Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
884 subscribers
8K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

🎭25-27 mart kunlari Toshkent shahridagi Muqimiy hamda Yosh tomoshabinlar teatrida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazilmoqda.

🔰Mazkur haftalik doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilaridan tarkib topgan teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Go‘zal Turkiston” nomli spektaklini namoyish etishmoqda.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
O'zingdan qo'ymasin xalqim
Muhammad Yusuf
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

«O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim!»

Muhammad Yusuf.
🎤 Muhammad Yusuf.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Hurmatli kitobxonlar shoshilamiz!

📚“Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

📝 @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting! Arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.

📑 Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havoladan olishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilimingizni sinab ko‘ring!

Tasavvuf falsafasi va ilohiyotga oid „Munis ul-arvoh“ („Arvohlarning sodiq doʻsti“) hamda „Zeb ut-tafosir“ („Goʻzal tafsirlar“) asarlari muallifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang?
Anonymous Quiz
16%
Uvaysiy
36%
Bedil
41%
Zebiniso
8%
Sayfiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz

Yurakning, ruhning tarbiyasi juda kichkinalikdan boshlanadi.

– Ma‘naviyat – bir kunda qilanadigan ish emas.

– Pedagogika universitetlarining kirish ballari huddi yuridik sohaga kirishdagidek baland bo‘lishi kerak.

Ustozni qadrli insonga aylantirmaslik o‘zbek xalqi uchun uyat.

"Ustoz" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim.

Rasmiy sahifalarimiz👇
👉@ima_myim
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.

Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ogahiydan_ikki_ğazal

* * *

Oshiq o‘lding, ey ko‘ngul, joning kerakmasmu sanga?
O‘tg‘a kirding jismi uryoning kerakmasmu sanga?

Istabon ul yuz tamoshasini ko‘zdin damba-dam,
Qon to‘karsan chashmi giryoning kerakmasmu sanga?

Hardam etkung orzu kofir ko‘zi nazzorasin,
Qil hazarkim naqdi imoning kerakmasmu sanga?

Lutfung etding xasta ko‘nglimdin darig‘, ey shohi husn,
Bu gadoyi zori hayroning kerakmasmu sanga?

O‘zgalarga iltifoting aylading maxsus, bu
Mustahiq lutfu ehsoning kerakmasmu sanga?

Sel g‘amdin xonavayron o‘ldimu yod etmading,
Aytkim bu xonavayrining kerakmasmu sanga?

Ogahiy holin ko‘rub doim tag‘ofil qilg‘osan,
Shoiri donoyi davroning kerakmasmu sanga?


* * *

Mushkin qoshingning hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun nas keltirur nun eltibon sod ustina.

Qilg‘il tomosho qomati, zebosi birlan orazin,
Gar ko‘rmasang gul bo‘lg‘onin payvand shamshod ustina.

Nozu ado-yu g‘amzasi qasdim qilurlar dam-badam,
Vah, muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod ustina.

Man xastag‘a jon asramoq emdi erur dushvorkim,
Qotil ko‘zi bedod etar har lahza bedod ustina.

Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko‘ngul shomu sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav’i faryod ustina.

Boshimg‘a yog‘g‘on g‘am toshi mingdin biricha bo‘lmag‘ay,
Gardun agar ming besutun yog‘dursa Farhod ustina.

Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamonu yaxshini —
Kim,mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.

Xoki taning barbod o‘lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina.

Ne jur’at ila Ogahiy ochg‘ay og‘iz so‘z dergakim,
Yuz xayli g‘am qilmish hujum ul zor noshod ustina.
Farg'ona tong otguncha [@kitoblar_pdf].pdf
15.6 MB
#mutolaa_vaqti

Birgalikda o‘qiymiz

"Farg‘ona tong otguncha"
Mirzakalon Ismoiliy

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

🔷Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

🔰Festival doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilaridan tashkil topgan drama to‘garagi a'zolari bugungi taqdim qilingan spektakldan so‘ng, maroqli hordiq chiqarish maqsadida Toshkent shahridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya uyushtirdilar.

Muhammaf Yusuf nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim