kitobdan andoza olib,
Devorlarga yurak chizardim.
Kechalari ishq qissalarda
Oshiq bo'lib pinhon suzardim.

Lek angladim ba'risi yolg'on,
Rassomlar ham hato chizishgan.
Boqiy yolg'on shodalariga
Yana bitta yolg'on tizishgan.

Bu rassomlar yurak rasmini,
Chizgandirda mastliklarida.
Asli yurak boshqacha ekan,
Anatomiya darsliklarida.

Akmaljon Abdurahmonov
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

@piima_myim
#Universitet #Qabul_2021

📣📣📣Yangi Oʻzbekiston” universiteti 2021/22 o'quv yili uchun qabul ochilganligini e'lon qiladi.

“Yangi O’zbekiston” universitetiga qabul 31- iyulga qadar davom etadi. Hujjatlar newuzbekistanuniversity.uz sayti orqali online topshiriladi.

📑Onlayn arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
• pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);
• umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
• ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);
• Oxirgi uch oy ichida olingan elektron rasm nusxasi.

📊2021-2022 o‘quv yilida Muhandislik fakultetining uch yoʻnalishi bo‘yicha dasturlar taqdim etiladi:

Mexanika muhandisligi -100 ta
Kimyo muhandisligi- 100 ta
Dasturiy ta’minot muhandisligi- 100 ta

📝 Kirish imtihoni
• Kimyo muhandisligi yo'nalishi nomzodlari uchun: matematika va kimyo
• Mexanika muhandisligi yo'nalishi nomzodlari uchun: matematika va fizika
• Dasturiy ta’minot muhandisligi yo'nalishi nomzodlari uchun: matematika va fizika fanlaridan

❗️Kirish imtihonlari Cambridge tomonidan tashkil etiladi. Kirish imtihonlari savollari 9-10-11 sinf maktab darsliklari asosida Cambridge tomonidan tuzilgan.

🔰Kontrakt to'lov miqdori

Mahalliy talabalar uchun kontrakt bir semestr uchun (oʻzbek soʻmda)
Kimyo muhandisligi - 24 850 000
Mexanika muhandisligi - 24 850 000
Dasturiy ta’minot muhandisligi - 24 850 000
⚡️Iqtidorli talabalarning ta'lim olishini qo'llab-quvvatlash uchun davlat grantlari mavjud. Mazkur davlat grantlarini ajratish shartlari keyingi postlarda e'lon qilinadi.

Xorijiy talabalar uchun kontrakt bir semestr uchun (AQSH dollarda)
Kimyo muhandisligi - 5000
Mexanika muhandisligi - 5000
Dasturiy ta’minot muhandisligi - 5000
#gozal_sher

O‘tar qancha yillar to‘zoni,
Yulduzlar – ko‘zyoshi samoni.
O‘tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qorachug‘da porlagan o‘sha,
Iqboliga chorlagan o‘sha.
Dunyoni tor aylagan o‘sha –
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Anor sening yuzlaring, suluv,
Xumor sening ko‘zlaring, suluv,
Yodda qolmas so‘zlaring, suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Nima deysan, ey, g‘ayur inson?
G‘iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o‘tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Muhammad Yusuf.
O‘zbekiston xalq shoiri

