Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
867 subscribers
8.26K photos
864 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
#mahorat_darsi

She’r, she’riyat tushunchasi, she’riy san’atlar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining hamkorlik rejasiga asosan ijod maktablarida taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazilishi belgilangan.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Andijon davlat universiteti dotsenti, adabiyotshunos olim Halim Karim bilan “She’r, she’riyat tushunchasi, she’riy san’atlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Halim Karim o‘zining mualliflik kitoblaridan taqdim etdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
She'riyat bekati

KAʼBADAGI DUO

Kaʼba tegrasida aylanar olam,
Aylanar gunohlar, armonlar, vohlar...
Aylanadi boshin etganicha xam,
Miskinlar, g‘aniylar, darveshlar, shohlar...

Ijobat diyori – Yerning maʼnosi,
Koinot sarvarin oyoq izi bor.
Ulug‘ bir nur oqib kirdi ruhimga,
Ko‘zimdan shukronam tinmas – shashqator.

Ollohning uyi bu – najot manzili,
Buyuk kuch shavqidan sel bo‘lar yoshim.
Bunda berkitilgan Xudoning siri,
Anglaganim sayin ketar bardoshim.

...Ming turli olomon – yolvorar Haqqa,
Birov gunohiga ajr tilaydi.
“Qarzimdan qutqar” deb yukinar biri,
Boshqa biri, farzand ber, deb yig‘laydi.

Bizning hamrohlar ham qildilar duo,
Shayton kirolmagan maʼvoda ul dam:
– Ahli musulmonga ro‘shnolik bergil,
Falastinga zafar yuborgil, Egam!

Bir hasrat o‘radi ko‘ksimni noxos,
Duoga qo‘shildim biroz parishon.
Garchi, ezgulikdan kuch olgan qonim,
Albatta istayman – tinch bo‘lsin jahon!

Albatta istayman, moʻminga iqbol,
Istayman, odamga sharaf, ziyoni.
Navoiy yetmagan joydan tilarman –
Ko‘zyoshsiz, qon yuqi ketgan dunyoni...

Ammo dil tubidan ko‘chdi bir nido,
Yurak! Boringcha bo‘l, qo‘shma yolg‘onni!
Garchi, musulmonman... Lekin, avvalo,
Tangrim! Asra, dedim O‘zbekistonni!

Shodmonqul Salom
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir.


👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Qaysi asarni o‘qiymiz?

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida yangi loyihani boshladi — «Qaysi asarni o‘qiymiz?».

Eng sara asarlar, o‘qilishi shart 10 kitob haqida adabiyotshunos olimlar, yozuvchi-shoir, tarjimon va jamoat faollarining tavsiyasini sizga yetkazamiz.

O‘quvchi yoshlar qiziqarli badiiy adabiyotlarni o‘qib, o‘z dunyo qarashlarini kengaytirishlari uchun eng yaxshi kitoblarni qanday tanlash mumkin? Bu borada Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova o‘z tavsiyalarini o‘rtoqlashadi.

1. "O‘tkan kunlar" Abdulla Qodiriy
2. "Alvido bolalik" Toxir Malik
3. "Ruhlar isyoni" Erkin Vohidov
4. "Dunyoning ishlari" O‘tkir Hoshimov
5. "Yulduzli tunlar" Pirimqul Qodirov
6. "Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida"
7. "Boburiynoma" Xayriddin Sultonov
8. "Chol va dengiz" Ernest Xemenguey
9. "Molxona" Jorj Oruell
10. "Oq so‘yloq" Jek London

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#Nazm_bekati

YOG‘AYOTGAN OPPOQ QORLAR TINDIMI

Yuragimga qorparchalar qo‘ngandi,
Qor ostida boychechaklar ungandi,
Kiprigimga pok zarralar ingandi,
Ko‘ngil chalgan ishq rubobi sindimi,
Yog‘ayotgan oppoq qorlar tindimi?

Garchi oftob ko‘rinmas ko‘p samoda,
Lekin tafti yurakdagi ma’voda,
Yupanch yo‘qdur sevgi degan samoda
Aytgil, ey yor, ishq rubobi sindimi,
Yog‘ayotgan oppoq qorlar tindimi?

Oppoq edi go‘yo bu jumla jahon,
Har zarradan o‘qir edim bir doston,
Nahot erib ketsa bu oppoq bo‘ston,
Ko‘ngil chalgan ishq rubobi sindimi,
Yog‘ayotgan oppoq qorlar tindimi?

Qorparchalar oshiq qalbim yog‘dusi,
Oyog‘ingni o‘pib yo‘lda qolg‘usi,
Erisa ham yuragingga tomg‘usi,
Aytgil, ey yor, ishq rubobi sindimi,
Yog‘ayotgan oppoq qorlar tindimi?

Minhojiddin MIRZO
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari, senator.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi


👇Bizni kuzatishda davom eting
Bilimingizni sinab ko‘ring!

"Shaytanat" she'rining muallifi kim?
Anonymous Poll
13%
Erkin Vohidov
56%
Toxir Malik
24%
Shukur Qurbon
7%
Mahmud Toir
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SHAYTANAT

Hayot-gulzor, deya, kezdim, tikonlari chiqdi yoʻldan,
Na-da tikonlari, turfa ilonlari chiqdi yoʻldan.

Tilindi qalb, shilindi til, baloi nafs boʻldi gʻolib,
Qimorga boy berildi or, pushmonlari chiqdi yoʻldan.

Koʻngil berdim yora nogoh, axtarib men tasallolar,
Zaharxanda qildi agʻyor, yomonlari chiqdi yoʻldan.

Zamon Haqqa tegishli, deb necha fursat qildim sabr,
Chektirib oh, necha sohibzamonlari chiqdi yoʻldan.

Bu bir qismat, dedim, balki peshonamga yozilgani,
Xudo urgan Shaytanatning shaytonlari chiqdi yoʻldan.

Bormi biror hayrixohim va yo hamdard? Muhabbatning
Tohir Malik, Shukurdayin qurbonlari chiqdi yoʻldan.

Shukur Qurbon
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir.


Shoir 1951 yil Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1968-1973 yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. «Sharq yulduzi» jurnali tahririyatida ish faoliyatini boshlagan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotining boʻlim mudiri.
Shaytanat [Tarona.net]
Azim Mullahonov
#Retro

🎼“Shaytanat”
Shukur Qurbon
🎙Azim Mullaxonov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
♻️Bilmingizni sinab ko‘ring!

"O‘shal damlar" she'rining muallifi kim?
Anonymous Quiz
22%
Olimjon Xoldor
30%
Yahyo Mo‘minov
13%
Zamira Ro‘ziyeva
35%
Farid Usmon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OʻSHAL DAMLAR

Qani ul sen bilan oʻtgan oʻshal damlar, oʻshal damlar,
Faqat qolganga oʻxshaydi u damlardan alam-gʻamlar.

Oʻshal damlarni hozir eslasam tushdek erur shirin,
Meni chorlaydi bagʻriga hamon keng davra, odamlar.

Hamon men sen bilan birga, hamon birga qadrdonlar,
Hamon qutlaydi goʻyo ikkimizni joʻra-hamdamlar.

Ogʻir holat toʻlar koʻnglimga, horgʻin entikarman jim
Toʻlib “evoh” desam, evoh, soʻzi bu kiprigim namlar.

Oʻshal damdan faqat orzu, xayol meros bu kun menga,
Shu orzu, shu xayol borki, bilinmas baʼzi bir kamlar.

Hamisha qaytsa tayyorman, Farid, jonimni bermoqqa,
Agar bir lahza, bir fursat oʻshal damlar, oʻshal damlar.

Farid USMON,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, "Doʻstlik" ordeni sohibi


Shoir 1946 yil 1 avgustda Andijon shahrida tug‘ilgan. Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti hamda Moskva oliy adabiyot institutini tamomlagan. 40 dan ortiq kitoblar muallifi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
O'shal damlar | #TheRadius
Yahyobek Mo'minov
#Retro

🎼“O‘shal damlar”
Farid Usmon
🎙Yahyobek Mo‘minov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida o‘quvchilar o‘qish o‘rnini ko‘chirish transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

🗺 Joriy yilning 20-yanvar sanasidan arizalarni onlayn qabul qilish boshlanganligini inobatga olib, Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📆 Arizalar shu yilning 10-fevraliga qadar qabul qilinadi.

📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XATOSIZ_YOZAMIZ
SAVOL: Qaysi so'z to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
14%
Xavola
82%
Havola
4%
Havoala
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IJOD MAKTABIDA PAZANDACHILIK

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Shunday to‘garaklardan biri "Pazandachilik" to‘garagi o‘quvchi qizlarimizning eng sevimli mashg‘ulotlaridan hisoblanadi. Bunda o’quvchi qizlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli shirinliklar, mazzali taomlar va yoqimli salatlatlar tayyorlash orqali o‘zlarini mohoratlarini namoyon qilishib kelishmoqda.

Navbatdagi mashg‘ulot davomida ijod maktabining 7-sinf o‘quvchilari turli shirinliklar tayyorlashni o‘rgandi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim