Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.03K subscribers
9.85K photos
958 videos
53 files
2.05K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodi o‘quvchilar nigohida.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchilari va ustozlari shoir tavalludining 70 yilligi oldidan Marhamat tumanida adib tug‘ilib o‘sgan xonadon, ta'lim olgan maktabi va mangu orom topgan manzilda bo‘lishdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

🔰Bolam tutsin desang donolik yo‘lin, kichiklikdan tegiz bilimga qo‘lin.

✍️Yusuf Xos Hojib

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

OʼZBEK АYOLI

Izlaridan ibo ergashib yurgan
Xayoning oʼzidan xatto xayoli,
Xar saxar oftobni uygʼotib turgan
Oʼzbek ayolisan, Oʼzbek ayoli!..

Аytgil, ne kaming bor jannatda xurdan?
Yaralgan boʼlsang sen-yaralgan nurdan
Faqat joni toshdan, joni temirdan
Oʼzbek ayolisan, Oʼzbek ayoli.

Senga na zaru, na qasrlar xavas,
Bir quchoq bolang, bir kulbang boʼlsa bas,
Xudoga shukrdan boshqani bilmas,
Oʼzbek ayolisan, Oʼzbek ayoli.

Mushtday jussasiga Sabr in qurgan,
Kerak boʼlsa togʼni bir qoʼlda surgan
Аmir Temurni xam opichlab yurgan.
Oʼzbek ayolisan, Oʼzbek ayoli.

Billur binafshalar silab poyini,
Oʼpsa oʼsma oʼpgan qoshi-yoyini,
Rayxonga burkagan borgan joyini
Oʼzbek ayolisan. Oʼzbek ayoli.

Bibi Oyishaning qoʼlini tutgan,
Daryodek dardin jim ichida yutgan,
Qirq yil qirgʼinda xam yorini kutgan,
Oʼzbek ayolisan, Oʼzbek ayoli.

Xox sulton, xox dexqon qoʼsh yelkasisan,
Аvvalo sen Ona — uy bekasisan.
Mexr mamlakatin malikasisan,
Oʼzbek ayolisan, Oʼzbek ayoli.

Taʼrifing topolmay qoldim sukutda,
Chunki, sen beqiyos, sen behudud-da,
Senga unvon bitta, senga nom bitta —
Oʼzbek ayolisan, Oʼzbek ayoli!!

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#hamkorlik

♻️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tashsabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 aprel kungi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi taizimidagi Andijon viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etgan tadbirda ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova so‘z, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan mazkur qaror va faromoni ijrosi yuzasidan amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlar haqida to‘xtaldi

🔷Seminar ishtirokchilari ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan ijodiy va kasbiy to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ijodkor o‘quvchilar ishtirokida badiiy chiqishlar namoyish etildi.
#hamkorlik

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan seminardan lavhalar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim