Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.09K photos
859 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#soha_qonunchiligi

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA STEM FANLARINI INGLIZ TILIDA OʻQITISH YOʻLGA QOʻYILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yiladi;

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yilidan bosqichma bosqich STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitish tashkil etiladi;

Maktablarimizning ilgʻor va tajribali o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan STEM fanlari bo‘yicha fan kengashlari tashkil etiladi;

Agentlik tizimida "Bitiruvchilar kengashi" tashkil etiladi hamda har yili "Bitiruvchilar qurultoyi" oʻtkaziladi;

Oʻquvchilar oʻrtasida "Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari oʻtkaziladi;

Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soha_qonunchiligi

⚡️TANLOVDA G‘OLIB BO‘LGAN 6-SINF O‘QUVCHILARI IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONISIZ QABUL QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra:

“Yosh tarjimonlar” klublari yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilarning ijodiy ishlari toʻplam sifatida "Mening birinchi kitobim" loyihasi asosida nashr etiladi;

o‘quvchilarda axloqiy, ijtimoiy-emotsional va estetik didni rivojlantirish maqsadida “San’at” (ART) fani kiritiladi;

o‘quvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida robototexnika asoslari o‘rgatiladi;

oʻquvchilar ijodiy ishlarini onlayn platformalar orqali tijoratlashtirishga oʻrgatiladi;

ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida "Ijodiy olimpiada" oʻtkaziladi;

Ikkita ijod maktabida taʼlim jarayoni xalqaro IB (International Baccalaureate) dasturi asosida yoʻlga qoʻyiladi;

ijod maktablarida Oliy taʻlim muassasalarining til, adabiyot va xorijiy tillari kafedralarining filiallari tashkil qilinadi;

Oʻqituvchilar elchixonalar tomonidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga joʻnatiladi;

Ijod maktablariga xorijiy oʻqituvchilar jalb qilinadi;

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi:

umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan ijodkor oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi;

ko‘rik-tanlov har yili tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida o‘tkaziladi;

tanlovning viloyat bosqichida sovrinli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 6-sinf o‘quvchilari ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

O‘quvchilar bekati

Muhammad Yusuf xotirasiga

She'r dunyosi turfa, rang-barang,
Kim rayhon, kim atirgul terar.
Ammo sodda Muhammad Yusuf,
Har so‘zida xushnudlik berar.

Do‘st tanlamas, xayoli cheksiz,
Goh kiyikka og‘a bo‘ladi.
Goh go‘dakdek yig‘laydi yum-yum,
Shaloladek gohi kuladi.

Kapalakdan oladi huzur,
Yalpiz bilan sirlashadi jim.
Har yurakni poklamoq uchun,
Yomg‘ir bo‘lib yog‘ar betinim.

Va sevgani lolaqizg‘aldoq,
Yaprog‘iga qo‘yar yuzini.
Ehtiyotlab daydi shamoldan,
Ko‘zlariga surar izini.

Vatan deya yonaverdi lov,
Yo‘latmadi dard-u hijronni.
Oq yo‘rgakday pokladi tinmay,
Ona zamin - O‘zbekistonni!

Bugun shoir jismi yo‘g‘-u, lek,
So‘zlarida o‘tli nafasi.
She'riyat bor, shoir ham uyg‘oq.
Yopilmagay mangu sahfasi.

Elnura Norqulova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz

Farzandlarimiz, nihollarimizni qaysi shamollar qay tomonga egyapti, bundan xabardor boʻlishimiz kerak. Bu faqat ota-onaning emas, butun jamiyatning vazifasi.

“Ustoz” loyihasining navbatdagi ishtirokchisi – Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#matbuot_anjumani

📶 HURMATLI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI VA BLOGERLAR!

📝 Sizni “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar. Sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!

🎙Unda Siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.

📆 Sana: 4-aprel.
Soat: 12:00.
📍Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, AOKA.

📭 Matbuot anjumani yuzasidan savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_efir
#matbuot_anjumani

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar. Sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari.

Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:

▶️ JONLI EFIR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahorat_darsi

BADIIY ASAR G‘O‘YASI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining hamkorlik rejasiga asosan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Do‘stlik" ordeni sohibi Farid Usmon bilan ”Badiiy asar g‘oyasi“ mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mahorat darsida badiiy gʻoya — adabiy asarlar zamirida yotgan emotsional obrazli fikr ekanligi, yozuvchi tomonidan tasvir etilgan shunday voqea va hodisa badiiy g‘oyaning predmeti hisoblanishi, badiiy g‘oyaning emotsional taʼsir kuchi, voqea va hodisaning muhimligi hamda uni tasvirlagan yozuvchining mahorati bilan belgilanishi ta'kidlandi.

Shuningdek, adabiy asar g'oyasi adabiy asarning semantik, majoziy, hissiy mazmunini umumlashtiruvchi asosiy g'oya ekanligi, muallifning hissiy tajribasi va hayotiy mahorati mahsuli ekanligi ustoz ijodkor tomonidan interaktiv yondashuvlar asosida tusuntirib berildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👉@ima_myim
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

🔰Bir kalima shirin so‘z qilichni qinga kiritar.

✍️Amir Temur

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur

Vatan va millat timsoliga aylangan daho

Sohibqiron Amir Temur shaxsiyati jahon tarixida juda kam uchraydigan hodisadir. “Buyuk shaxslarni millat qayg'usi, xalq dardi yaratadi”, deydilar. Chindan ham millat qayg'usidan, xalq dardidan yaralgan ulug' zotning dunyoga kelishi zamon zarurati va talabiga aylandi, boshqacha aytganda, tarix va zamon o'z qahramonini o'zi jahon maydoniga olib kirdi.

Viloyat axborot kutubxona markazida “Kutubxona ikkinchi oilam” loyihasi doirasida “Vatan va millat timsoliga aylangan daho” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temurning hayoti va faoliyati, harbiy yurishlari va davlatni boshqarishdagi siyosiy islohotlari haqida aytib o'tildi.

Tadbir so‘ngida ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim