#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
MUSHKULDUR
Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur.
Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.
Ne osig' nola-u faryod xobolud baxtimdin,
Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur.
Manga osondurur bo‘lsa, agar yuz ming tuman dushman,
Vale bo‘lmoq jahonda, ey ko‘ngul, beyor mushkuldur.
Visolinkim tilarsen nozini xush tortg'il, Bobur,
Ki olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur.
✍Zahriddin Muhammad Bobur
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

ERTALABKI SAFLANISH
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabda yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish, ularni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash maqsadida “Ertalabki saflanish” tadbiri bo’lib o’tdi
Tadbir O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jonli kuylash bilan boshlandi. O‘quvchilarni ta’lim-tarbiya jarayonida erishilgan yutuqlari va mavjud bo’shliqlari sarhisob qilindi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

#541_yosh
BIZ BOBURNING AVLODLARIMIZ
O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim hamda yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda tug’ilgan bo’lib, bu yil tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, adabiyotshunoslar, ijod maktabining ona-tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Tadbirda ijod maktabining direktori Shohistaxon Nurmatova ishtirok etib, Bobur shaxsiyatining o‘ziga xos qirralari, shoir asarlarida ulug‘langan g‘oyalar, ulug‘ vatandoshimizning davlat arbobi sifatidagi serqirra faoliyati, ayniqsa milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan betakror hissasi haqida qimmatli fikrlar bildirdi.
Ijod maktabining ijodkor o‘quvchilari tomonidan Mirzo Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi, g‘azal va ruboiylaridan o‘qildi. "Yosh musavvirlarlar" to‘garagi a'zolari tomonidan Bobur siymosi yaratildi.

Bilimingizni sinab ko‘ring!
Zahiriddin Muhammad Boburning qizlarini ismi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Anonymous Quiz
12%
Faxrinisobegim, Masuma Sultonbegim, Gulbadanbegim, Gulchiroybegim
43%
Gulbadanbegim, Gulchehrabegim, Sultonbegim, Gulchiroybegim
34%
Faxrinisobegim, Masuma Sultonbegim, Gulbadanbegim, Gulchehrabegim
11%
Sultonbegim, Gulbadanbegim, Gulchehrabegim, Oisha Sultonbegim
Yaxshilig' (Bobur g'azali)
Ma'murjon To'xtasinov
Forwarded from Hilola Umarova
#Bobur_tavalludining_541_yilligi
Bugun O‘rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.
Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.
Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.
Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Bobur_tavalludining_541_yilligi
Zahiriddin Muhammad Bobur — turkiy adabiyotning atoqli vakili, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi.
Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug’ilgan. U Fargʻona hokimi Umarshayx Mirzoning oʻgʻli edi. 1494-yili otasi vafotidan keyin 12 yoshida Fargʻona hokimi etib tayinlanadi.
1519–1527-yillarda Bobur Afgʻoniston, Pokiston va Hindiston yerlarini egallab, Boburiylar saltanatiga asos soladi.
Hindistonda Boburiylar sulolasi hukmronligi 300 yildan oshiq davom etgan.
Mutafakkirning "Boburnoma"si o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallagan. Unda Oʻrta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar jamlangan. Asarning o‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadr-qimmati hamon yuqori.
Bobur 1530-yil 26-dekabrda Agrada vafot etgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube