Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
TA’LIM SIFATINI YAXSHILASH – USTUVOR VAZIFA
#30mar #uzbekiston24
Studiya 24 | Alisher Ubbiyev – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori bilan suhbat
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#hayrli_tun
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
MARSIYA
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
Labimda qoldi
Taronam mening.
Havoda qoldi
Qo‘lim gul uzib.
Endi kerakmas
Bahonam mening.
Bunchalar qalin
Dunyoning po‘sti.
Bug‘doyday xoksor
Bir shoir o‘sdi.
Nogoh bir xabar
Tongimni to‘sdi.
Titradi olam,
Yig‘ladi onam:
— Bolamning do‘sti…
— Bolamning do‘sti…
Senmi, she’riyat,
Senmi jon qadar.
Dildagi so‘nggi
Tomchi qon qadar.
Tuproqday aziz
Ham osmon qadar.
Ko‘kni o‘sha kun
Qaldirg‘och bosdi
Xorazmdan to
Andijon qadar.
Hayot – goh bir baxt,
Bir omadgacha.
Yo mingta nomard
Yo bir mardgacha.
Toshkentdan toki
Marhamatgacha,
Keta ketguncha,
Qiyomatgacha –
Teraklar, tollar
Qoldi bo‘y cho‘zib,
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
Kuylari qoldi
Tog‘-u toshida,
O’ylari qoldi
Oy – quyoshida,
Buloq boshida,
Xirmon boshida,
O’zbekning qora
Ko‘z-u qoshida.
Bir shoir ketdi,
Bir shoir o‘tdi
Bobur yoshida,
Bobur yoshida.
Ey bulbullarga
Kuy-g‘azal, Vatan.
Sen – abad Vatan,
Sen – azal Vatan.
Kim sendan yuldi,
Kim – o‘sal, Vatan.
Gul, asal Vatan,
Sen yuksal, Vatan,
Sen yuksal, Vatan,
O’yladi bolang,
Kuyladi bolang,
Ey, go‘zal Vatan!
Ey, go‘zal Vatan!
Biz uni – yoshu –
Tuproqqa qo‘ydik.
Tuproqni qosh-u
Qaboqqa qo‘ydik.
Tushmi, deb avval
Ro‘yoga yo‘ydik.
O’zi suygan shu
Tuproqqa qo‘ydik
So‘nggi sabr bu,
So‘nggi safar bu –
Ko‘proqqa qo‘ydik,
Ko‘proqqa qo‘ydik.
Chirqirab qo‘nmay
Makonlariga –
Otadin yodgor
Ayvonlariga
Singillari ham
Rayhonlariga.
Armonlariga,
Hijronlariga –
Qo‘shib jo‘natdi
Ruh, jonlariga.
Olib ketdilar
Qaldirg‘ochlari
Osmonlariga,
Osmonlariga.
Aylanar charxning
Charxpalaklari
Almashib rang-u
Kamalaklari.
Qoldi ona uy
Sumalaklari,
Majnuntollarning
Jamalaklari.
Nozima qoldi,
Madina qoldi –
Kapalaklari,
Handalaklari.
Do‘st-u yor yo‘li
Doim yirog‘dir.
Gohi diydor-u,
Gohi firog‘dir.
Dilbandlariga
Vatan qarog‘dir.
Chin farzandlar ham
O’chmas chirog‘dir.
Hozir ham balki
Jim o‘ylayotir.
Yurtiga sha’n-u
Shavkatlar yog‘dir,
Yo, qodir Olloh,
Tuproqlariga
Rahmatlar yog‘dir,
Rahmatlar yog‘dir.
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
✍Sirojiddin Sayyid.
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
MARSIYA
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
Labimda qoldi
Taronam mening.
Havoda qoldi
Qo‘lim gul uzib.
Endi kerakmas
Bahonam mening.
Bunchalar qalin
Dunyoning po‘sti.
Bug‘doyday xoksor
Bir shoir o‘sdi.
Nogoh bir xabar
Tongimni to‘sdi.
Titradi olam,
Yig‘ladi onam:
— Bolamning do‘sti…
— Bolamning do‘sti…
Senmi, she’riyat,
Senmi jon qadar.
Dildagi so‘nggi
Tomchi qon qadar.
Tuproqday aziz
Ham osmon qadar.
Ko‘kni o‘sha kun
Qaldirg‘och bosdi
Xorazmdan to
Andijon qadar.
Hayot – goh bir baxt,
Bir omadgacha.
Yo mingta nomard
Yo bir mardgacha.
Toshkentdan toki
Marhamatgacha,
Keta ketguncha,
Qiyomatgacha –
Teraklar, tollar
Qoldi bo‘y cho‘zib,
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
Kuylari qoldi
Tog‘-u toshida,
O’ylari qoldi
Oy – quyoshida,
Buloq boshida,
Xirmon boshida,
O’zbekning qora
Ko‘z-u qoshida.
Bir shoir ketdi,
Bir shoir o‘tdi
Bobur yoshida,
Bobur yoshida.
Ey bulbullarga
Kuy-g‘azal, Vatan.
Sen – abad Vatan,
Sen – azal Vatan.
Kim sendan yuldi,
Kim – o‘sal, Vatan.
Gul, asal Vatan,
Sen yuksal, Vatan,
Sen yuksal, Vatan,
O’yladi bolang,
Kuyladi bolang,
Ey, go‘zal Vatan!
Ey, go‘zal Vatan!
Biz uni – yoshu –
Tuproqqa qo‘ydik.
Tuproqni qosh-u
Qaboqqa qo‘ydik.
Tushmi, deb avval
Ro‘yoga yo‘ydik.
O’zi suygan shu
Tuproqqa qo‘ydik
So‘nggi sabr bu,
So‘nggi safar bu –
Ko‘proqqa qo‘ydik,
Ko‘proqqa qo‘ydik.
Chirqirab qo‘nmay
Makonlariga –
Otadin yodgor
Ayvonlariga
Singillari ham
Rayhonlariga.
Armonlariga,
Hijronlariga –
Qo‘shib jo‘natdi
Ruh, jonlariga.
Olib ketdilar
Qaldirg‘ochlari
Osmonlariga,
Osmonlariga.
Aylanar charxning
Charxpalaklari
Almashib rang-u
Kamalaklari.
Qoldi ona uy
Sumalaklari,
Majnuntollarning
Jamalaklari.
Nozima qoldi,
Madina qoldi –
Kapalaklari,
Handalaklari.
Do‘st-u yor yo‘li
Doim yirog‘dir.
Gohi diydor-u,
Gohi firog‘dir.
Dilbandlariga
Vatan qarog‘dir.
Chin farzandlar ham
O’chmas chirog‘dir.
Hozir ham balki
Jim o‘ylayotir.
Yurtiga sha’n-u
Shavkatlar yog‘dir,
Yo, qodir Olloh,
Tuproqlariga
Rahmatlar yog‘dir,
Rahmatlar yog‘dir.
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
✍Sirojiddin Sayyid.
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ertagimsan
Yulduz Usmanova
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
🎞Mening ertagimsan
✍Muhammad Yusuf
🎙Yulduz Usmonova
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
🎞Mening ertagimsan
✍Muhammad Yusuf
🎙Yulduz Usmonova
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#hayrli_tun
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
MUHAMMAD YUSUF
Yomonga oʻlim yoʻq, yaxshiga kun yoʻq,
Tomiringga qoʻshib olishar uzib.
Bobur yoʻq, Choʻlpon yoʻq, Majnun yoʻq,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Bir qiz yigʻlab borar, soddagina qiz,
Yigʻlar kitob bilan yuzini toʻsib.
Balki sevgilingiz, balki singlingiz,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Uydan mozorgacha yuz odimcha yoʻl,
Aylanib kelamiz yurtlarni kezib.
Kimga koʻngil berib, kimga esa qoʻl...
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Tirikka mehr yoʻq, marhumga qahr,
Nima topding, aka, tuproqqa tushib?
Uzala tushgancha boʻzlaydi qabr,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Qizgʻaldoq bosh egib turar bagʻri qon,
Shoir yuragidan chiqqanmi oʻsib?
“Nega yigʻlamaysan, ahli Turkiston?”
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
✍️ Iqbol MIRZO
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
MUHAMMAD YUSUF
Yomonga oʻlim yoʻq, yaxshiga kun yoʻq,
Tomiringga qoʻshib olishar uzib.
Bobur yoʻq, Choʻlpon yoʻq, Majnun yoʻq,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Bir qiz yigʻlab borar, soddagina qiz,
Yigʻlar kitob bilan yuzini toʻsib.
Balki sevgilingiz, balki singlingiz,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Uydan mozorgacha yuz odimcha yoʻl,
Aylanib kelamiz yurtlarni kezib.
Kimga koʻngil berib, kimga esa qoʻl...
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Tirikka mehr yoʻq, marhumga qahr,
Nima topding, aka, tuproqqa tushib?
Uzala tushgancha boʻzlaydi qabr,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Qizgʻaldoq bosh egib turar bagʻri qon,
Shoir yuragidan chiqqanmi oʻsib?
“Nega yigʻlamaysan, ahli Turkiston?”
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
✍️ Iqbol MIRZO
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Siz farzandingizga bir kunda qancha vaqt ajratasiz?
Forwarded from Sardor Sirojiddin
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
Qadrli ijodkorlar, adabiyot muhlislari!
Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan mahallalarda istiqomat qiluvchi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan shoir muhlislari oʻrtasida videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov shartiga koʻra shoir ijodiga mansub sheʼrlarni ifodali oʻqishi va uni oʻzining ijtimoiy sahifasiga joylashi orqali bizning telegram marzilimizga joʻnatishi kerak.
Hakamlar tomonidan munosib deb topilgan eng sara videoroliklar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan viloyat tadbiri arafasida taqdirlanadi.
Bizning telegram manzilimiz👇👇👇👇
@sardor_sirojiddin

Munosiblar taqdirlandi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shori Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida o‘tkazilgan “Ona xalqim, jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida respublika ijodiy ishlar tanlovida videoroliklar yo‘nalishi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi Ahrorbek Ulug‘bekov hamda ikkinchi o‘rinni egallagan 8-sinf o‘quvchisi Alijonova Rayyona Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining diplomlari va esdalik sovg‘alari hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktorining faxriy yorliqlari, kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

#Olimpiada_natijalari
Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida ingliz tili fani bo‘yicha Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdullo Zaynobiddinov faxrli to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Bugungi o‘tkazilgan tadbirda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova tomonidan Abdullo Zaynobiddinovni hamda ingliz tili fani o‘qituvchisi Nodirbek Homidovni faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👉https://t.iss.one/ima_myim

DIQQAT TANLOV
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatilarining 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi.
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bog'lash,
- videorolik tayyorlash,
- shoir she’rlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.
Hakamlar tomonidan g‘olib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan viloyat tadbiri arafasida taqdirlanadi.
Ijodiy ishlarni joriy yilning 15 aprel kuniga qadar @Durdona_Abdukarimxodjayeva telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

VIDO AYTIMI
Ustozim Muhammad Yusuf xotirasiga
Daryolardek oqib oʻtgan ogʻam qani,
Xudoyimga yoqib ketgan ogʻam qani,
Eski uyday choʻkib qoldi yelkalarim,
Boshlarimni egib ketdi bu gʻam mani.
Qabringizdan chiqing, bir bor koʻray ogʻa,
Ne boʻldi deb oʻzingizdan soʻray, ogʻa,
Siz yoʻqsizku, navo tingan, bu dunyoda,
Qandoq qilib shoirman deb yuray ogʻa?
Yalpizlarga aylanmoqqa shoshdingizmi?
Bizdan koʻra yer oldimi taftingizni?
Qishlogʻingiz yalpizlarin koʻrpa qilib,
Tuprogʻiga yuzlaringiz bosdingiz?
Koʻzingizda koʻrganlarim mung ekanmi?
Shundoq ogʻam tuproqlarga teng ekanmi?
Xudoyimning keng dunyosi tor keldi-ya?
Qayiqchadek qabri shuncha keng ekanmi?
Ruhingiz bor bul chamanning gullarida,
Yashagaysiz qizgʻaldoqning dillarida.
Qadamimda koʻzlaringiz qarab turar,
Qandoq yuray Andijonning yoʻllarida?
Yuragimni yarim qildi bu gʻam axir,
Gʻamga doʻnib qoldi bunda har dam axir,
Xaslar tirik, giyohchalar, toshlar tirik,
Nega oʻlar manim shoir ogʻam axir?
Oʻldi derlar! Koʻzimda nam: Rozimasman!
Koʻksimda oʻt, bagʻrimda gʻam: Rozimasman!
Xudoyimga aytdim: axir bu ne hukm,
Sizni koʻmgan tuproqdanam rozimasman!
Siz tinch yoting, birga-birga gul kecharmiz,
Kavsar gulin gulobidan ichisharmiz,
Maysa boʻlib, yomgʻir boʻlib ogʻa-singil,
Qiyomatda hali sheʼrlar oʻqisharmiz.
Eski uyday choʻkib qoldi yelkalarim,
Boshlarimni egib ketdi bu gʻam mani.
✍ Guljamol ASQAROVA