Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.19K subscribers
10.4K photos
991 videos
54 files
2.17K links
Download Telegram
#yillik_sarhisobi
#OAV
#sentyar_dekabr
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Quyidagi havolalar orqali 2023 yil sentyabr-dekabr oylari davomida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini kuzatishingiz mumkin
👇👇👇👇👇
👍5
#Zakovat_final_time
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

"Direktor kubogi" o‘z egasini topdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchi yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ular isteʼdodi va faolligini oshirish hamda munosib rag‘batlantirib maqsadida turli tanlovlar tashkil etib kelinmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda “Zakovat” intellektual o‘yini yoshlar o‘rtasida bilimdonlikni shakllantirib, ularning intellektual salohiyati, iqtidori va izlanuvchanligini rivojlantirmoqda. Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilib, saralash bosqichlarida 100 dan ortiq o‘quvchi yoshlar jamoalari qatnashdi. O‘yinda jami o‘quvchilardan tarkib topgan 13 ta jamoalar ishtirok etdi.

Direktor kubogi uchun o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining bugungi final bosqichida 8 ta jamoa bellashdilar. Intellektual o‘yin qoidalariga muvofiq, har bir jamoa olti nafar ishtirokchidan iborat bo‘lib, jamoalarga jami 20 ta savol berildi va har bir savolga javob berish uchun bir daqiqadan vaqt ajratildi. Bilimdonlar har bir berilgan savollarga jamoaviy uyushgan holda, hamfikrlikda javoblar berishdi. Aqlni shoshiradigan savollar hammani yana-da ko‘proq o‘qib o‘rganishga undadi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Zakovat” intellektual o‘yinida ijod maktabining 10-D sinfining "Tafakkur" jamoasi uchinchi, 7-A sinfining "Ijodkorlar" jamoasi ikkinchi o‘rinlarni egallashdi. Faxrli birinchi o‘ringa 11-B sinfining "Invicta" jamoasi munosib ko‘rilib, "Direktor kubogi"ni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting

👉https://t.iss.one/ima_myim
🔥5👍1
❤‍🔥9👍3👏2👎1🎉1
❤‍🔥18👍41👎1👏1