Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
876 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#bolalar_adabiyoti

JO‘JA

Jo‘ja boqdim birtalay
Katta emas harqalay.

Dum-dumaloq ko’zlari,
Mayin sariq yuzlari.

Yosh boladay sho’x ekan,
Lek onasi yo‘q ekan.

Dadam bilan qaraymiz,
U yayrasa, yayraymiz.

Hali kuchga to’ladi,
Tovuq xola bo’ladi.

Har birini asrayman,
Kuzgacha men qarayman.

Jo’ja ulg’aygan chog’i,
Quradi tuxum tog’i.  

Mohlaroy ZAFARJONOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hayot_lavhalari

“Iste’dodsiz farzand bo‘lmaydi, e’tiborsiz ota-onalar bor, xolos”


Iqtidorli rejissyor Shokir Xoliqovning ushbu g‘oya ostida yaratilgan “Iste'dod" ijtimoiy roligida hayotimizning kundalik bir lavhasi katta mahorat bilan ochib berilgan.

Film ijodkorlari ta’kidi bilan aytganda, har bir bolaning ichida o‘ziga xos iste’dod yashirin. Uni yuzaga chiqarish hamda rivojlantirish ota-onalarning farzandiga berayotgan e’tiboriga, daldasiga bog‘liq.

“Iste'dod" ijtimoiy roligi sizga ana shu haqiqatni ko‘rsatib beradi.


❗️Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning qiziqishlari va iste’dodiga befarq bo‘lmang!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#buyuklar_merosi
#kun_hikmati

📚Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsata oladigan oynayi hayoti - bu uning milliy tili va adabiyotidir!

🖋Abdulla Avloniy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BSB_va_ChSB_nima

📆 2023-yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

⚡️Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?

🗣Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.

BSB – Bob boʻyicha summativ baholash.
ChSB – Chorak boʻyicha summativ baholash.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_fan
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

♻️O‘quvchilarni kasbiy faoliyat yo‘nalishini tanlashda ko‘maklashish hamda ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida ijod maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari uchun "Publitsistika", "Dramaturgiya", "Xalq og‘zaki ijodi",  "Adabiyot qoidalari", Adabiy jaroyon" kabi dars mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.

🎭Mana shunday darslardan biri "Dramaturgiya" bo‘lib, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari viloyat bolalar qo‘g‘irchoq teatrida dramaturg, sentrist Mansurbek Ro‘ziyev ishtirokida o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilimingizni sinab ko'ring!

Savol: Jadidchilik harakatining asoschisi kim?
Anonymous Quiz
46%
Mahmudxo‘ja Behbudiy
28%
Ismoilbek Gasprinskiy
13%
Abdulhamid Cho‘lpon
12%
Munavvarqori Abdurashidxonov
#biz_haqimizda
#qisqacha

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI


Agentlik tizimida hozirgi kunda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi, 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda "Renessans" sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyat yuritmoqda.

Mazkur ta’lim muassasalarida 70 mingdan oshiq o‘quvchi tahsil olib, ularga 8 mingdan ortiq o‘qituvchi ta’lim berib kelmoqda.

AGENTLIKNING RASMIY SAHIFALARI:
🌐 Web-sayt
🕊Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
📺 YouTube

MUROJAAT UCHUN:
📍Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli 1ª
📬 [email protected]
📧 [email protected]
🤖 t.iss.one/piimasavollar_bot
☎️ +998 (71) 207-40-48
📞 +998 (71) 207-20-17
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_ijodidan

YOʻLOVCHI

Oʻttiz uch yoshimda
oʻttiz uch ming yil
hasrati, dogʻi bor qarashlarimda, sangtarosh xoʻrsinar qadimdan buyon
olam toshlarini taroshlar ekan...
Qadam bosganimda chayqaladi yer, chayqalar yodimning ogʻirligidan.
Biror asr uxlay,
ichayin chogʻir,
bergin, yer, ming yillik chogʻirlaringdan.
...Virdan afsonaviy kishvar ochildi,
simirdim qip-qizil gullarning isin.
Olam goʻzal ekan —
shunda ilk bora
eshitdim qalbimningʻ teran yigʻisin.
Borliqni unutib uxladim lahza, ruhimdan uvalib ketganday gʻullar.
Soʻng chuchib uygʻondim kuz nafasidan,
sargʻayib qolgandi
qip-qizil gullar.

Shavkat Rahmon

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Аmir Temur sanʼatni yuksak qadrlar edi. Uning o‘zi badiiy asarlar majmuasiga ega edi. Turli toifadagi mashshoqlar, suxandonlar, haykaltaroshlar, bog‘bonlar, rassomlar jahonning har xil davlatlaridan Аmir Temur saroyiga to‘plangan edilar.

✍️Hilda Hukhem
#zakovat

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

“Ikkinchi Renessans izdoshlari” mavzusida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinida ijod maktabining 7-8 sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM