Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
876 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
Bugun xalqimizning sevimli shoiri Chustiy tavalludiga 120 yil to‘ldi.

KЕTMA YONIMDAN

Visol bazmin qozonin qaynat endi, ketma yonimdan,
Dilimdan o‘t yoqib, unga o‘tin qil ustixonimdan.

Menga me’roji ishqing bo‘ldi maskan, shukr-u faxr aylay,
Malaklar bexabar qoldi mening bu osmonimdan.

Judo bo‘lmoq jahonda ikkimiz nuqsonimiz bo‘lgay,
So‘zim isboti shuldirkim, yanog‘ing rangi qonimdan.

Tizildi kirpikimning rishtasiga bebaho durlar,
Bu durlar dildan ochgan shod-u xursand yangi konimdan.

Havas qilsa shirin sayrashni bulbullar chamanlarda,
Saharlar yod olsin senga yozgan dostonimdan.

Yalangbosh yurdi Majnun, Layli ishqi notavon etgach,
Yasantirding meni boshimgacha hatto tovonimdan.

Sen etding imtihon ming martalab bechora jonimni,
Kechardim, qolsa o‘tmay, bitta ermas, mingta jonimdan.

Musahhar ayladim ishqing diyorin qahramonlardek,
Irodam birla sabrim o‘tdi yuksak imtihonimdan.

Dedi xobimda Bobur: “Chustiyo, yoningdadir yoring,
Topolsam yor agar men, chiqmas erdim Andijonimdan”.


GO‘ZAL


Bir go‘zal ko‘rdim, yozolsam, u go‘zal bo‘lgay g‘azal,
Yo go‘zal bo‘lgay g‘azal yoki g‘azal bo‘lgay go‘zal.

Yangi bir she’rin o‘qib ko‘rdim, tilim bo‘ldi shirin,
U go‘zal yoki quyubdirman siyohdonga asal.

Yoki u dilbar erur so‘z shahrining halvogari,
Uchrasa, dil go‘dagiga chashna tutgay har mahal.

Menga ham shunday shirinso‘zlikni o‘rgatgil, dedim,
Aydiki, qandingni ur aylab bu lafzimga amal.

Bir kulib qo‘ygach, shakar shirin ekan, desam, dedi:
Endi bildingmu shakar ta’mini, e nodon, uyal!

Bu go‘zalni maqtamasdan kimni maqtayman, axir?
Bog‘aro bulbul bilan sayraydi tongda galma-gal.

Bu fazilatlarni baxsh etgan Xudodan o‘rgilay,
Bu jahon zebolari ichra jamoli bebadal.

Kim etak birla yopolgay oyni? Bu mumkin emas,
Xulq-u odob-u chiroyiga munosib bu masal.

Husnidan ham maslagi, qalbi chiroyliroq ekan,
Maqtasang, Chustiy, hamisha u g‘azal bo‘lgay go‘zal.


KIMLAR BILAN?

Tun yarimda soyiri gulzor eding kimlar bilan?
Bulbul uyg‘onguncha sen bedor eding kimlar bilan?

Lolaga may to‘ldirib, gulshanda soqiy muntazir,
Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?

Bog‘da rayhon bargi birlan o‘ynashar erdi sabo,
To‘dayi gul ichra sen ham bor eding kimlar bilan?

Oshiqing gul bog‘ladi jon rishtasiga sen uchun,
Qaysi gulni hidlading sen, yor eding kimlar bilan?

Dahrda manzilba-manzil birga yurgaymiz deding,
Bizni tashlab ketgali tayyor eding kimlar bilan?

Garchi ushshoq ahliga yo‘qdir ajal, rashk o‘ldirur,
Chustiga ayt, sevgida hamkor eding kimlar bilan?

Chustiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Tuproqdan keldik, tuproqqa ketarmiz. Muhimi dunyoda kirlanmaslikdir, koʻngilni pok tutmoq, dilga kir yuqtirmaslikdir...

✍🏻Jaloliddin Rumiy

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yunusova Nigora Yusupjonovna Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tavsiyasi bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining 2024 yil 14 fevral kungi tegishli buyrug‘iga asosan agentlik tizimidagi Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori etib tayinlandi.

Nigora Yunusova 1981 yilda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan. 2003 yilda Farg‘ona davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyat davomida Toshkent shahridagi 6-ixtisoslashtirilgan maktabda, Andijon avtomobil yo‘llari kasb-hunar kollejida, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida tarix fani o‘qituvchisi vazifalarida faoliyat olib borgan. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi Nigoraxon Yunusovaning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

@ima_myim
#Tayinlov

Ixtisoslashtirilgan ta'limi muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan test va suhbat natijalari asosida, agentlik direktorining tavsiyasi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Sirojiddinova Kamola Davronbekovna ijod maktabining ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Kamola Sirojiddinova 1987 yil Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tavallud topgan. Ma'lumoti oliy, 2008 yilda Andijon davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Andijon shahridagi 30-, 16-, 5-umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifalarida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar Andijon shahridagi 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi Kamola Sirojiddinovaning yangi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.

@ima_myim
Bilimingizni sinab ko‘ring!

O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaning O‘zbekiston xalq yozuvchisi, akademik Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning so‘ngi safariga bag‘ishlab yozgan asari qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
19%
"Yillar, yillar... "
31%
"Men chizolmagan surat"
26%
"Alvido"
24%
"Quyoshli qalam"
Ulug'imsan Vatanim
Sevara Nazarxon
#retro

🎼Ulug‘imsan Vatanim
Muhammad Yusuf
🎙Sevara Nazarxon

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
21-fevral — Xalqaro ona tili kuni

YUNESKO tashkiloti tomonidan 1999-yilning 17-noyabrida eʼlon qilingan “Xalqaro ona tili kuni” 2000-yildan buyon jahonda keng nishonlanib kelinmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, tarixda odamlar soʻzlashadigan tillar soni 8 mingdan ortiq boʻlib, hozirgi kunda ulardan 6 mingga yaqini qolgan. Mavjud tillarning ham teng yarmi yaqin yillarda yoʻqolib ketish xavfi ostida turibdi.

Tadqiqotlar har ikki haftada bir til “oʻlik”ka aylanayotganini koʻrsatmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
22 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun tugʻilgan kun

🎵 Andiz oʻsgan yerlarda

✍️ Azim Suyun
🎙Nuriddin Hamroqulov

**
ANDIZ OʻSGAN YERLARDA
«Qadimgi Nurato qoʻshiqlari» turkumidan

Andiz oʻsgan yerlarda otlar bevaqt oʻlmagʻay,
Yaxshi boʻlsa ayollar erlar yuzi soʻlmagʻay.

Qaysi yurtda chinakam botir ersa yigitlar,
Oʻsha yurtning ellari yovlarga qul boʻlmagʻay.

Ot minmagan ot minsa, chopa-chopa oʻldirar,
Bogʻ koʻrmagan bogʻ koʻrsa, payhon qilar, soʻldirar.

Hushyor boʻlgil, jon elim, elday saqla elingni,
Yovlaringga qoʻl bersang paymonangni toʻldirar.

Bosh kesilsa, yoronlar, sochga motam tutilmas,
Qon qusilsa, yoronlar, ichga suvdek yutilmas.

Qay bir millat tuprogʻin toptar ekan makkor yov,
Oʻzligin bilganlarning baxti aslo butunmas!

Argʻumoqlarga mining, gʻolib qilich yor boʻlsin!
Bu dunyoda har kimning oʻz Vatani bor boʻlsin!

1978 yil

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#zakovat

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish maqsadida 7-8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida navbatdagi "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#mahorat_darsi

POETIK KO‘CHIMLAR

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining hamkorlik rejasiga asosan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, bolalar shoiri Orif To‘xtash bilan "Poetik ko‘chinmalar" mavzusida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida adib Orif To‘xtash
nazmiy va nasriy asarlar misolida poetik ko'chimlarni qo‘llanilishi haqida umumiy tushuncha berdi.

Shuningdek, badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuygu va kechinmalarni yorqin ifodalashga yondashish hamda poyetakaning muayyan qonun-qoidalari haqida so‘z yuritdi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Iqror

O, ota makonim.
Onajon o’lkam,
O’zbekiston, jonim to’shay soyangga.
Senday mehribon yo’q,
Seningdek ko’rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangta.

Bir go’sha suv bo’lsa, bir go’sha qirlar,
Qancha yurtni ko’rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog’laring ortimdan ergashib yurar.

Ko’rdim suluvlarning eng faranglarin.
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men –
Parijning eng go’zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.

Na gapga ko’nayin,
Na til bilayin,
Ko’zdan uyqu qochdi, dildan halovat —
Uch kunda sog’insam nima qilayin,
Chala qolar bo’ldi hamma sayohat.

Bildimki, baridan ulug’im o’zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug’ilgan qo’zing,
Arab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan o’tgan har kun bayram — bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Agentlik direktori tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda

Shu kunlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Ishchi guruh bugun Farg‘ona viloyati Buvayda, Uchko‘prik tuman hamda Qo‘qon shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube