Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.03K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
#Yosh_ijodkorlar_seminari
#Zomin_2023

Andijonlik ijodkor yoshlar diqqatiga

Respublika yosh ijodkorlarining ZOMIN-2023 seminari hududiy bosqichiga hujjatlar qabuli boshlandi.

Yosh ijodkorlarning Zomin 2023 yil seminarining hududiy saralash bosqichida ishtirok etish uchun hujjatlaringizni joriy yilning 10 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limiga topshirishingiz so‘raladi.

Hujjat topshirayotgan ijodkor 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, muqaddam mazkur seminarlarda ishtirok etmagan bo‘lishi talab etiladi.

🗓Hujjatlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:

1. Nazm
2. Nasr
3. Badiy publitsistika
4. Bolalar adabiyoti
5. Badiiy tarjima
6. Adabiyotshunoslik
7. Dramaturgiya

📋HUJJATLAR:

1. Nomzodning pasport nusxasi
2. Qisqacha tarjimai holi
3. Ma’lumotnoma (obevtivka)
4. 3/4 va 9/6 hajmdagi fotosurati
5. 10-15 sahifadan kam bo‘lmagan ijodiy ishlari

Biz bilan bog‘lanish: 👇
📲+998916026244
@sardor_sirojiddin
#audio_va_video_kitob
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun yo‘lda qo‘yilgan Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi a'zolari tomonidan Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarining audio va video kitobi tayyorlandi.

Ushbu audio va video asarda ko‘rsatilgan QR kodlarini telefon orqali sikayner qilib yo‘nalingan silka bilan ijodkor o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan asarning ham audio shaklini, ham video shaklini ko‘rib eshitish mumkin.
#audio_va_video_kitob
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#taqdimot

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun yo‘lda qo‘yilgan Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi a'zolari tomonidan Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarining audio va video kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari ishtirok etgan tadbirda ijodkor o‘quvchilar tomonidan yaratilgan audio va video asar namoyish etildi.
Portret

Gulmi? Guldan goʻzalim,
Goʻzallikda aslida
Mingta guldan oʻzarim.
Kel yonimga, shodon qil,
Ichimdagi iblisni.
Visoling parchalasin,
Jilovlanmagan hirsni.

Toʻyay koʻz qaroshingga,
Tunlar bedor soʻz bilan
Jang qilgan, qalam titib
Tashlagan qoʻllar bilan,
Silay qaro qoshingni.

Uvvos solgum sen ketsang,
Oshigʻing qalbi yaro.
Huddi mendek uvvillar,
Boʻrilar, bahtiqaro.

Odammisan, yo malak,
Pari, jodugar, afsun?
Chehrang - nafis kamalak,
Koʻzlaringda bor quyun.

Kel, kelaqol, qarshingda,
Roziman, choʻkaman tiz.
Ey muzeyda koʻrganim,
Surat ichindagi qiz.

✍️Akmaljon Abdurahmonov
Muhammad Yusuf ijod maktabi 11-sinf oʻquvchisi, "Mard oʻgʻlon" davlat mukofoti sohibi
* * *

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Tag'in bir zum turaylik,
Gapirmayman, uyalsang...

So'ng ketarmiz. Sezdimki
Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdim-ki
Qo'lingdan ham tutmadim.

Qo'ling... sening qo'llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo'llarim,
Sevar yorim, yaxshi qol.

Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutgayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Kel, ko'rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
#ota_onalar_ishtirokida_tadbir
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchi yoshlarning ota-onalari va oila a'zolari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy hamda adabiy tadbirlar o‘tkazildi.

Ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova so‘z olib, yig‘ilganlarga ijod maktabida o‘tgan o‘quv yili mobaynida o‘quvchilarning erishgan yutuqlari va faoliyati, ijodiy ishlari borasida so‘z yuritdi. O‘quvchi yoshlarning uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha tahliliy-tanqidiy natijalari, odob-ahloq masalalari ham muhokoma qilindi.

🔆Yig‘ilganlar ishtirokida ijod maktabi o‘quvchilari uchun yo‘lda qo‘yilgan Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi a'zolari tomonidan Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarining audio va video kitobi hamda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "Ijod bog‘idan guldasta" nomli 3-kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

♻️Tadbir so‘ngida tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh o‘quvchilarning ota-onalariga maktab ma'muriyati tomonidan tashakkurnomalar bildirildi.