👉@piima_myim
​​Туғилган кун

ЗУЛФИЯ МЎМИНОВА

Бугун Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоира Зулфия Мўминова таваллуд топган кун. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси жамоаси шоирани ушбу сана билан муборакбод этади.
Зулфия Мўминова 1959 йил 15 июль куни Самарқанд вилояти Нарпай туманида туғилган. 1985 йили Тошкент давлат университети (ҳозирги ЎзМУ)нинг Филология факультетини тамомлаган.
Зулфия Муминова таниқли шоира, ўзбек хотин-қизлари ва ёшларининг севимли ижодкори. Ўз овози, ўз мухлисларига эга шоира 11 та насрий ва насмий китоблар муаллифи саналади. Таниқли бастакорлар унинг юздан ортиқ шеърларига куй басталаган. Бу қўшиқлар Ватан, Истиқлол, Она каби энг муқаддас мавзуларга бағишланган бўлиб, телеканал ва радиоканаллар орқали, шунингдек, Мустақиллик, Наврўз умумхалқ байрамлари дастуриларида эл севган санъаткорлар томонидан ижро этилган.
У мустақиллик йилларида, айниқса, самарали ижод қилди. Ана шу йиллар нашр қилинган “Самога сочилган юлдузлар” (1991), “Истиқлол – олтин гулим” (1991), “Қудратли юртимга” (1994), “Ғиждувон ободдир, Ғиждивоний ҳаёт” (1999), “Никоҳ шартномаси”, “Тўйдан олдин тиббий кўрик” (2006), “Сурхоннинг муҳтарама аёллари” (2009), “Биринчи ўқитувчим” (2009), “Аёлга гул беринг” (2017), “Бир куни дарс қолдирган, бир умр пушаймондир” (2009), “Аёлга бахт беринг” (2011), “Сурхоннинг тадбиркор ўғлони” (2019), “Буюк уйғониш” (2019), “Ишқ боғида бор эдим” (2019), “Ассалом, саодат тонги” каби шеърий, бадиий публицистик китоблари мухлислар томонидан илиқ кутиб олинди. Шунингдек, шоиранинг болалар учун ёзган “Хўроз нега учолмайди?” (1995), “Донишманд тошбақанинг кўзойнаги”, “Болаларга китоб беринг”, “Юмшоғой исмли типратиконча” (2019) каби китоблари ҳам ўз ўқувчиларига эга.
Зулфия Муминова 1999 йилда “Аёллар йили” муносабати билан ўтказилган республика кўрик-танловининг “Йилнинг энг фаол ижодкор аёли” номинацияси ғолиби бўлган, 2018 йилда ўтказилган “Энг улуғ, энг азиз” республика кўрик-танловининг адабиёт йўналиши бўйича 1-ўрин муносиб кўрилган.
Зулфия Мўминованинг меҳнаткашлиги, жамоат ишларидаги фаоллиги давлатимиз томонидан муносиб баҳоланиб, 2001 йилда “Дўстлик”, 2018 йил “Меҳнат шуҳрати” орденлари билан мукофотланган.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати

Сайт I Телеграм I Фейсбук
Iqtidorli yoshlar, Yangi O'zbekiston universiteti sizni kutmoqda!

Prezidentimiz tashabbusi bilan xalqimiz, avvalo, yoshlarimizning talab va istaklarini hisobga olib hamda mamlakatimizning oliy ta'lim sohasidagi kadrlar tayyorlash salohiyatini oshirish,
yoshlar uchun yanada keng imkoniyat va sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahrida Yangi O'zbekiston universiteti tashkil etilganidan xabaringiz bor.

Ushbu universitetda iqtidorli talabalarning ta'lim olishini qo'llab-quvvatlash uchun davlat
grantlari tatbiq etiladi.

Davlat grantlari kimlarga tatbiq etiladi?

Batafsil saytimizda o'qishingiz mumkin.
📌Agentlik tizimidagi Ijod maktablarining 2-bosqich test sinovlari qatnashchilari diqqatiga!

📨Bugun, 17 - iyul kunidan e'tiboran barcha qatnashchilarga navbatdagi imtihon kuni haqida PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo'natiladi.

📲Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.

☎️Qo'shimcha ma'lumot uchun Ijod maktablarining qabul komissiyasiga yoki Agentlikning 1206 сall-markaz raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

BAHOR KELGUNCHA

Har bahor chokidan so'kilar yillar,
Tiriklik yo'lida to'kilar dillar,
Umr karvoniga qo'shilar yoʻllar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.

Hayot qaramaydi ko'ngil mayliga,
Boqmagil, jonginam zamon zayliga.
Chiqaylik, g'animat, gullar sayliga,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.

Dunyoni unutgan insonlar oʻtar,
Ko'zlarni kuydirgan jononlar oʻtar.
Bugun orzu, erta armonlar o'tar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.

Kim yetar manzilga, kim yetmas balki,
Yuz yillik chinorlar kesilar balki,
Bu qushlar bog'larni tark etar balki,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.

@piima_myim
#Imtihon_2021

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Prezident maktablari 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

🔹
Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.

❗️"Shaxsiy kabinet" da, shuningdek Prezident maktablari saralash imtihonlari maslahat-tanishtiruv kuni haqida ham ma'lumot beriladi. Talabgorlar maslahat-tanishtiruv kunida ishtirok etishlari shart.

🔰Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

⚡️Talabgordan ruxsatnomani chop etib olish hamda maslahat-tanishtiruv kuni va imtihonga mazkur ruxsatnoma bilan kelish talab qilinadi.
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter