Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.12K subscribers
10.2K photos
976 videos
53 files
2.12K links
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Сингапур Республикаси Президенти Ҳалима Яқуб давлат ташрифи билан мамлакатимизга келди.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в нашу страну прибыла с государственным визитом Президент Республики Сингапур Халима Якуб.

#Mirziyoyev #tashrif #Singapur #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Matbuot_anjumani
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limlari bilan hamkorlikda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “2023-2024 o‘quv yili yuzasidan ijod maktabiga qabul: imtihonlar, qabul kvotasi va tayyorgarlik jarayonlari” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

📽Viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar ishtirok etgan matbuot anjumanida ijod maktabi rahbatiyati tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan to‘liq tushuncha berildi.

👉@ima_myim
Умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига табрик

Поздравление выпускникам общеобразовательных школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Maktablarimizning aziz bitiruvchilari!

Sizlarni maktablarimizni muvaffaqiyatli tamomlab, begʻubor oʻquvchilik yillaringizni ortda qoldirib mustaqil hayot sari ilk qadam tashlayotganingiz bilan chin dildan tabriklayman.

Mustaqil hayot goʻzal va jozibali, albatta. Shu bilan bir qatorda sizdan katta masʼuliyat va ulkan shijoat ham talab etadi. Ishonamanki, jonajon maktablaringizda mehribon ustoz-murabbiylaringizdan olgan taʼlim-tarbiyangiz hayot yoʻllaringizni oʻchmas mashʼala misol hamisha yoritib turadi.

Maktabni tamomlamasdan turib Garvard, Chicago, California, Pennsylvania, Cardiff, Arizona, Nottingham kabi dunyoning nufuzli Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinganingiz bilan tabriklayman.

Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni joriy yilda 4293 nafar yigit-qizlarimiz tamomlamoqda. Prezidentimiz aytganlaridek, sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi Oʻzbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

Qadrli oʻqituvchi va ustozlarimiz!

Shunday hayajonli daqiqalarda Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, har bir oʻquvchini oʻz farzandingizday bilib ularga bilim berganingizni alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman.

Muhtaram muallim va murabbiylar Sizlarning zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, oʻz ustingizda tinimsiz mehnat qilayotganingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻquvchilarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Aziz oʻquvchilar!

“Soʻngi qoʻngʻiroq” sadolarini katta hayotga kirish uchun chalingan bong deb qabul qiling.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar.

Oʻrganish va izlanishdan aslo charchamang!

Barchangizga oʻqish va ishlaringizda omad tilayman.

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
agentligi direktori
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#so‘nggi_qo‘ng‘iroq

🔔Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bitiruvchi sinflar uchun "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri o‘tkazildi.

❇️Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari, shoira Xurshida Vahobjon qizi, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatovalar so‘z olib bitiruvchilarga oq yo‘l tiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

🔰O‘quy yilini muvaffaqiyatli tamomlagan va alohida yutuqlarga erishgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari ijod maktabi rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.