Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
995 subscribers
9.57K photos
948 videos
52 files
2.02K links
Download Telegram
#yoshlar_turizmi_haftaligi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari qishki taʼtilni maroqli oʻtkazishdi.

Oʻquvchilar "Yoshlar turizmi haftaligi" doirasida respublikamizning diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatr va kinoteatrlarga ustozlari bilan birga sayohat qilishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#onlayn_vebinar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi Ijod maktablarning pedagog xodimlari uchun onlayn vebinar o‘tkaziladi.

Mazkur vebinar pedagog xodimlarga ta’limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, o‘quvchi psixologiyasi va darsda ijobiy muhit yaratish, ularning pedagogik mahoratini oshirish hamda loyihaga asoslangan ta’limni tashkil etish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish va kasbiy rivojlanishga qaratildi.

Ma’lumot uchun, onlayn vebinar joriy yilning 8-9-10-yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

UCH AVLOD UCHRASHUVI

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Milliy armiya Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" shiori ostida Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar sohasida samarali mehnat qilib iste’foga chiqqan hodimlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Davlat Xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Xonobod shahridagi 9260 hamda Ichki Ishlar Vazirligi Qorovul qo‘shinlariga qarashli Andijon shahridagi 7553-harbiy qismlarda xizmat vazifasini o‘tayotgan ofitser va serjantlar, soha faxriylari hamda ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Faxriylar yosh xodimlar va o‘quvchilarga o‘zlarining mehnat faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar berib, yoshlarni Vatanga muhabbat, kasbga sadoqatli bo‘lishga chorlovchi o‘gitlarini berib o‘tishdi.

Tadbir davomida ijod maktabi tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning boy tajribasi yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishida beqiyos ekanligi taʼkidlandi.

Uch avlod uchrashuvida yosh isteʼdod sohiblari ham taklif etilganligi, ularning sahnadagi ko‘rgazmali chiqishlari barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi. Vatanni madh etuvchi she'r va kuylar o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida mard va jasurlik xislarini uyg‘otdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting

👉@ima_myim
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Milliy armiya Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" mavzusida o‘tkazilgan uch avlod uchrashuvi

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim