Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
870 subscribers
8.4K photos
869 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
#Asar_tahlili
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida kitobxonlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugungi mutolaa soatida ijod maktabining 7 sinf o‘quvchilari Erkin Malikning "Shaytonvachchaning nayranglari" asari yuzasidan savol-javoblar asosida muzokaralar o‘tkazdilar
#bizni_shunday_o‘quvchilarimiz_bor
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Qunduzoy Mamasoliyeva "Yosh kitobxon" tanlovining 10-14 yosh doirasida Andijon viloyati bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

❇️Qunduzoy Mamasoliyevaga "Yosh kitobxon" tanlovining Respublika bosqichida ham munosib ishtirok etib, maktabimiz va viloyatimiz sharafini himoya qilishida omad va zafarlar tilab qolamiz.
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#Ona_tili_va_adabiyot
#milliy_sertifikat

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 3 nafar ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi hamda 10 nafar o‘quvchisi Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritishdi.

Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari

🔹Sattarov Abdumajid - 87.1 ball
🔹Abdusalomova Durdonaxon - 78.3 ball
🔹Qurbonova Nazokatxon - 60.8 ball

11-sinf o‘quvchilari

🔹Ahmadullayeva Shahnozabonu - 84.5 bal
🔹Rafikova Mahfuzaxon - 73.8 ball
🔹Lutfullayeva Vaziraxon - 70.5 ball
🔹Abdullayeva Mohinur - 62.2 ball
🔹Aliqulova Gulbadanbegim - 61.8 ball
🔹Rahmatullayeva Odina - 61.4 ball
🔹Muhiddinova Xadichaxon - 60.5 ball

10-sinf o‘quvchilari

🔹Mahammatshokirova Ziyodaxon - 79 ball
🔹Oribjonova Madinabonu - 64.9 ball
🔹Ravshanbekova Layloxon - 63.8 ball

👉https://t.iss.one/ima_myim
Yolg'onchi yor.

Yolg'onchi yor, yolg'onlaring tugar qachon,
Yolg'on yig'lab, kuyganlaring tugar qachon,
Qachon menga bir iltifot aylagaysan,
Yolg'onchi yor, yolg'onlaring tugar qachon?..

Majnun bo'ldim sahrolarda bir soya yo'q,
Menga oftob -- qaroqchidan himoya yo'q,
O'ngimda cho'g', so'limda so'g' ko'nglimda cho'g'.
Jonim sayyod qo'lidagi jayron-jayron,
Yolg'onchi yor, yolg'onlaring tugar qachon?..

Uzun tunlar bekorga men to'lg'onmasman,
Parizodim, seni sevdim, hech tonmasman,
Ming bir kecha ertaging ayt -- ishonmasman,
Ishonmay ham ko'zimda yosh marjon-marjon,
Yolg'onchi yor, yolg'onlar tugar qachon?

Jannat ishvasiga uchib kim chopmagan,
Taqdir mening peshonamga qil yopmagan,
Noshud qulman chaman kezib gul topmagan,
O'z holimga endi o'zim hayron-hayron,
Yolg'onchi yor yolg'onlaring tugar qachon?..

Tushunmadim muhabbatning shevasiga,
Ko'ngil berdim senday qizning nimasiga,
Nega mindim omonat ishq kemasiga,
O'z umrimni o'zim qildim vayron-vayron,
Yolg'onchi yor yolg'onlaring tugar qachon!..

   
Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
#yongin_havfsizligi_oyligi
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

♻️Barchamizga ma’lumki, respublikamizda 2023-yil 15-noyabr kunidan - 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilindi. Mazkur oylik doirasida soha mutaxassislari tomonidan ijtimoiy soha obe’ektlarida fuqarolar va keng jamoatchilik ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz va havo aralashmasidan yuzaga kelishi xavfi bo‘lgan chaqnashlar, fuqarolarimizni is gazidan zaharlanishini va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan turli uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va yong‘in-taktik o‘quv mashq va mashg‘ulotlari samarali o‘tkazilib kelinmoqda.

🔰Jumladan, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Andijon shaxar yong‘in xavfsizligi bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga soha mutaxassislari tomonidan yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalari, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga jiddiy xavf solib kelayotgan iz gazidan zaharlanish va uning salbiy oqibatlari xususida ham batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanishni amaliy tarzda ko‘rsatildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
#badiiy_tarjima

Zulayho ERGASHALIYEVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Tong lavhasi

Erkin Vohidov
O'zbekiston Qahramoni,
xalq shoiri

Ufqlarga qo’yib guldasta,
Tog’ ortidan ko’tardi-da bosh,
Pastga boqdi cho’qqidan asta
Oltin qalam tutgan bir naqqosh.

Har nuqtaga sayqal berib u,
Vodiy uzra chizdi zar lavha.
So’ng Quyosh deb imzo chekdi-yu,
Tongotar deb qo’ydi sarlavha.

A Scene of Down

Putting a bouquet on the horizon,
Heads up behind the proud mountains.
Then looked down slowly holding on,
A golden pencil, a painter stands.

He colours every paint with trimming,
Oh, Scene above the valley is drawn.
"The Sun" he signs - a touch of finishing,
Then gives a title "An Early Dawn"
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi matematika va kimyo fani o'qituvchilari o'rtasida ikki bosqichli olimpiada o'tkazilmoqda. Olimpiadaning Andijon viloyati hududiy bosqichidan lavhalar.

Mazkur olimpiada gʻoliblari 2024-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilishadi.

Olimpiadada ishtirok qilayotgan barcha ustozlarimizga omad tilab qolamiz.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

https://t.iss.one/and_vxtb
https://t.iss.one/ima_andijan