Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
880 subscribers
8.47K photos
873 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarini baholash agentligi tomonidan umumta'lim fanini bilish darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan imtixon natijalari e'lon qilindi.

O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha sertifikatni qo‘lga kiritgan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari borligi tahsinga sazovordir.

Veb-sayt: www.mymaktab.uz
Facebook: https://www.facebook.com/muhammadyusuf.ijodmaktabi
Instagram:
https://instagram.com/m_yusuf_ijod_maktabi
Telegram: @ima_myim
​​​​Абдулла Орипов, Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири

СЕН БАҲОРНИ СОҒИНМАДИНГМИ?

Уйғонгувчи боғларни кездим,
Топай дедим қирдан изингни.
Ёноғингдан ранг олган дедим —
Лолазорга бурдим юзимни,
Учратмадим аммо ўзингни,
— Сен баҳорни соғинмадингми?

Узоқларда залворли тоғлар
Хаёлимни келдилар босиб.
Кечди қанча интизор чоғлар,
Васлинг менга бўлмади насиб,
Сенсиз мен ҳам, баҳор ҳам ғариб,
— Сен баҳорни соғинмадингми?

Ўнгирларда сакрайди оҳу,
Наъматакда саъва миттижон.
Қорликлардан сипқарилган сув,
Дараларда уради жавлон.
Нигоҳимдан фақат сен пинҳон,
— Сен баҳорни соғинмадингми?

Мана, бугун наврўзи олам,
Дўстларимга гуллар тутарман.
Қайлардасан, севгили эркам...
Қўлимда гул, сени кутарман,
Умрим бўйи чорлаб ўтарман,
— Сен баҳорни соғинмадингми?

1963
👉 BAHOR KELMISh

Tomingizda shivir-shivir, shitir-shitir,
Bu — bahorning qadamlarin tovushidir.
So'ridagi puch yong'oqning po'choqlari
Qay qarg'aning qolib ketgan kovushidir.
Ranglar kirar endi g'amgin o'yingizga,
Tomingizdan bahor kelmish uyingizga.

Yomg'ir yuvgan yulduzlar ham qandoq go'zal,
Yoringizning ko'zlari ham andoq go'zal,
Qadrin biling bu damlarning, qaytib yana
Bundoq fasl topolmaysiz, bundoq go'zal.
Qarang, bahor kelmish oshiq ko'nglingizga,
Gul o'lchaydi qarab qaddu bo'yingizga.

Ey sen mening shaharlik oq turnaginam,
Yarim kun ham sen yonimda turmading ham.
Qish o'rtasi nogoh bahor keldi desam,
Zulflaringning atri ekan keyin bilsam.
Men jon beray islaringiz, bo'yingizga,
Bahor bilan sening ifor to'yingizga.

Hijronlarga to'liq she'riy daftarimni
Sen varaqlab, shamol, meni axtardingmi?
Bir boychechak, bir qalamqosh qaldirg'ochga
Almashdim men bor alam, bor dardlarimni.
She'rlarim-ay, armonlarim o'zingizga,
Bahor kelmish bugun ko'cha-ko'yingizga.

Qanday o'g'il bo'ldim sizga, qanday jigar,
Mendan avval bahor sizdan olmish xabar.
Maysa bo'lib ko'karib ham, ota, yana
Menga taskin bermoqdasiz bu tong sahar.
Bahor kelmish mangu sukut ko'yingizga,
Har bir maysa o'xshar so'zu o'yingizga.

Bahor kelmish, qutlug' bo'lsin hammangizga!
Umr bersin bobongiz ham momongizga.
Bahor axir qancha shodlik, shukronalik
Keltirgusi xolangiz ham ammangizga.
Qancha sevinch gulday qizu o'g'lingizga,
Qancha qo'zi olib kelar qo'yingizga.

Ko'klardagi to'lin-to'lin oyday Vatan,
Osmon desam, toshqin-toshqin soyday Vatan.
Vatan desam, ko'z oldimga onam kelgan,
Onam desam, nigohimda paydo Vatan,
Bahor kelmish yana rizqu ro'zingizga,
Dog' tushmasin hargiz rangu ro'yingizga.

Sirojiddin Sayyid
O'zbekiston xalq shoiri
MUHAMMAD YUSUF XOTIRASIGA
MUHAMMAD YUSUF XOTIRASIGA
Bahor kelyapti

O'lmasbek Samarqandiy
#diagnostik_test
#IMuhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Bilim va malakalarni baholash markazi Andijon viloyati bo'limi bilan hamkorlikda bitiruvchilarning tanlagan kasblari bo‘yicha ixtisoslik fanlaridan navbatdagi diagnostik test imtihoni o‘tkazildi.

🔷Sinfga biriktirilgan nazoratchilar nazorati ostida olingan test sinovlari bitiruvcholarni oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish jarayonlariga ko‘nikma hosil qildi.
#Zulfiyaxonim_izdoshlari
#Muhammad_Yusuf_ijod_maktabi

❇️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida sadoqat va vafo kuychisi Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bagʻishlangan "Zulfiyaxonim izdoshlari" tanlovi tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, ijodkor yoshlar ishtirok etdi

♻️ Tanlovda Asaka tumanidagi 6- umumiy o‘rta ta'lim maktabining o'quvchi qizlari hamda ijod maktabining o'quvchi qizlari adabiyot, san'at, ta'lim, madaniyat, sport yo'nalishlari bo'yicha o'zaro bellashdilar.

❇️Tanlov yakunida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining direktori Shohistaxon Nurmatova so‘z olib, tanlov ishtirokchilarini faxriy yorliq va badiiy adabiyotlar bilan taqdirladi.
#Йўриқнома

📣 Hurmatli ota-onalar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan zilzila paytida amal qilish lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar taqdim etilmoqda.

Unda yer qimirlagan vaqtda bino ichida/ko’chada bo‘lganda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi tushuntirib berilgan.

❗️Yo‘riqnomani farzandingiz bilan o‘qib chiqing va birgalikda muhokama qiling.

Unutmang, favqulodda vaziyatlar va unda o‘zingizni qanday tutishingiz lozimligi haqidagi bilimlar o‘zingiz va yaqinlaringizga asqatishi mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram