Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.02K subscribers
9.92K photos
961 videos
53 files
2.06K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz

Ustoz — sabr, mehr, qadr!

"Ustoz" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Samarqand

Samarqandga borsam men agar,
Ulug‘bekni ko‘rib qaytaman.
U qon yig‘lab turar har safar:
Men dardimni kimga aytaman?..

Bag’rimda bo’y yetgan bo’z bolam,
Mergan bolam, lochin ko’z bolam,
Bo’g’zimga tig’ urgan o’z bolam…
Men dardimni kimga aytaman.

Sezmay qoldim. O’shanda chog’im,
Yulduzlarda ekan nigohim.
Bilmadim ne edi gunohim…
Men dardimni kimga aytaman.

Qancha g’amga botmagan edim,
Qancha og’u yutmagan edim…
O’z bolamdan kutmagan edim…
Men dardimni kimga aytaman.

Tanim muzlab, goh tosh qotaman,
Men shoh emas, axir, otaman.
Go’rimda ham o’ylab yotaman,
Men dardimni kimga aytaman?..

Samarqandga borsam men agar,
Ulug’bekni ko‘rmay kelmayman.
U menga qon yig‘lar har safar,
Men dardimni kimga aytaman!

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Samarqandga borsam
Mahmudjon Azimov
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

🎼Samarqand
Muhammad Yusuf
🎙Mahmudjon Azimov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Bilimingizni sinab ko‘ring!

Pushkinning “Boris Godunov” asarini, Gorkiyning “Egor Bulichev” pe’sasini, Lohutiyning “Evropa safari”ni o’zbek tiliga tarjima qilish orqali o’zbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qo’shgan adib kim?
Anonymous Quiz
22%
Abdulla Oripov
27%
Ibrohim G‘ofurov
31%
Usmon Nosir
20%
Abdulhamid Cho‘lpon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Bolam tutsin desang donolik yo‘lin, kichiklikdan tegiz bilimga qo‘lin.

✍️Yusuf Xos Hojib

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi Ramazon oyi bilan muborakbod etib, tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining ”Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘qituvchilari o‘rtasida ”Lider o‘qituvchilar“ olimpiyadasini tashkil etish to‘g‘risida“gi buyrug‘ining ijrosi yuzasidan Andijon viloyatida informatika fani bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiyadada Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining informatika fani o‘qituvchisi Dilyorbek G‘ulomov faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Dilyorbek G‘ulomov 1985 yilda Jalaquduq tumanida tavallud topgan. 2009 yil Farg'ona davlat universitetini tamomlagan. Informatika fanidan xalqaro sertifikatga ega birinchi toifali o'qituvchi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘quvchilari o‘rtasida STEM fanlar olimpiyadasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Informatika fani bo‘yicha 8-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur olimpiyadada Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Guloyim Mamadaliyeva faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Tayinlov

Ixtisoslashtirilgan ta'limi muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan test va suhbat natijalari asosida, agentlik direktorining tavsiyasi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Abdukarimxodjayeva Durdona Ramzovna ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Durdona Abdukarimxodjayeva 1985 yil Andijon shahrida tavallud topgan. Ma'lumoti oliy, 2008 yilda Andijon davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Andijon shahridagi 29-,  Andijon tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi bo‘lib mehnat qilgan. Tayinlovga qadar Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida tarbiyachi pedagog vazifasida ishlab kelgan.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi Durdona Abdukarimxodjayevaning yangi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Bilimingizni sinab ko‘ring!

„Qishloq hukm ostida“ nomi bilan shoʻro mafkurasi asosida yozilgan qissa kimning qalamiga mansub?
Anonymous Quiz
17%
Abdulla Oripov
17%
Abdulla She'r
28%
Abdulla Avloniy
39%
Abdulla Qahhor
Mehr qolur, muhabbat qolur @KuylaBot
G'iyos Boytoyev
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

🎼Mehr qolur
Muhammad Yusuf
🎙G‘iyos Boytayev

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga табрик

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi,  shunga ko‘ra ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla.

✍🏻 Ahmad Yugnakiy

👇Bilimingizni sinab ko‘ring!
👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Atirguldan yumaladi kapalak,
Bir silkinib qo‘ymadi ham gul shoxi.
Jon talashib, qum yaladi kapalak,
Ko‘chdi mening ko‘ksimga-da titrog‘i.

Dunyo kezib, topgani shu gul edi,
Yaproqlari belanchagi zangori.
Tongda uning iforiga qul edi,
Shomda ertak bo‘lib qoldi diydori...

Atirguldan yumaladi kapalak,
Ko‘ngilni bir buzdi. Bo‘ldi xayolni.
Uvolingni kim oladi, kapalak,
Qay qo‘l bilan tutay qotil shamolni?

Oqshom bog‘da unga boqib qoldim lol,
Tushimda ham ko‘rmagandim, bu ne hol -
Bir qanoti yotar edi yerda loy,
Bir qanoti ko‘kda edi - yarim oy...

Atirguldan yumaladi kapalak,
Oq upasi Somon yo‘li butoqda.
Sen ham ketsang kim qoladi, kapalak,
Men yolg‘izman, to‘ti to‘la bu bog‘da.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishmoqda.

🔰Xususan ijod maktabining yana 4 nafar o‘quvchilari ingiliz tili fani bo‘yicha хalqaro til bilish darajasini qo‘lga kiritdi. Jumladan:

11-sinf o‘quvchisi

Zafarjonova Mohlaroy - B2

10-sinf o‘quvchilari

Yuldasheva Mubinaxon - B2
Arabboyeva Mohinur - B2


9-sinf o‘quvchisi

Abdumannobova Xosiyatxon - B2

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
👉@ima_myim
Muhammad Qodirga
Muhammad Yusuf
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Olimpiada va jahon chempioni bo‘lgan andijonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayevga

Muhammad Yusuf
🎙Muhammad Yusuf

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
”Yetmishinchi yillarga kelib yangi bir to’lqin, yangi bir iste’dodli avlod safimizga qo’shildi. O’zbek nazmi va nasriga yangi ruh kirib keldi. Bu avlod safida peshqadamlardan biri edi..... “ Erkin Vohidovning ushbu so‘zi qaysi ijodkorga tegishli?
Anonymous Quiz
13%
Sirojiddin Sayyid
60%
Muhammad Yusuf
17%
Shavkat Rahmon
10%
Shukur Qurbon
#maxsus_fan

O‘quvchilarni kasbiy faoliyat yo‘nalishini tanlashda ko‘maklashish hamda ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida ijod maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari uchun "Publitsistika", "Dramaturgiya", "Xalq og‘zaki ijodi",  "Adabiyot qoidalari", Adabiy jaroyon" kabi dars mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.

Mana shunday darslardan biri "Publitsistika" bo‘lib, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining publitsistika fani murabbiyi Zilola Rahmonova ishtirirokida "Taraqqiyot" teleradiokompaniyasida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar teleradiokompaniyaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga muassasa bosh muharriri Mavluda Ahmedovadan atroflicha javob oldilar.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim