#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
SAID AHMAD
Yil boshatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni,
Farishtalar aylar parvarish.
Chorbog kezar chol mayus ammo,
Nimanidir qumsab, axtarib.
Qaylardasiz, Saida momo,
Sizsiz bu kun boglar ham garib!..
Yolaklarda erga egilar,
Suvlar tinib qolar sukutda.
Saidani sorab behilar,
Yiglab yotar er bilan bitta.
Ketar keyin dardi bir tugun,
Yiglay desa tushunmas daha.
Kulay desa ozidan oldin,
Ajinlari otar qah-qaha.
Boshiga tosh yogilsa agar,
Bildirmaydi bu metin odam.
Hamma hursand, ozi zerikar,
Latifalar aytganida ham...
Yil boshatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni,
Farishtalar aylar parvarish:
U jilmayar ko`zda yosh qalqib,
Shivirlaydi lablari besas:
Saidadir farishta balki,
Farishtalar Saida emas!
✍Muhammad YUSUF
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
SAID AHMAD
Yil boshatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni,
Farishtalar aylar parvarish.
Chorbog kezar chol mayus ammo,
Nimanidir qumsab, axtarib.
Qaylardasiz, Saida momo,
Sizsiz bu kun boglar ham garib!..
Yolaklarda erga egilar,
Suvlar tinib qolar sukutda.
Saidani sorab behilar,
Yiglab yotar er bilan bitta.
Ketar keyin dardi bir tugun,
Yiglay desa tushunmas daha.
Kulay desa ozidan oldin,
Ajinlari otar qah-qaha.
Boshiga tosh yogilsa agar,
Bildirmaydi bu metin odam.
Hamma hursand, ozi zerikar,
Latifalar aytganida ham...
Yil boshatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni,
Farishtalar aylar parvarish:
U jilmayar ko`zda yosh qalqib,
Shivirlaydi lablari besas:
Saidadir farishta balki,
Farishtalar Saida emas!
✍Muhammad YUSUF
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ustozlar_ijodi
ONA TILIMGA
Ming yillarkim bulbul kalomi
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha,
Ammo sho‘rlik to‘tining holi,
O'zgalarga taqlid hamisha,
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she'rga solaman,
Sen yo‘qolgan kuning shubhasiz
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
✍Abdulla ORIPOV
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
ONA TILIMGA
Ming yillarkim bulbul kalomi
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha,
Ammo sho‘rlik to‘tining holi,
O'zgalarga taqlid hamisha,
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she'rga solaman,
Sen yo‘qolgan kuning shubhasiz
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
✍Abdulla ORIPOV
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MUNOSABAT | 16.02.2024 YIL
Marjona UMAROVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi
https://t.iss.one/Andijon_TRK
https://youtube.com/@AndijonVTRK https://www.instagram.com/andijon_trk

Laylo RAVSHANBEKOVA

Gulbadanbegim ALIQULOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

MATEMATIKA DARSI
Matematika qo’yni to’la sir bo’ladi,
Birga birni ko’paytirsa — bir bo’ladi.
Derazadan mo’ralaydi olma shoxi,
Ufkda bulut — ertaga yomg'ir bo’ladi...
Matematika, yomg'irlarda chopgum kelur,
Jumbog'ingga men xam javob topgum kelur
Derazadan mo’ralaydi bodom shoxi,
Boqqa chiqib qo’ng'izlarni o’pgum kelur.
Matematika, men ham o’yga botgum kelur,
O’ylab-o’ylab... o’zingga tosh otgum kelur.
Sen samolyot kashf etasan, mening esa
Yalpiz bilan achomlashib yotgim kelur.
Matematika — oy bo’ladi, yil bo’ladi,
Tankni tankka ko’paytirsa — kul bo’ladi..
Dunyo kachon bo’ston bo’lar, gul bo’ladio’
Adabiyot o’ylayverib sil bo’ladi!
Matematika — lov-lov yonib turgan cho’g'san,
Sendan nima yasashlarin bilgan yo’qsan.
Derazadan mo’ralaydi gilos shoxi,
U qo’ndog'ing, o’zing miltiq, o’zing o’qsan...
Matematika, qo’yning to’la sir bo’ladi.
Birga birni ko’paytirsa — bir bo’ladi.
Qovurg'amning tagida bir qumri yig'lar,
Doskadan meni ayirsang — SHE'R bo’ladi!
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting

Bilimingizni sinab ko‘ring!
Shoira 18 yoshida mingtepalik Sharifjonga turmushga chiqadi, O‘qchi qishlog‘iga keladi. Oradan bir yil o‘tmasdan Sharifjon fojeali vafot etadi. U 19 yoshida chaqalog‘i bilan yolg‘iz qoladi. Qaysi shoira haqida gap ketmoqda?

Anonymous Quiz
31%
Samar Bonu
23%
Zulfiya
16%
Saida Zunnunova
30%
Munavvara Usmonova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati
Odamlar nimanidir bilmaganlari uchun emas, balki o‘zlarini bilimdon va dono hisoblaganliklari sababli yanglishadilar, adashadilar.
✍🏻 Tohir Malik
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Odamlar nimanidir bilmaganlari uchun emas, balki o‘zlarini bilimdon va dono hisoblaganliklari sababli yanglishadilar, adashadilar.
✍🏻 Tohir Malik
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
O‘quvchilar bekati
“Padarkush” asari haqida o’ylarim
"Behbudiy" o'qiydi millionlab odam,
"Padarkush" asari dillarda mangu.
Mana, necha asr o'tgan bo'lsa ham,
Ko'ngillardan ketmas mudhish bu qayg'u.
Boyning ahvoliga yig'lar butun xalq,
O'z ota qotili bo'ldi Toshmurod.
Axloqi buzuqlik chiqargan odat,
Tangriqul maqsadi bo'lmadi murod.
"Millatchi musulmon" gapini tinglab,
Zarda-la eshigin yopmaganda boy.
Notavon o’g’lini etganda isloh,
Berib qo'ymas edi hayotini boy...
✍Odina RAHMATULLAYEVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

QISH ERTAGI
Oppoq, xarir edi borlig‘ing
Oydin eding-to‘lin oy eding.
Ko‘zlarimdan qochirganimda
Hayolimga sen kirib kelding.
Oppoq-oppoq orzularimga
Qiyo boqmay kulgan chechagim.
Sendan ayro tushgandan buyon,
Yulduzlarga aytgum ertagim.
Azob bilan oqarar tonglar,
Tunlar uzun-dilda qiynoqlar.
Men ham endi sevgisiz qoldim,
Anglab yetdim, sizni qiynoqlar.
Qish ham kirdi, ayoz kun bo‘yi
Hasratimday yog‘averdi qor.
Ushalmadi kurtaklar o‘yi
Yiroqlashib ketgandi bahor.
Chor atrof qor, go‘yo sen kelding,
O‘sha oydin ko‘ylakda yonib.
Tashqariga yugurib chiqdim,
Hayolimga o‘zim ishonib.
Yo‘q, sen yo‘qsan, umidvor kutdim,
Zulmat yana keldi so‘roqlab.
Yuragimga taskinlar aytdim
Kelayotgan azobga chog‘lab.
Yo‘q, negadir horg‘in ko‘zlarim
Yumilarkan asta ilg‘adim...
Derazaga boqqancha sahar
Bir to‘p gulni ko‘rib yig‘ladim...
✍Minhojiddin MIRZO
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
QISH ERTAGI
Oppoq, xarir edi borlig‘ing
Oydin eding-to‘lin oy eding.
Ko‘zlarimdan qochirganimda
Hayolimga sen kirib kelding.
Oppoq-oppoq orzularimga
Qiyo boqmay kulgan chechagim.
Sendan ayro tushgandan buyon,
Yulduzlarga aytgum ertagim.
Azob bilan oqarar tonglar,
Tunlar uzun-dilda qiynoqlar.
Men ham endi sevgisiz qoldim,
Anglab yetdim, sizni qiynoqlar.
Qish ham kirdi, ayoz kun bo‘yi
Hasratimday yog‘averdi qor.
Ushalmadi kurtaklar o‘yi
Yiroqlashib ketgandi bahor.
Chor atrof qor, go‘yo sen kelding,
O‘sha oydin ko‘ylakda yonib.
Tashqariga yugurib chiqdim,
Hayolimga o‘zim ishonib.
Yo‘q, sen yo‘qsan, umidvor kutdim,
Zulmat yana keldi so‘roqlab.
Yuragimga taskinlar aytdim
Kelayotgan azobga chog‘lab.
Yo‘q, negadir horg‘in ko‘zlarim
Yumilarkan asta ilg‘adim...
Derazaga boqqancha sahar
Bir to‘p gulni ko‘rib yig‘ladim...
✍Minhojiddin MIRZO
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Yog’averar qor [www.Bisyor.net]
Shuhrat Daryo
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Bilimingizni sinab ko‘ring!
Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan. Gap qaysi shoir haqida?
Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan. Gap qaysi shoir haqida?
Anonymous Quiz
15%
Munavvara Usmonova
24%
Iqbol Mirzo
48%
Muhammad Yusuf
12%
Sirojiddin Sayyid
#OAV_biz_haqimizda
"Hayrat ul - Abror" tafakkur va idrokni hayratga soluvchi asar"
"Andijonnoma" gazetasining 2024 yil 17 fevral kungi 6-7 sonida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Dilfuzaxon O‘rmonovaning "Hayrat ul - Abror" tafakkur va idrokni hayratga soluvchi asar" nomli maqolasi chop etildi.
https://t.iss.one/auznews/10625?single
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

Yurtboshimiz ishonchi maqsadlarim tamon parvoz etishimga qo‘shqanot bo‘ldi
"Tong yulduzi" gazetasining 2024 yil 19 fevral kungi 8-sonida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Laylo Ravshanbekovaning "Yurtboshimiz ishonchi maqsadlarim tamon parvoz etishimga qo‘shqanot bo‘ldi" nomli maqolasi chop etildi.
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi/27224

Telegram
Gazetalar sharhi
«TONG YULDUZI» gazetasining 2024-yil 8-sonida:
♦️ YURTBOSHIMIZ ISHONCHI:
Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz Andijonga tashrif buyurdi;
♦️ ELCHI XONIM MAKTABDA;
♦️ MOZIY OSMONIDAGI QO‘SH YULDUZ;
♦️ HAYOTIMNI O‘ZGARTIRGAN DARS - Bir kuni darsda...
♦️ O‘ZBEK…

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Qonunchilik_yangiliklari
#yoshlar_uchun_imkoniyat
⚡️ Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi qarori qabul qilindi.
📝 Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab:
📶 Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
✅ Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.
❗️ Endilikda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron tarzda yuborishlari mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yoshlar_uchun_imkoniyat
📝 Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20-fevral – O‘zbekiston Qahramoni, navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva tug‘ilgan kun. XX-XXI asrlarning yorqin siymosi, yuzlab izdoshlar va shogirdlar ustozi, agar hayot bo‘lganida, 92 yoshni qarshilagan bo‘lardi. Quyidagi suhbat olima tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan edi.
👇
https://www.youtube.com/watch?v=_OY44lBhF6A&t=1357s
👇
https://www.youtube.com/watch?v=_OY44lBhF6A&t=1357s
YouTube
Суйима Ганиева. Мунтазамлик
Ассалому алайкум! Азизлар, Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси янги – «Салом, Китоб!» лойиҳасига қўл урди.
Ҳар биримиз - каттаю кичик кун давомида беихтиёр, ҳаттоки ўзимиз аҳамият бермаган ҳолда кўп марта китобга мурожаат қиламиз - атрофимизда…
Ҳар биримиз - каттаю кичик кун давомида беихтиёр, ҳаттоки ўзимиз аҳамият бермаган ҳолда кўп марта китобга мурожаат қиламиз - атрофимизда…
Bugun xalqimizning sevimli shoiri Chustiy tavalludiga 120 yil to‘ldi.
KЕTMA YONIMDAN
Visol bazmin qozonin qaynat endi, ketma yonimdan,
Dilimdan o‘t yoqib, unga o‘tin qil ustixonimdan.
Menga me’roji ishqing bo‘ldi maskan, shukr-u faxr aylay,
Malaklar bexabar qoldi mening bu osmonimdan.
Judo bo‘lmoq jahonda ikkimiz nuqsonimiz bo‘lgay,
So‘zim isboti shuldirkim, yanog‘ing rangi qonimdan.
Tizildi kirpikimning rishtasiga bebaho durlar,
Bu durlar dildan ochgan shod-u xursand yangi konimdan.
Havas qilsa shirin sayrashni bulbullar chamanlarda,
Saharlar yod olsin senga yozgan dostonimdan.
Yalangbosh yurdi Majnun, Layli ishqi notavon etgach,
Yasantirding meni boshimgacha hatto tovonimdan.
Sen etding imtihon ming martalab bechora jonimni,
Kechardim, qolsa o‘tmay, bitta ermas, mingta jonimdan.
Musahhar ayladim ishqing diyorin qahramonlardek,
Irodam birla sabrim o‘tdi yuksak imtihonimdan.
Dedi xobimda Bobur: “Chustiyo, yoningdadir yoring,
Topolsam yor agar men, chiqmas erdim Andijonimdan”.
GO‘ZAL
Bir go‘zal ko‘rdim, yozolsam, u go‘zal bo‘lgay g‘azal,
Yo go‘zal bo‘lgay g‘azal yoki g‘azal bo‘lgay go‘zal.
Yangi bir she’rin o‘qib ko‘rdim, tilim bo‘ldi shirin,
U go‘zal yoki quyubdirman siyohdonga asal.
Yoki u dilbar erur so‘z shahrining halvogari,
Uchrasa, dil go‘dagiga chashna tutgay har mahal.
Menga ham shunday shirinso‘zlikni o‘rgatgil, dedim,
Aydiki, qandingni ur aylab bu lafzimga amal.
Bir kulib qo‘ygach, shakar shirin ekan, desam, dedi:
Endi bildingmu shakar ta’mini, e nodon, uyal!
Bu go‘zalni maqtamasdan kimni maqtayman, axir?
Bog‘aro bulbul bilan sayraydi tongda galma-gal.
Bu fazilatlarni baxsh etgan Xudodan o‘rgilay,
Bu jahon zebolari ichra jamoli bebadal.
Kim etak birla yopolgay oyni? Bu mumkin emas,
Xulq-u odob-u chiroyiga munosib bu masal.
Husnidan ham maslagi, qalbi chiroyliroq ekan,
Maqtasang, Chustiy, hamisha u g‘azal bo‘lgay go‘zal.
KIMLAR BILAN?
Tun yarimda soyiri gulzor eding kimlar bilan?
Bulbul uyg‘onguncha sen bedor eding kimlar bilan?
Lolaga may to‘ldirib, gulshanda soqiy muntazir,
Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?
Bog‘da rayhon bargi birlan o‘ynashar erdi sabo,
To‘dayi gul ichra sen ham bor eding kimlar bilan?
Oshiqing gul bog‘ladi jon rishtasiga sen uchun,
Qaysi gulni hidlading sen, yor eding kimlar bilan?
Dahrda manzilba-manzil birga yurgaymiz deding,
Bizni tashlab ketgali tayyor eding kimlar bilan?
Garchi ushshoq ahliga yo‘qdir ajal, rashk o‘ldirur,
Chustiga ayt, sevgida hamkor eding kimlar bilan?
Chustiy

Tuproqdan keldik, tuproqqa ketarmiz. Muhimi dunyoda kirlanmaslikdir, koʻngilni pok tutmoq, dilga kir yuqtirmaslikdir...
✍🏻Jaloliddin Rumiy
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Tuproqdan keldik, tuproqqa ketarmiz. Muhimi dunyoda kirlanmaslikdir, koʻngilni pok tutmoq, dilga kir yuqtirmaslikdir...
✍🏻Jaloliddin Rumiy
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yunusova Nigora Yusupjonovna Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tavsiyasi bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining 2024 yil 14 fevral kungi tegishli buyrug‘iga asosan agentlik tizimidagi Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori etib tayinlandi.
Nigora Yunusova 1981 yilda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan. 2003 yilda Farg‘ona davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyat davomida Toshkent shahridagi 6-ixtisoslashtirilgan maktabda, Andijon avtomobil yo‘llari kasb-hunar kollejida, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida tarix fani o‘qituvchisi vazifalarida faoliyat olib borgan. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi Nigoraxon Yunusovaning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
@ima_myim