Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
886 subscribers
8.5K photos
876 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
Turkman qizga uylanaman
Oxunjon Madaliyev
#retro

🎼Turkman qiz
Muhammad Yusuf
🎙Oxunjon Madaliyev

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ustozlar_ijodidan

YOLG‘IZ

Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.  

Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv,
Quyoshdan ishorat – ko‘z yorar ildiz.
Men, axir ularga o‘xshamayman-ku,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.  

Har elat o‘zicha atar shamolni,
Mingta ism bilan yashaydi yulduz.
Sen qaydan topasan boshqa Iqbolni,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.  

Nafasim – g‘animat, so‘zim – g‘animat,
Fojia – poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.  

Yaratganga borib aytaman seni!
O‘zi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz...

Iqbol Mirzo
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Bilim takrorlash mevasidir. Yaxshi xulq, yaxshilik alomatidir.

Abu Rayhon Beruniy

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Bilimingizni sinab ko‘ring!

1965 yilda ustoz Mirtemir tahriri ostida «Armugʻon tagida» nomi bilan birinchi she'riy kitobi chop etilgan shoir kim?
Anonymous Poll
23%
Shavkat Rahmon
35%
Olimjon Xoldor
25%
Mahmud Toir
17%
Anvar Obidjon
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1_mart
O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan sana

🎙Marjona Yaqubova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Seni hech kim sevolmaydi
Oxunjon Madaliev
#retro

🎼Seni hech kim sevolmaydi...
Muhammad Yusuf
🎙Oxunjon Madaliyev

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ustozlar_ijodidan

Bugun tunda kelarmish, Bahor...

Derazangdan mo'ralab asta,
Gul yuzingdan bo'lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo'lini,
Ham qalbingdan boshlab yo'lini,
To'qqiz oyki, elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Qoru muzni suvga g'arq qilib,
Izg'irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o'rab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Go‘zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har o‘tgan onga,
Jamolingga bo‘lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo,
Bizga iqbol tilarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..

Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga oğdirib,
Yomg‘irlarni yerga yog‘dirib,
Suvlarini elarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..

Hissiyotga to‘ldirib dilni,
Kengaytirib kichik kõngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..

Zulfiya Isroilova
O‘zbekiston xalq shoirasi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Maktab-ota-ona-mahalla" tamoili asosida "Farzandim uchun bir kun" loyihasi o‘tkazildi.

ANDIJON AXBOROTI. MAXSUS REPORTAJ | 28.02.2024 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
https://youtube.com/@AndijonVTRK https://www.instagram.com/andijon_trk
IJODIY OLIMPIYADA DAVOM ETADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi 2021 yil 19-iyuldagi PQ-5188-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada"ning ikkinchi saralash bosqichi o‘tkazildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ustozlar_ijodidan

Bahor kelayotir

Bahor kelayotir,
Toza, musaffo.
Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol.
Daralar qo‘ynida zangor bir havo,
Tumanli shahr ichra yotmoqlik malol.

Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u,
Oniy umri bilan sollanib chechak.
Bahor- eng pokiza shabbodadir bu,
Bahor- eng pokiza shamoldir demak .

Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni,
Ko‘zimga ko‘ringan dilbar diyorim.
Go‘dak nafasiday yupatar yuzni,
Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim.

Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob,
Mayli, o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin.
Azizim, umringda havo bo‘lsin sof,
Umring shamollari muattar bo‘lsin.

Abdulla Oripov
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
📢 IJODKOR AYOL VA QIZLAR DIQQATIGA!

☄️
Ijodkormisiz?
☄️Ijod namunalaringizni xalqaro va mahalliy OAVlarda yoritilishini xoxlaysizmi?
☄️Ular xalqaro antologiyalarga chop etilishinichi?
☄️Yokida xalqaro tanlovlarda ishtirok etishni xoxlaysizmi?
☄️Jurnalistika sohasidagi bilimlarga ega bo'lmoqchimisiz?
☄️Bugungi zamon talabi bo'lgan media kontentlar tayyorlash, kopirayterlik san'ati sirlari sizga qiziqmi?
☄️ O’z ustingizda ishlashni va o’zingizga bo’lgan ishonchni oshirishnichi?
☄️ Sohaning taniqli insonlari bilan seminar va ijodiy kechalarga qatnashishni xoxlaysizmi?

🟥 Men bilan hayotingizning har bir daqiqasiga o’zgartirish kiritib, go’zallik va aniq maqsadlar sari dadil qadam tashlay olasiz.

➡️ Men bilan bog'lanish:
@Moh_im

➡️ Ijodiy kanal havolasi:
https://t.iss.one/oy_nuri_uz_klub
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
1 mart O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan sana.

ZULFIYAXONIMGA

Bahor sizdan andoza olgan,
Gul-yuzingiz husniga xushtor.
Siz tavallud topgan lahzada,
Gulzorimga kelgandi bahor.

Tonggi nasim mayin yuzingiz,
Silaganda boychechak kulgan.
Qahratondan zerikkan zamin,
Shu lahzada nurlarga to‘lgan.

Ijod sizga hamnafas bo‘lib,
Yo‘l yurdingiz-she’r bo‘ldi izlar.
Mana qancha yillar ortida,
Ko‘nglingizga havasmand qizlar.

Zulfiyasi bo‘lib o‘zbekning,
Har bahorda kelgaysiz yonib.
Shul bahona ko‘klam kulgaydir,
Qahraton qish zahrini yorib.

Sarvinoz Dadajonova,
Muhammad Yusuf nomidagi 
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim