21-fevral — Xalqaro ona tili kuni
YUNESKO tashkiloti tomonidan 1999-yilning 17-noyabrida eʼlon qilingan “Xalqaro ona tili kuni” 2000-yildan buyon jahonda keng nishonlanib kelinmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, tarixda odamlar soʻzlashadigan tillar soni 8 mingdan ortiq boʻlib, hozirgi kunda ulardan 6 mingga yaqini qolgan. Mavjud tillarning ham teng yarmi yaqin yillarda yoʻqolib ketish xavfi ostida turibdi.
Tadqiqotlar har ikki haftada bir til “oʻlik”ka aylanayotganini koʻrsatmoqda.

👍2🎉2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
22 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun tugʻilgan kun
🎵 Andiz oʻsgan yerlarda
✍️ Azim Suyun
🎙Nuriddin Hamroqulov
**
ANDIZ OʻSGAN YERLARDA
«Qadimgi Nurato qoʻshiqlari» turkumidan
Andiz oʻsgan yerlarda otlar bevaqt oʻlmagʻay,
Yaxshi boʻlsa ayollar erlar yuzi soʻlmagʻay.
Qaysi yurtda chinakam botir ersa yigitlar,
Oʻsha yurtning ellari yovlarga qul boʻlmagʻay.
Ot minmagan ot minsa, chopa-chopa oʻldirar,
Bogʻ koʻrmagan bogʻ koʻrsa, payhon qilar, soʻldirar.
Hushyor boʻlgil, jon elim, elday saqla elingni,
Yovlaringga qoʻl bersang paymonangni toʻldirar.
Bosh kesilsa, yoronlar, sochga motam tutilmas,
Qon qusilsa, yoronlar, ichga suvdek yutilmas.
Qay bir millat tuprogʻin toptar ekan makkor yov,
Oʻzligin bilganlarning baxti aslo butunmas!
Argʻumoqlarga mining, gʻolib qilich yor boʻlsin!
Bu dunyoda har kimning oʻz Vatani bor boʻlsin!
1978 yil
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

👍2🔥1
#zakovat
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish maqsadida 7-8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida navbatdagi "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etildi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
👇Bizni kuzatishda davom eting

👍7❤3🔥2🎉1🕊1
#mahorat_darsi
POETIK KO‘CHIMLAR
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining hamkorlik rejasiga asosan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, bolalar shoiri Orif To‘xtash bilan "Poetik ko‘chinmalar" mavzusida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida adib Orif To‘xtash
nazmiy va nasriy asarlar misolida poetik ko'chimlarni qo‘llanilishi haqida umumiy tushuncha berdi.
Shuningdek, badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuygu va kechinmalarni yorqin ifodalashga yondashish hamda poyetakaning muayyan qonun-qoidalari haqida so‘z yuritdi

🔥2👎1🤩1
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
Iqror
O, ota makonim.
Onajon o’lkam,
O’zbekiston, jonim to’shay soyangga.
Senday mehribon yo’q,
Seningdek ko’rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangta.
Bir go’sha suv bo’lsa, bir go’sha qirlar,
Qancha yurtni ko’rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog’laring ortimdan ergashib yurar.
Ko’rdim suluvlarning eng faranglarin.
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men –
Parijning eng go’zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko’nayin,
Na til bilayin,
Ko’zdan uyqu qochdi, dildan halovat —
Uch kunda sog’insam nima qilayin,
Chala qolar bo’ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug’im o’zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug’ilgan qo’zing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan o’tgan har kun bayram — bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👎1🔥1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Agentlik direktori tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda
Shu kunlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Ishchi guruh bugun Farg‘ona viloyati Buvayda, Uchko‘prik tuman hamda Qo‘qon shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.
Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatladi.
Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

👍2👎1🎉1
O‘quvchilar_bekati
XAYOL
Xayol - erkdan tug‘ilgan chaqin,
Quyosh bo‘lar tun qo‘ynida ham.
Yaxshilik deb nom qo‘ysang agar,
Bir mayizni teng ko‘rar baham.
Xayol- baland tog‘lar orzusi,
Zilol suvlar zamzamasi u.
Yor ishqida kuygan oshiqning,
Birov bilmas qahqahasi u.
Xayol - jonning qilichi, o‘qi,
Niyatingga sotilgan chipta.
Maqsad uchun qo‘ymasang qadam,
Orzularing qolgaydir shiftda.
Asaloy Qobulova
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
XAYOL
Xayol - erkdan tug‘ilgan chaqin,
Quyosh bo‘lar tun qo‘ynida ham.
Yaxshilik deb nom qo‘ysang agar,
Bir mayizni teng ko‘rar baham.
Xayol- baland tog‘lar orzusi,
Zilol suvlar zamzamasi u.
Yor ishqida kuygan oshiqning,
Birov bilmas qahqahasi u.
Xayol - jonning qilichi, o‘qi,
Niyatingga sotilgan chipta.
Maqsad uchun qo‘ymasang qadam,
Orzularing qolgaydir shiftda.
Asaloy Qobulova
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
👍5❤2👎2🔥1👏1🎉1🤩1🕊1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Qonunchilik_yangiliklari
Ayrim maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-yilda:
➖Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta maktabga joriy qilinadi.
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:
➖“Mening maktabim” loyihasi doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi;
➖maktab direktorlari har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.
2024-yil 1-sentabrdan boshlab:
➖Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida maktablarga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

👏1