Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
867 subscribers
8.26K photos
864 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Shoir Muhammad Yusuf xotirasiga

Qirlarda lolalar izlar shoirin,
Bulbullar tun boʻyi sayraydi giryon.
Turkman qiz ham yigʻlar yuzini toʻsib,
Sodda Muhammadning ishqida sarson.

Boģlarning baģri qon,ģunchalar mungli,
Rayhon hidlarini yoʻllarga sochar.
Endi oramizda erka shoir yoʻq,
Andijon oʻgʻloni koʻklarga uchar.

Netay  qaldirgʻochlar ota uyidan,
Oʻtmaydi shoirni koʻrmoqlik uchun.
Nahot Marhamatda boʻladi motam,
Armonlar baģrida bòzlaydi ochun.

Azaliy qismatga kònmas she'riyat,
Kuy bòlib ingraydi momaqaldiroq.
Asl shoirlarga  òlim yòq aslo,
Shoirning sòzlari hamisha uyģoq.

Marziyabegim Bozorova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

NECHUN

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda  Andijon shahridagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarining direktorlari Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufni xotirlab, shoirning “Nechun.. ” sheʼrini ijro etdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Qo'rg'onim Vatan
Ozodbek Nazarbekov
#Tonggi_musiqa

🎶Erta tongni go‘zal tarona bilan boshlang!

🎼"Qo‘rg‘onim Vatan"
🎙Ozodbek Nazarbekov

👆Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin!

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Xalq bo‘l elim" she'riga nazira


"Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib qurimasin daryolarim,
Alpomishga alla aytgan momolarim,
Ruhini shod etay desang xalq bo'l elim."

Qalbdan chiqqan ming asrlik sadolarim,
Chaqaloqdek yuraklari safolarim,
Temurdek mard, sohibqiron bobolarim,
Izlaridan boray desang xalq bo'l elim.

Dard-u g'aming to'lib toshsa daryolarga,
Tinchlik istab ilhaq bo'lgan momolarga,
Siyratida ezgulik bor siymolarga,
Loyiq avlod bo'lay desang xalq bo'l elim.

Armonlarning ko'p shoh Boburning dillarida,
Yulduz porlar Ulug'bekning ko'zlarida,
Ming ma'no bor Navoiyning so'zlarida,
O'zbekni bek qilay desang xalq bo'l elim.

Dunyolarga dong taratgan nihollaring,
Ko'kni quchib xilpiraydi bayroqlaring,
Muhammaqning sharqiragan irmoqlarin,
Dengizlarga qo'shmoq uchun xalq elim,
Dunyoni lol etay desang xalq bo'l elim

Elnura Norqulova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi


👉@ima_myim
#ustozlar_ijodidan

ODAMLAR ICHIDAN ODAM IZLADIM

Uni sizladim men,
Buni sizladim –
Odamlar ichidan odam izladim...
Shaytonlarga uchrab, kuydim, muzladim...
Odamlar ichidan odam izladim...

Bir dardkash qidirdim,
Bir doʻst axtardim...
Loqaydlar beparvo tingladi dardim...
Uchratib qolarman deya bir mardin,
Odamlar ichidan odam izladim...

Qashqirlar qutirdi,
Koʻppaklar hurdi...
Chayonlar chaqay deb izimdan yurdi...
Oʻrgimchak inini koʻzimga qurdi...
Odamlar ichidan odam izladim...

Menga odam kerak!
Haqiqiy odam!
Topsam, yuragimdan quvilar motam...
Oyoqyalang qoʻyib choʻgʻlarga qadam,
Odamlar ichidan odam izladim...

Mayus sheʼrlarimni tinglaydi kim deb,
Tinglab, yurak-bagʻrin tigʻlaydi kim deb,
Bahodir Isoni anglaydi kim deb,
Odamlar ichidan odam izladim...

Bahodir ISO,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

MUHAMMAD YUSUF SAFDOSHLARI

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Bahodir ISO bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

"Muhammad Yusuf safdoshlari" mavzusida o‘tkazilgan anjumanda shoir Muhammad Yusufning talabalik yillari, harbiy xizmatlik vaqtlari, ish faoliyati va ijodi haqida so‘z yuritildi.

Bahodir Iso bilan o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari ham ishtirok etdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#diagnostik_test
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 10-11 sinf o‘quvchilarining tanlagan kasblari bo‘yicha ixtisoslik fanlaridan navbatdagi diagnostik test imtihoni o‘tkazildi.

🔷Sinfga biriktirilgan nazoratchilar nazorati ostida olingan test sinovlari bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish jarayonlariga ko‘nikma hosil qildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim