Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
878 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz

Yurakning, ruhning tarbiyasi juda kichkinalikdan boshlanadi.

– Ma‘naviyat – bir kunda qilanadigan ish emas.

– Pedagogika universitetlarining kirish ballari huddi yuridik sohaga kirishdagidek baland bo‘lishi kerak.

Ustozni qadrli insonga aylantirmaslik o‘zbek xalqi uchun uyat.

"Ustoz" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim.

Rasmiy sahifalarimiz👇
👉@ima_myim
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.

Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ogahiydan_ikki_ğazal

* * *

Oshiq o‘lding, ey ko‘ngul, joning kerakmasmu sanga?
O‘tg‘a kirding jismi uryoning kerakmasmu sanga?

Istabon ul yuz tamoshasini ko‘zdin damba-dam,
Qon to‘karsan chashmi giryoning kerakmasmu sanga?

Hardam etkung orzu kofir ko‘zi nazzorasin,
Qil hazarkim naqdi imoning kerakmasmu sanga?

Lutfung etding xasta ko‘nglimdin darig‘, ey shohi husn,
Bu gadoyi zori hayroning kerakmasmu sanga?

O‘zgalarga iltifoting aylading maxsus, bu
Mustahiq lutfu ehsoning kerakmasmu sanga?

Sel g‘amdin xonavayron o‘ldimu yod etmading,
Aytkim bu xonavayrining kerakmasmu sanga?

Ogahiy holin ko‘rub doim tag‘ofil qilg‘osan,
Shoiri donoyi davroning kerakmasmu sanga?


* * *

Mushkin qoshingning hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun nas keltirur nun eltibon sod ustina.

Qilg‘il tomosho qomati, zebosi birlan orazin,
Gar ko‘rmasang gul bo‘lg‘onin payvand shamshod ustina.

Nozu ado-yu g‘amzasi qasdim qilurlar dam-badam,
Vah, muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod ustina.

Man xastag‘a jon asramoq emdi erur dushvorkim,
Qotil ko‘zi bedod etar har lahza bedod ustina.

Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko‘ngul shomu sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav’i faryod ustina.

Boshimg‘a yog‘g‘on g‘am toshi mingdin biricha bo‘lmag‘ay,
Gardun agar ming besutun yog‘dursa Farhod ustina.

Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamonu yaxshini —
Kim,mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.

Xoki taning barbod o‘lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina.

Ne jur’at ila Ogahiy ochg‘ay og‘iz so‘z dergakim,
Yuz xayli g‘am qilmish hujum ul zor noshod ustina.
Farg'ona tong otguncha [@kitoblar_pdf].pdf
15.6 MB
#mutolaa_vaqti

Birgalikda o‘qiymiz

"Farg‘ona tong otguncha"
Mirzakalon Ismoiliy

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

🔷Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

🔰Festival doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilaridan tashkil topgan drama to‘garagi a'zolari bugungi taqdim qilingan spektakldan so‘ng, maroqli hordiq chiqarish maqsadida Toshkent shahridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya uyushtirdilar.

Muhammaf Yusuf nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ustozlar_ijodidan

Ketayapsiz, men ham ketyapman,
Oʻrtamizdan oʻtolmas sabo.
Zulfingizni xayolday eshar,
Martning koʻksin toʻldirgan havo.

Ketayapsiz, men ham ketyapman,
Jon boricha koʻkarar yashil.
Daraxtlarning uchlari bilan
Shivirlashib quvonar fasl.

Siz faslga kirasiz, fasl
Kirib kelar olamga yonib.
Qaldirgʻochday vijirlar toshlar.
Yoʻl chetiga qushlarday qoʻnib.

“Ey, Gul, qaydan va qanday qilib,
Buncha latif, buncha sirlisiz?”
Soʻralmasdan oʻlar savollar,
Ham quyoshli, ham yomgʻirlisiz.

Bunday ozod, ixtiyorlisiz,
Bunday titrab olasiz nafas.
Barmogʻingiz bir qoʻshiq boshlar,
Barmoqlarim qilyapti havas.

Vujudimga chopar bir shovqin,
Tuygʻu selday koʻpirar qonda.
Koʻkragimga Tangri osgan qulf,
Kalitlari sizda ekanda.

Bunday boqmang, nigohlaringiz,
Hayotimni besas qamchilar.
Yelkangizga qoʻnmoqlik uchun
Koʻkdan tushmay turar tomchilar.

Ketayapsiz, men ham ketyapman,
Shamol erka, koʻzlar beqaror.
Koʻngil kabi tozargan yoʻlda,
Ikkalamiz. Muhabbat. Bahor.

Shodmonqul SALOM

👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Biz baxtli bo‘lamiz

Muhammad Yusuf
🎙Muhammad Yusuf

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim