Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.03K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

✍🏻 O‘tkir Hoshimov
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

MUHAMMAD YUSUF

Yomonga oʻlim yoʻq, yaxshiga kun yoʻq,
Tomiringga qoʻshib olishar uzib.
Bobur yoʻq, Choʻlpon yoʻq, Majnun yoʻq,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Bir qiz yigʻlab borar, soddagina qiz,
Yigʻlar kitob bilan yuzini toʻsib.
Balki sevgilingiz, balki singlingiz,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Uydan mozorgacha yuz odimcha yoʻl,
Aylanib kelamiz yurtlarni kezib.
Kimga koʻngil berib, kimga esa qoʻl...
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Tirikka mehr yoʻq, marhumga qahr,
Nima topding, aka, tuproqqa tushib?
Uzala tushgancha boʻzlaydi qabr,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Qizgʻaldoq bosh egib turar bagʻri qon,
Shoir yuragidan chiqqanmi oʻsib?
“Nega yigʻlamaysan, ahli Turkiston?”
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

✍️ Iqbol MIRZO
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
“Raqamli avlod qizlari — 2024” respublika ko‘rik-tanlovining finali qizlarimiz raqamlar olamida ham naqadar kuchli ekanligini yana bir karra isbotladi.

Barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman. Ularning qat’iyati, professionallikka intilishi gender stereotiplarini yo‘qqa chiqaradi.

-

Финал республиканского конкурса «Девочки цифрового поколения — 2024» ещё раз доказал, как изящно справляются девушки с миром цифр.

Я благодарю всех участниц. Их уверенность и стремление стать профессионалами разрушает гендерные стереотипы.
Bilimingizni sinab ko‘ring!

Hakimxon Toʻraning „Muntaxabut-tavorix“, Avazmuhammad Attorning „Tuhvatut-tavorix“, Mushrifning „Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin“ kabi tarixiy asarlarida qaysi o‘zbek shoirasi haqida ma'lumotlar keltirilgan?
Anonymous Quiz
30%
Uvaysiy
40%
Nodira
17%
Zebiniso
12%
Samar Bonu
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

🔰Ilmga yetgan oyoq qanotga aylanur!

✍🏻 Jaloliddin Rumiy

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
O‘quvchilar ijodidan

MITTI YULDUZ

Bugun ko‘kda yulduz yo‘q,
Bari ulkan tuzoqda.
Bir yulduz porlaydi lek,
U ham oydan uzoqda.

Mening-chun hatto quyosh
Oydayin to‘lolmaydi,
Barcha chiroq bir mitti,
Yulduzday bo‘lolmaydi.

O‘sha yulduzni ko‘rsang,
Qo‘shiq yoz menga bir bayt.
Eslab sog‘inganingda,
Oyga mendan salom ayt.

Jasmina Komilova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Onajon

Muhammad Yusuf
🎙Muhammad Yusuf

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#30_mart
#Chiqindisiz_dunyo_uchun_xalqaro_kun

PLOGGING AKSIYA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-171-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2024 yil 30 mart mamlakatimizda "Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kun" etib belgilangan.

Sana munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "O‘zbekiston yoshlari chiqindisiz dunyo uchun" shiori ostida atmosferaga chiqayotgan zararli chiqindilarning inson salomatligiga ta’sirining oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya-ekologik vaziyat sifatini yaxshilash uchun qulay sharoitlar yaratish, atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish borasida plogging aksiyasi o‘tkazildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim