Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
886 subscribers
8.5K photos
879 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
#Иштирокчилар_билан_таништирамиз
#Samarqand_2023

⚡️TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI TA'LIM VAZIRLARI SAMARQANDDA UCHRASHADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilning 13-14-IYUN kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar ta'lim vazirlarining VII yig'ilishi tashkil etilmoqda.

✔️ Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad –Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo mamlakatlari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat.

📍Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston ta’lim vazirlari va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti maslahatchisining ishtirok etishi kutilmoqda.
________

📣 EDUCATION MINISTERS OF THE ORGANIZATION OF TURKIC STATES WILL MEET IN SAMARKAND!

The VII meeting of education ministers of the member-states of Organization of Turkic States is being organized by the Ministry of Preschool and School Education on June 13-14 this year in Samarkand.

✔️ The goal of this event is to expand cooperation in the field of education and determine common priority tasks among the member countries of the Organization of Turkic States.

The ministers of education of Uzbekistan, Turkiye, Kyrgyzstan, Azerbaijan, Kazakhstan and the Secretary General of the Organization of Turkic States and Adviser to the President of the International Turkish Academy are expected to participate in this prestigious event.

Vazirlikning
rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
22-son 2023 УзАС.pdf
4 MB
«O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» газетасининг 2023 йил 9 июнь кунги 22-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Ушбу pdf файл таҳририят томонидан тақдим этилди.

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish
👇👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi
SAID AHMAD

Yil boshatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni,
Farishtalar aylar parvarish.

Chorbog kezar chol mayus ammo,
Nimanidir qumsab, axtarib.
Qaylardasiz, Saida momo,
Sizsiz bu kun boglar ham garib!..

Yolaklarda erga egilar,
Suvlar tinib qolar sukutda.
Saidani sorab behilar,
Yiglab yotar er bilan bitta.

Ketar keyin dardi bir tugun,
Yiglay desa tushunmas daha.
Kulay desa ozidan oldin,
Ajinlari otar qah-qaha.

Boshiga tosh yogilsa agar,
Bildirmaydi bu metin odam.
Hamma hursand, ozi zerikar,
Latifalar aytganida ham...

Yil boshatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni,
Farishtalar aylar parvarish:

U jilmayar ko`zda yosh qalqib,
Shivirlaydi lablari besas:
Saidadir farishta balki,
Farishtalar Saida emas!

Muhammad YUSUF
O‘zbekiston xalq shoiri
10 июнь – Саид Аҳмад туғилган кун

Саид Аҳмад (Ҳасанхўжаев Саидаҳмад) 1920 йил 10 июнда Тошкент шаҳрида туғилган. 1968 йилда Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, 1980 йилда Ўзбекистон халқ ёзувчиси, 1996 йилда “Дўстлик”, 1997 йилда “Буюк хизматлари учун” орденлари, 1999 йилда Ўзбекистон Қаҳрамони юксак унвони билан мукофотланган.
1940 йилда биринчи ҳикоялар тўплами — “Тортиқ” нашрдан чиққан. Ижодининг каттагина қисми ҳажвий-юмористик ҳикоялар, қиссалар, комедиялардан иборат. У “Эр юрак”, “Фарғона ҳикоялари”, “Чўл бургути”, “Чўл оқшомлари”, “Одам ва бўрон”, “Йўқотганларим ва топганларим”, “Қоракўз мажнун”, “Киприкда қолган тонг” каби асарлар муаллифи.
Саид Аҳмаднинг “Уфқ” трилогияси, “Жимжитлик” романи, “Хандон писта”, “Бир ўпичнинг баҳоси” ҳажвий тўпламлари, 3 жилдли “Танланган асарлар”и чоп этилган. Унинг юмористик маҳорати “Келинлар қўзғолони”, “Куёв” комедияларида ёрқин намоён бўлган.
Адиб 2007 йил 5 декабрда Тошкент шаҳрида вафот этган.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
Forwarded from Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi (Sardor Sirojiddin)
#ijod_maktablari
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga belgilangan kvota doirasida 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;
Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari;

🔹 Imtihon bosqichlari.

Ona tili va adabiyot yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

☎️Murojaat uchun telefonlar
906266881
916026244
ЮЛДУЗИМ

Яна сенга тушдию кўзим,
Яна дардим туғилди янги.
Бир пайтлар эдинг юлдузим,
Энди кимга юлдузсан жоним.

Ишонмасдим ҳеч кимга сани,
Асрар эдим бегона кўздан.
Ким ўйлабди ўшанда мани,
Ажралар деб сандек юлдуздан.

Фақат қолиб ширин хотира,
Сандек қизни севганим қолди.
Эслаганда кўтариб фарёд,
Алам билан ёнганим қолди.

Яна сенга тушдию кўзим,
Яна дардим туғилди янги.
Бир вақтлар эдинг юлдузим,
Энди кимга юлдузсан жоним.

© Абдулла Орипов
Ўзбекистон Қаҳрамони, халқ шоири
#ijod_maktabi
#Ona_tili_va_adabiyot
#milliy_sertifikat

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 14 nafar o‘quvchisi Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritishdi:

11-sinf

- Anorboyeva Dildoraxon Doniyorbek qizi - 88.1%
- Ortiqaliyeva Ruxshona Rustamjon qizi -81.5%
- Davronbekova Gulchiroy Sherzodbek qizi - 79.9%
- No'monjonova Muslimaxon G'ulomjon qizi - 79.1%
- Sotiboldiyeva Zohidaxon Raxmatullo qizi - 75.3%
- Raxmidinova Madina Muxammadsiddiq qizi - 62.2%

10-sinf

- Axmadjonova Durdonaxon Dilshodbek qizi - 76%
- Rafiqova Mahfuzaxon Uvays qizi 74.5%
- Abdunabiyeva Baxoroy Ikromjon qizi - 71.7%
- Muhiddinova Xadichaxon Baxtiyor qizi - 65.7%
- Aliqulova Gulbadanbegim Yodgorbek qizi - 64.1%
- Raxmatulayeva Odinaxon Boxodirjon qizi - 60.4%

9-sinf

- Oribjonova Madinabonu Nurmuhammad qizi - 70.2%
- O'rmonbekova Gulsanam Ozodbek qizi - 69.2%
​​Аёлга гул беринг

Аёлга гул беринг, шундай гулларки,
Эркак юрагидан унган гулларни.
Аёлга гул беринг, шундай гулларки,
Эркакнинг меҳридан унган гулларни.

Азизам, онам денг, эъзозга ўранг,
Кўзингизга суртиб этакларини.
Мана шу ҳазрати аёл улғайтган,
Дунёнинг ҳазрати эркакларини.

Балои ишқ дашти биёбонида
Бағри тилинмаган аёл бормикин?
Тақдирнинг бешафқат тошбўронида
Юраги синмаган аёл бормикин?

Аёлга гул беринг, шундай гулларки,
Эркак бардошидан унган гулларни,
Аёлга гул беринг, шундай гулларки,
Эркак кўз ёшидан унган гулларни.

Ҳар битта эркакнинг умр йўлида
Балодан қутқариб қолган аёл бор.
Аждарнинг оғзидан, жар ёқасидан,
Сочи-ла, суғириб олган аёл бор.

Аёлга гул беринг, шундай гулларки,
Эркак қувончидан унган гулларни.
Аёлга гул беринг, мард эpкакларнинг,
Рашкидан, қизғончидан унган гулларни.

Аёлни, ватанни севган насллар,
Асрлар қаъридан этади огоҳ,
Аёлни алдамоқ, онани сотмоқ,
Ватанни сотмоқдек энг оғир гуноҳ.

Аёлга гул беринг, шундай гулларки,
Эркак нафасидан унган гулларни.
Ҳайқириқ, бақириқ, чақриғимас,
Шивиридан, сасидан унган гулларни.

У сизни кечирар мунису муштоқ,
У сизни оқлайди, сиз оппоқ, оппоқ.
Эвазига эса сиздан кутгани,
Тушунмоқ, тушунмоқ, тушунмоқ.

Аёлга гул беринг, шундай гулларки,
Эркак юрагидан унган гулларни.

Зулфия Мўминова, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоира

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#TDT

📍 Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari yig’ilishi davom etmoqda.

❗️ Yig’ilish doirasida bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:

✔️ Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,
✔️ Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari
Firudin Gurbanov,
✔️ Turkiya delegatsiyasi rahbari Nazif Yilmaz
bilan uchrashib, o‘zaro muzokaralar olib bordi.

Shuningdek, tadbir doirasida ta’lim vazirliklari mas’ul ishchi guruhlarining yig’ilishi ham bo’lib o’tdi.

✔️Unda TDT, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ta’lim vazirliklari ishchi guruhlari tomonidan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 14-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TDT

⚡️ Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari VII yig’ilishi bo’lib o’tmoqda

Tadbirni kirish so’zi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi:

- Turkiy davlat tashkilotiga a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar 2012-yildan buyon doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda va katta ahamiyatga ega.

Zero, oldimizda turgan masalaga yechimlarni topish, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish va turkiy olamning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish faqatgina hamkorlik orqali amalga oshadi.

Shubhasiz, Turkiy svilizatsiyaning yuksalishidagi asosiy yo‘nalish ham ilm-fandir. Bugungi yig‘ilish turkiy davlatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman.

Shundan so‘ng, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev so’zga chiqib, O‘zbekistonda ta'limga katta e'tibor qaratilayotganini e'tirof etdi:

- Kecha Samarqandda joylashgan ta'lim muassasalarida ham bo'ldik. Ularning har biri bizda ulkan taassurot qoldirdi. Birgina Prezident maktablari g'oyasini alohida ta'kidlab o'tish joiz. O'tgan 4 yil davomida bu maktablar ko'rsatayotgan natijalar O'zbekiston ta'lim tizimining naqadar yuqori ko'rsatkichlar qayd etayotganligini ko'rsatib turibdi.
_____
❗️ Yig‘ilish doirasida ko'p tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid loyiha hamda tashabbuslar muhokama qilindi. Unda O'zbekiston tomoni:

✔️Maktabgacha ta'lim sohasida UNESCOning Toshkent deklaratsiyasi ijrosini hamjihatlikda amalga oshirish,
✔️ qardosh maktablar hamkorlik dasturini yanada rivojlantirish,
✔️ Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Xalqaro Al-Xorazmiy yosh matematiklar olimpiadasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish bo'yicha takliflar kiritdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM