Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
902 subscribers
8.85K photos
912 videos
50 files
1.92K links
Download Telegram
5-son 2023 УзАС.pdf
1.1 MB
«O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» газетасининг 2023 йил 10 февраль кунги 5-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Ушбу pdf файл таҳририят томонидан тақдим этилди.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi

👨‍⚕️ Salomatligingizga e'tiborli bo‘ling!
6-son 2023 УзАС.pdf
1.3 MB
«O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» газетасининг 2023 йил 17 февраль кунги 6-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Ушбу pdf файл таҳририят томонидан тақдим этилди.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi

👨‍⚕️ Salomatligingizga e'tiborli bo‘ling!
#bobur_540

"ЯХШИЛИҒ"

✍️Заҳириддин Муҳаммад Бобур
🎤Маъмуржон Тўхтасинов


*  *  *

Ким кўрубдур, эй кўнгул, аҳли жаҳондин яхшилиғ?
Кимки, ондин яхши йўқ, кўз тутма ондин яхшилиғ!

Гар замонни нафй қилсам, айб қилма, эй рафиқ,
Кўрмадим ҳаргиз, нетойин, бу замондин яхшилиғ!

Дилраболардин ёмонлиқ келди маҳзун кўнглума
Келмади жонимға ҳеч ороми жондин яхшилиғ.

Эй кўнгул, чун яхшидин кўрдунг ямонлиқ асру кўп,
Эмди кўз тутмоқ не, яъни ҳар ямондин яхшилиғ?

Бори элга яхшлиғ қилғилки, мундин яхши йўқ –
Ким, дегайлар даҳр аро қолди фалондин яхшилиғ!

Яхшилиғ аҳли жаҳондин истама Бобур киби,
Ким кўрубдур, эй кўнгул, аҳли жаҳондин яхшилиғ?!

Заҳириддин Муҳаммад Бобур
JAYRON

Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
Oyog'ingga qo'yib yotay bosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..

Yurak qoning to'kilgan so'qmoq,
Bag'ri alvon lolaqizg'aldoq.
Senga toshlar otdi qay gumroh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..

Zor yig'lading buncha ham hayhot,
Menda ham bir sendagi sayyod...
Ey beozor, ey mo'min jonzot,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..

Bu dunyoning nokaslari bor,
Ezgulikni ko'rolmaydilar.
Meni ham qon qildilar ular,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..

Labim bilan yarang silayman,
Senga dardi shifo tilayman,
Kel, tug'ishgan og'ang bo'lay man,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot
YANGI O'ZBEKISTON UNIVERSITETINING TAQDIMOTI O'TKAZILDI

Bugun, Andijon shahridagi Prezident maktabida "Yangi O‘zbekiston" universiteti haqida taqdimot bo'lib o'tdi. Taqdimotda Andijon viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning maslahatchilari, Prezident va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarining bitiruvchi o'quvchilari ishtirok etdi.

Taqdimot davomida "Yangi O'zbekiston" universitetida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, qabul jarayonlari va ta'lim tizimi haqida universitet rektori Baxtiyor Yuldashev tushunchalar berib o'tdi.

Taqdimot ishtirokchilari va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Tadbir yakunida bitiruvchi o‘quvchilarga universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yangi kitob

QADAM

Nozik did bilan taqdim etilgan kitobda ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy publitsistik maqolalari orqali tanish bo‘lgan ijodkor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sardor Sirojiddinning Vatan, ota-ona, bolalik, muhabbat, tabiat haqidagi sheʼrlari jamlangan. Bu sheʼrlarni o‘qib, qachonlardir ko‘nglingizdan kechgan tanish tuyg‘ularni yodga olasiz. Xalqona ohanglarda bayon etilgan ushbu kitob sizga maqul keladi va ko‘nglingizdan joy oladi degan umiddamiz. Ijodida rang-baranglik, tabiiylik ustun bo‘lgan muallifning yangi “Qadam”i qutlug‘ bo‘lsin.

Nashriyot – Yosh avlod matbaa
Adadi – 1000 nusxa

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O`zbegim Zulfiyasi tanlovining axborot xati va nizomi.docx
65.6 KB
🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoir Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

📜1-yo‘nalish: nazm (Zulfiya ijod namunalariga nazira bog‘lash);

📄2-yo‘nalish: maqola (Zulfiya shaxsi va uning ijodiyotini yoritish);

🎥3-yo‘nalish: videorolik (Zulfiya qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).

📖4-yo‘nalish: dars ishlanma. O‘qituvchilar uchun (Zulfiya hayoti va ijodini ochib beruvchi dars ishlanmasini tayyorlash)

Tanlovga ijodiy ishlar 27-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi.

Ijodiy ishlaringizni @MamurovAkbar ga yuboring. Murojaat uchun:+99894 629 1171, +99899 550 0444, +99894 348 9865

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
Audio
Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
🎤🎼Xursandbek
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, marhum bolalar shoiri Odil Abdurahmonning 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy anjuman o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, shoira Xurshida Vahobjon qizi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Vosit Ahmad, shoir Orif Meliyev, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova ishtirok etib, adibning hayoti va ijodi, olib borgan faoliyati haqida so‘z yuritdi.

♻️Tadbir davomida ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan Odil Abdurahmon qalamiga mansub she'rlar aytildi.
#Zamin_Creаtive
#Imtihon

Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalariga qabul imtihonlari o'tkazildi.

❇️“Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha  aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalarida ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan ushbu jarayonlarga ijod maktabi o'quvchilari hamda Xo'jaobod shahridagi  17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab   hamda zaif eshituvchi bolalar maktabi o'quvchilari jalb etildi.

🔰“Zamin Creative” studiyalaridagi o'quv kurslari o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini  samarali tashkil etish va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilib , unda ròyxatdan  o'tgan o'quvchilar ishtirok etmoqdalar.