Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.03K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Jadidlar"

Iqbol Mirzo
O‘zbekiston xalq shoiri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi

Matmusaning qalpog‘i

Erkin Vohidov
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri

🎤Sarvinoz Latipova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting

👉https://t.iss.one/ima_myim
OVOZIM

Nahot, she’rlar aytdim 
bo‘shliqqa qarab, 
nahotki, sovrildi olov so'zlarim,
nahotki haq bolsa, el-u yurt asli,
quruq so‘zlar degan gumroh do‘stlarim?!
Nahot, bekor o‘tdi 
gulday umrimning
ming yilga tatirlik oltin chog‘lari,
nahot biror ruhni uyg‘otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari?!
Nahotki, birorta dilga yetolmay,
behuda sarflanib qancha kuch-chidam,
kelib ketaverar yorug‘ dunyoga,
kelib ketaverar menday kuychilar?!
Menga minbar emas, 
unvonlar emas,
latta chechaklaru 
ehsonlar emas, 
olov bir sahroni,
yurtim xayoli
nurga gurkiragan sahro bering, bas.
Erku muhabbatning muxtor elchisi —
yotmasman tuproqqa do‘nib, tinchlanib,
jasadim tirikdir yorug‘ dunyoda,
oyning sinig‘iday chaqnar sinchlarim.
Agar yetti qavat yerning qa’rida
yotsam-da larzaga solib havoni,
elimning yuragin 
topar baribir
jismimni kuydirib uchgan ovozim.

Shavkat Rahmon
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Har biringiz — davlatimiz boyligisiz" — Saida Mirziyoyeva

Tanlov va fan olimpiadalari g‘oliblari uchun Prezident administratsiyasiga ekskursiya uyushtirildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi

Bir nihol

Erkin Vohidov
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri

🎤Mohinabonu Botirova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting

👉https://t.iss.one/ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_loyiha

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida eksklyuziv loyiha

💽Ijod maktabi o‘quvchilari uchun yo‘lda qo‘yilgan Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi a'zolari tomonidan ijodkor o‘quvchilarning elektron kitoblari nashr etildi.

📚O‘qish uchun vaqtingiz yo‘qmi, unda ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan audio kitoblarni tinglang!

👇Bizni kuzatishda davom eting

👉https://t.iss.one/ima_myim
#Zakovat_final_time
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🏆"Direktor kubogi" o‘z egasini kutmoqda.

❇️Unutilmas hayajonli daqiqalarni o'tkazib yubormang!!!

👇Bizni kuzatishda davom eting.

👉https://t.iss.one/ima_myim
#yillik_sarhisobi
#OAV
#sentyar_dekabr
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Quyidagi havolalar orqali 2023 yil sentyabr-dekabr oylari davomida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini kuzatishingiz mumkin
👇👇👇👇👇
#Zakovat_final_time
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

"Direktor kubogi" o‘z egasini topdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchi yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ular isteʼdodi va faolligini oshirish hamda munosib rag‘batlantirib maqsadida turli tanlovlar tashkil etib kelinmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda “Zakovat” intellektual o‘yini yoshlar o‘rtasida bilimdonlikni shakllantirib, ularning intellektual salohiyati, iqtidori va izlanuvchanligini rivojlantirmoqda. Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilib, saralash bosqichlarida 100 dan ortiq o‘quvchi yoshlar jamoalari qatnashdi. O‘yinda jami o‘quvchilardan tarkib topgan 13 ta jamoalar ishtirok etdi.

Direktor kubogi uchun o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining bugungi final bosqichida 8 ta jamoa bellashdilar. Intellektual o‘yin qoidalariga muvofiq, har bir jamoa olti nafar ishtirokchidan iborat bo‘lib, jamoalarga jami 20 ta savol berildi va har bir savolga javob berish uchun bir daqiqadan vaqt ajratildi. Bilimdonlar har bir berilgan savollarga jamoaviy uyushgan holda, hamfikrlikda javoblar berishdi. Aqlni shoshiradigan savollar hammani yana-da ko‘proq o‘qib o‘rganishga undadi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Zakovat” intellektual o‘yinida ijod maktabining 10-D sinfining "Tafakkur" jamoasi uchinchi, 7-A sinfining "Ijodkorlar" jamoasi ikkinchi o‘rinlarni egallashdi. Faxrli birinchi o‘ringa 11-B sinfining "Invicta" jamoasi munosib ko‘rilib, "Direktor kubogi"ni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting

👉https://t.iss.one/ima_myim