Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
914 subscribers
8.93K photos
918 videos
50 files
1.94K links
Download Telegram
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida
2-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting

https://t.iss.one/ima_myim
#Asar_tahlili
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

♻️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kitobxonlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugungi mutolaa soatida ijod maktabining 7 sinf o‘quvchilari taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o‘rgandilar.

🔰Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari samimiyligi bilan kitobxonni o'ziga tortadi. Uslub ham o‘ziga xos. Bolaning o‘y-fikrlari shunchalik hissiyotga boy tarzda tasvirlanadiki, beixtiyor o‘zimizni o‘sha vaziyatga tushib qolganday his qilamiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting

👉https://t.iss.one/ima_myim
Audio
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Qahrim qattiq bo’ldi,
Mehrim qattiq bo’ldi.
Nasihatni esa olmadim.
Harifim suyundi,
Do’stim kuyundi…
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Osoyish botmadi biror bir kunim,
Talashib-tortishib tolmadim.
“Og’irroq bo’l, inim,
Siporoq bo’l, inim …”
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Tengimni bilmasdan bir qizni suydim,
Suydim sira kulmay omadim.
“Shohona yasharmiz so’zimga kirsang…”
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Quvroq bo’l, deyishdi. Yolg’on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko’rdim, qorani qora –
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Ko’nglim sezar endi buyog’i ayon,
Do’stlarim, do’stlarim, baxtli bolaman!
Yo Toshkentda eng zo’r shoir bo’laman,
Yo qishloqqa qaytib ariq bo’yida
Yalpizga suyanib, o’lib qolaman.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
“Yoshlar forumi 2023” doirasida 21-22 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan vazirlik va idoralar rahbarlari hamda jamoatchilik faollari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvlar rejasi bilan tanishing.

#yoshlarbilanuchrashuv

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
#badiiy_tarjima

CHUMOLI
O'zbekiston Qahramoni, 
xalq shoiri Erkin Vohidov


G’ayrat kamarini beliga bog’lab,
O’zidan kattaroq cho’pni ortmoqlab,
Manzilga tez yetmoq yolg’iz hayoli-
So’qmoq yo’ldan borar chumoli

Atrofiga boqmas, ishlar uzun kun,
Ko’pning xirmoniga qo’shmoq uchun  don….
Yo’q, Odam ajdodi bo’lmagan maymun,
Chumolidan tarqalgan inson.

THE ANT

Taking the belt of ardour around waist,
Pulling a stick much bigger than itself,
Getting to the destination is the only dream-
Goes off the path, an ant quickly moving.

It doesn’t look around, works the whole day,
Hoping to add some corn to the crop….
No, the humans  ancestor has not been a monkey,
The human has been spread  from the ant, indeed.

♻️Tarjima muallifi
Sarvinoz Xudoyberdiyeva
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yil_shukuhi
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🎄Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yangi yil shukuhi

🎊Ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan bayram archasi hamda maktabimizdagi barcha o’quv xonalari bayramona tarzda bezatildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting

https://t.iss.one/ima_myim
#Xushxabar
#Bizning_shunday_o'quvchilarimiz_bor

🔰Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarini saralab olindi.

❇️Quvonarli tarafi “ZIYOLILAR SCHOOL” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o‘quvchilar ichida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 2 nafar o‘quvchisi borligidir.

🔷Abdujalilova Ziyoda -11-sinf o‘quvchisi
🔷Muhammadshokirova Ziyoda - 10-sinf o‘quvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting

https://t.iss.one/ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat_final_time
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Zakovat bilimdonlari barchangizni 🏆"Direktor kubogi" uchun bo'lib o'tadigan yakuniy final o'yinlariga taklif qilamiz.

Ushbu final o'yinlarida ijod maktabining o‘quvchilaridan tarkib topgan 8 ta jamoa bellashadi.

❇️Unutilmas hayajonli daqiqalarni o'tkazib yubormang!!!

👇Bizni kuzatishda davom eting.

👉https://t.iss.one/ima_myim
Onaizor

Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo'lsam bir kun ahir tildan ham...
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham ---
Onam yig'lar, onam yig'lar onam u...

Sig'may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo'lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona ---
Onam yig'lar onam yig'lar, onam u...

Tonar bo'lsa qo'limdagi tor, dunyo,
Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor, dunyo.
Yeru ko'kni titratib zor-zor, dunyo ---
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u...

Gulday kulib yurmasmidi o'g'lim deb,
Ko'rib ko'ngli to'lmasmidi, o'g'lim deb
Onang o'lsa bo'lmasmidi o'g'lim, deb
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u...

Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham.
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham ---
Onam yig'lar onam yig'lar, onam u...

Muhammad Yusuf

O‘zbekiston xalq shoiri

👇Bizni kuzatishda davom eting.

👉https://t.iss.one/ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Prezident “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi adolatdan bo‘lishini ta’kidladi.

Shu maqsadda milliy sertifikatga ega bo‘lgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga kelgusi o‘quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to‘lanadi.

O‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube