Portret
Gulmi? Guldan goʻzalim,
Goʻzallikda aslida
Mingta guldan oʻzarim.
Kel yonimga, shodon qil,
Ichimdagi iblisni.
Visoling parchalasin,
Jilovlanmagan hirsni.
Toʻyay koʻz qaroshingga,
Tunlar bedor soʻz bilan
Jang qilgan, qalam titib
Tashlagan qoʻllar bilan,
Silay qaro qoshingni.
Uvvos solgum sen ketsang,
Oshigʻing qalbi yaro.
Huddi mendek uvvillar,
Boʻrilar, bahtiqaro.
Odammisan, yo malak,
Pari, jodugar, afsun?
Chehrang - nafis kamalak,
Koʻzlaringda bor quyun.
Kel, kelaqol, qarshingda,
Roziman, choʻkaman tiz.
Ey muzeyda koʻrganim,
Surat ichindagi qiz.
✍️Akmaljon Abdurahmonov
Muhammad Yusuf ijod maktabi 11-sinf oʻquvchisi, "Mard oʻgʻlon" davlat mukofoti sohibi

* * *
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Tag'in bir zum turaylik,
Gapirmayman, uyalsang...
So'ng ketarmiz. Sezdimki
Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdim-ki
Qo'lingdan ham tutmadim.
Qo'ling... sening qo'llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo'llarim,
Sevar yorim, yaxshi qol.
Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutgayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Kel, ko'rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Tag'in bir zum turaylik,
Gapirmayman, uyalsang...
So'ng ketarmiz. Sezdimki
Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdim-ki
Qo'lingdan ham tutmadim.
Qo'ling... sening qo'llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo'llarim,
Sevar yorim, yaxshi qol.
Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutgayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Kel, ko'rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
#ota_onalar_ishtirokida_tadbir
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchi yoshlarning ota-onalari va oila a'zolari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy hamda adabiy tadbirlar o‘tkazildi.
✅Ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova so‘z olib, yig‘ilganlarga ijod maktabida o‘tgan o‘quv yili mobaynida o‘quvchilarning erishgan yutuqlari va faoliyati, ijodiy ishlari borasida so‘z yuritdi. O‘quvchi yoshlarning uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha tahliliy-tanqidiy natijalari, odob-ahloq masalalari ham muhokoma qilindi.
🔆Yig‘ilganlar ishtirokida ijod maktabi o‘quvchilari uchun yo‘lda qo‘yilgan Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi a'zolari tomonidan Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarining audio va video kitobi hamda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "Ijod bog‘idan guldasta" nomli 3-kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
♻️Tadbir so‘ngida tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh o‘quvchilarning ota-onalariga maktab ma'muriyati tomonidan tashakkurnomalar bildirildi.