Bilimingizni sinab ko‘ring!
Zahiriddin Muhammad Boburning qizlarini ismi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Anonymous Quiz
12%
Faxrinisobegim, Masuma Sultonbegim, Gulbadanbegim, Gulchiroybegim
43%
Gulbadanbegim, Gulchehrabegim, Sultonbegim, Gulchiroybegim
34%
Faxrinisobegim, Masuma Sultonbegim, Gulbadanbegim, Gulchehrabegim
11%
Sultonbegim, Gulbadanbegim, Gulchehrabegim, Oisha Sultonbegim
Yaxshilig' (Bobur g'azali)
Ma'murjon To'xtasinov
Forwarded from Hilola Umarova
#Bobur_tavalludining_541_yilligi
Bugun O‘rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.
Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.
Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.
Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Bobur_tavalludining_541_yilligi
Zahiriddin Muhammad Bobur — turkiy adabiyotning atoqli vakili, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi.
Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug’ilgan. U Fargʻona hokimi Umarshayx Mirzoning oʻgʻli edi. 1494-yili otasi vafotidan keyin 12 yoshida Fargʻona hokimi etib tayinlanadi.
1519–1527-yillarda Bobur Afgʻoniston, Pokiston va Hindiston yerlarini egallab, Boburiylar saltanatiga asos soladi.
Hindistonda Boburiylar sulolasi hukmronligi 300 yildan oshiq davom etgan.
Mutafakkirning "Boburnoma"si o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallagan. Unda Oʻrta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar jamlangan. Asarning o‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadr-qimmati hamon yuqori.
Bobur 1530-yil 26-dekabrda Agrada vafot etgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#541_yosh
KO‘RGAMEN
Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgamen.
Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgamen.
Yorab, ul kun shum toli’din manga bo’lg’aymukim
Jonima orom ul oromi jondin ko’rgamen.
Ko’z ko’rar, lekin solur meni balog’a bu ko’ngul,
Bu baloni necha chashmi xunfishondin ko’rgamen.
Bartaraf qilg’il vafo istarni eldin, Boburo,
Ul g’alatdurkim, vafo ahli jahondin ko’rgamen.
✍Zahriddin Muhammad Bobur
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

Zahiriddin Muhammad Boburning valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturul-amal sifatida moʻljallangan asari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

37%
"Boburnoma"
33%
"Mubayyin"
22%
"Xatti Boburiy“
8%
"Yulduzli tunlar"
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_541_yilligi
✅ Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosining ahamiyati
✅ Sharq va G'arb olimlaring Bobur ijodi va hayotiga oid tadqiqotlari
✅ Bugungi kunda boburshunoslik sohasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, yangiliklar
Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori, ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Shohistaxon Nurmatovaning maqolasida shular haqida so'z boradi
➡️ Batafsil bu yerda

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14-fevral — O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tug‘ilgan kun.
UMR O‘TAR
Umr o‘tar, vaqt o‘tar,
Xonlar o‘tar, taxt o‘tar,
Omad o‘tar, baxt o‘tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring,sening kulishlaring.
Bahorda bog‘ na go‘zal,
Qor tushsa tog‘ na go‘zal,
Bu yoshlik chog‘ na go‘zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So‘zsiz qarashlaring,holim so‘rashlaring.
Oy chiqar goh zaholi,
Do‘stlar ko‘pdir vafoli,
Hayot shundan safoli,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sokin so‘zlashlaring, pinhon izlashlaring.
Umr — yo‘l, qayrilish ko‘p,
Uchrashish, ayriliq ko‘p,
Unutish, aytilish ko‘p,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O‘sha kulishlaring, o‘sha kelishlaring…
✍Omon Matjon
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Umr o‘tar, vaqt o‘tar,
Xonlar o‘tar, taxt o‘tar,
Omad o‘tar, baxt o‘tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring,sening kulishlaring.
Bahorda bog‘ na go‘zal,
Qor tushsa tog‘ na go‘zal,
Bu yoshlik chog‘ na go‘zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So‘zsiz qarashlaring,holim so‘rashlaring.
Oy chiqar goh zaholi,
Do‘stlar ko‘pdir vafoli,
Hayot shundan safoli,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sokin so‘zlashlaring, pinhon izlashlaring.
Umr — yo‘l, qayrilish ko‘p,
Uchrashish, ayriliq ko‘p,
Unutish, aytilish ko‘p,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O‘sha kulishlaring, o‘sha kelishlaring…
✍Omon Matjon
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_fan
O‘quvchilarni kasbiy faoliyat yo‘nalishini tanlashda ko‘maklashish hamda ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida ijod maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari uchun "Publitsistika", "Dramaturgiya", "Xalq og‘zaki ijodi", "Adabiyot qoidalari", Adabiy jaroyon" kabi dars mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.
Mana shunday darslardan biri "Dramaturgiya" bo‘lib, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining dramaturgiya fani murabbiyi Mansurbek Ro‘ziyev ishtirirokida viloyat bolalar qo‘g‘irchoq teatrida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Dars mashg‘ulotiga Respublika Madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov tashrif buyurib, o‘quvchilarga drama - badiiy adabiyotning asosiy janrlaridan ekanligi, drammaturgik asarlarning mohiyati haqida tushuncha berdi. Shuningdek dramaning adabiy tur sifatidagi o‘ziga xosligi, dramaturgiyaning janrlari haqida to‘xtaldi.
Teatr aktyorlari va ijod maktabining o‘quvchilari ishtirokida "Sheryurak Bobur" spektaklidan parcha namoyish etildi.