Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
889 subscribers
8.13K photos
860 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

Agentlik tizimidagi ijod maktabi o‘quvchilari ham xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishmoqda.

🔰Hususan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining yana 4 nafar o‘quvchilari ingiliz tili fani bo‘yicha halqaro til bilish darajasini qo‘lga kiritdi. Jumladan:

10-sinf

🔹 Kenjayeva Go‘zaloy - 8 ball

11- sinf

🔹 Odiljonova Muslima - 7 ball
🔹 Tohirova O‘g‘iloy - 6.5 ball
🔹 Muhammadjonova Nodira - 6.5 ball

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
@ima_myim
Diqqat_tanlov!

📣📣 Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UCH O‘GʻIL VA BIR QIZ QISSASI

Mo‘min cholning uch o‘g‘il,
Yolg‘iz qizi bor edi.
Tuhfa edi taqdirdan,
Kampirdan yodgor edi.

Qiz ertaga egasi
Olib ketar ko‘chday gap.
Yurt kezardi chol bu kun,
Kenjaga kelin izlab.

Qariganda to‘rt tomon
Zir chopish qiyin ekan.
O‘g‘ling qaysar bo‘lsa goh,
Qiz topish qiyin ekan.

Kampir tirik bo‘lganda
Kamayardi zahmati.
Tili shirin, gapga xo‘b
Chechan edi rahmatli.

To‘y – bir kunlik. Pul nima,
Azizmidi jonidan,
Mo‘min ozroq pul oldi
Eski qadrdonidan.

Beka bo‘ldi tovusday,
Kenja o‘g‘il qallig‘i.
Kelin emas, Xudoning
Bergan oltin balig‘i.

Bir kechaning izohi –
Yarmi quvonch, yarmi g‘am.
Eh, qaniydi, shu kunni
Ko‘rganida kampir ham.

Hayot har o‘yiniga
O‘zi topar ta’rifin:
Og‘zi oshga yetganda
Burni qonar g‘aribning.

To‘y o‘tdi-yu to‘shakka
Yotib qoldi Mo‘min chol.
Juda og‘ir hasratga
Botib qoldi Mo‘min chol.

Ajal ostona uzra
Turar ekan suzilib,
Yolg‘iz qizi qismatin
O‘ylardi u ezilib.

Jon degani omonat
Odam Ato o‘g‘liga –
Mo‘min o‘ldi. Tumonat
El yig‘ildi hovliga.

Marhum qanday zot edi? –
Udumda bor bu savol.
Halol edi, dedilar,
Halol edi Mo‘min chol.

El chayqalib, yelkaga
Tobutni ortgan oni,
Ozroqqina qarzini
Eslatdi qadrdoni.

Muslimga omonatdan
Ulug‘ farzi ado yo‘q.
Xaloyiq lol. Bu ne hol –
Uch o‘g‘ildan sado yo‘q.

Uch pahlavon uch pari –
Paykarga qul edilar.
Otamning bunday do‘stin
Tanimaymiz, dedilar.

Qiz-ku erta egasi
Olib ketar ko‘chday gap.
Ammo bu kun davraga
Otildi u qon yig‘lab.

Ayting, dedi, bas qilsin
Akalarim arzini.
Bo‘y yetgan kun to‘layman
Men otamning qarzini.

Ravo topsa u kimni,
Bosh qo‘yaman ko‘ksiga.
Qarz o‘rniga qalinim
Tegsin otam do‘stiga!

Xaloyiq lol. Bu ne hol,
Bu ne savdo, yoronlar –
Otasidan oldinroq
O‘lar bo‘ldi o‘g‘lonlar!

Rivoyatmas aytganim,
Hikmat bo‘lmas yolg‘onda.
Bu voqea ro‘y berdi
Shu kunda, shu zamonda.

Qarzdan kechib ketsa ham,
Ota do‘sti hayratda.
Uch o‘g‘ilni qishloqdan
Haydadilar, albatta.

Qiz-chi, dersiz, qiz hayot,
Yashar ota makonda.
Chunki unga munosib
Yigit yo‘q bu jahonda.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
ЎзАС_37-сон.pdf
1.3 MB
«O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» газетасининг 2023 йил 22 сентябрь кунги 37-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Ушбу pdf файл таҳририят томонидан тақдим этилди.

Мутолаа энг севимли машғулотингизга айлансин!

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi
#Adabiyot_qalbni_tarbiyalaydi
#Muhammad_Yusuf_ijod_maktabi

📖 Insonda  yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda adabiyotning imkoniyati katta.  Bu borada Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Kutubxona - ikkinchi oilam” klubi rejasidan o’rin olgan   “Adabiyot  qalbni tarbiyalaydi” mavzusidagi  suhbat  o‘tkazildi.        O’quvchilarning adabiyot, she’riyat haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashildi.

📚Tadbir doirasida viloyat axborot-kutubxona markazi  jamgarmasiga yangi kelgan “Turkiy adabiyot durdonalari” to‘plamlari o‘qishga tavsiya etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarorida umumtaʼlim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiada davlat va nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida respublika miqyosida tizimli ravishda har yili tashkil etilishi hamda asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi sentabr oyida o‘tkazilishi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi o‘tkazildi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining "Muhammad Yusuf izdoshlari" jamoasi ham ishtirok etib, yuqori natijalatni qo‘lga kiritdi.

https://t.iss.one/ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1_oktabr
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Ixtososlashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari