Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!
Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.
Shu sabab, bolangizga:
❌Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
❌ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
❌tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.
✅Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!
Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.
Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!

***
Tunda she'r aytishdik kapalak bilan,
Yalpizni alqadim,
Gulni alqadim.
Yonimga sudralib kelib bir ilon
Koʼzoynak ostidan boqdi.
Payqadim.
__________
Quvdi yolgʼiz oʼshal hamxonamni u,
Quvdi parilarni quvgan kabi dev.
Hurkitib yuborib parvonamni u
Bo'ynimga oʻralib oldi:
Meni sev!..
__________
Chimzor.
Chimildiqda sovuq yor quchdim,
Poʼstin gilam qilib mehrobga qoqdi.
Koʼzimni chirt yumib
Kechalari jim,
Men uni oʼpganda –
U meni chaqdi.
__________
Chaqdi.
Chaqaverdi zahri soʼnguncha.
Chaqdi goh bilagim,
Goh yuragimni.
U qancha chaqsa men tirildim shuncha.
Shuncha eslayverdim kapalagimni!..
__________
Oʼtmishni unutdim bir tushda goʼyo,
Oʼshal chimzordagi koshonamni ham.
Ilon malikadan qutuldim,
Ammo,
Endi topolmasman parvonamni ham.
__________
✍ Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Tunda she'r aytishdik kapalak bilan,
Yalpizni alqadim,
Gulni alqadim.
Yonimga sudralib kelib bir ilon
Koʼzoynak ostidan boqdi.
Payqadim.
__________
Quvdi yolgʼiz oʼshal hamxonamni u,
Quvdi parilarni quvgan kabi dev.
Hurkitib yuborib parvonamni u
Bo'ynimga oʻralib oldi:
Meni sev!..
__________
Chimzor.
Chimildiqda sovuq yor quchdim,
Poʼstin gilam qilib mehrobga qoqdi.
Koʼzimni chirt yumib
Kechalari jim,
Men uni oʼpganda –
U meni chaqdi.
__________
Chaqdi.
Chaqaverdi zahri soʼnguncha.
Chaqdi goh bilagim,
Goh yuragimni.
U qancha chaqsa men tirildim shuncha.
Shuncha eslayverdim kapalagimni!..
__________
Oʼtmishni unutdim bir tushda goʼyo,
Oʼshal chimzordagi koshonamni ham.
Ilon malikadan qutuldim,
Ammo,
Endi topolmasman parvonamni ham.
__________
✍ Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
👍2
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Tanlov
#Эълон
📣Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohining logotipini yaratish boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilinadi!
Unda Prezident maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlar, ijod maktablari oʻqituvchilari va oʻquvchilari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universitetining talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov shartlari:
✔️ Logotip “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyati mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy gʻoyaning izchilligiga ega boʻlishi;
✔️Oromgoh faoliyati yoʻnalishlariga mosligi, logotip iqtidorli yoshlar, sanʼat, sport, ilm-fan, mazmunli dam olish va sogʻlomlashtirishni ifodalashi, “Renessans” yozuvi boʻlishi, shuningdek, renessansni aks ettirishi;
✔️Logotipda davlat ramzlari shakllari hamda tasvirlaridan foydalanish mumkin emas;
✔️Logotipning qismlari yoki boshqa oromgohlarga tegishli logotiplar yoki dizaynning elementlari yoki qismlari boʻlmasligi zarur va tanlov oʻtkazilguniga qadar biror joyda namoyish etilmagan boʻlishi shart.
📆Ishlab chiqilgan logotip loyihalari 2023-yil 20-fevral soat 18:00 ga qadar [email protected] elektron manziliga yuborilishi lozim.
📞Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 71 207 20 17 (292).
❗️Ijodiy tanlov natijalariga koʻra birinchi oʻrinni egallagan ishtirokchi Agentlikning estalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Forwarded from UzA | Расмий канал
Президент Шавкат Мирзиёевнинг топшириғига мувофиқ, Туркияда рўй берган кучли зилзиладан жабр кўрганларга гуманитар ёрдам ҳамда табиий офат оқибатларини бартараф этишда иштирок этиш учун Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг бир гуруҳ қутқарувчилари жўнатилади.
🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе

#Mahorat_darsi
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Shahlo Hamidova ishtirokida "Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida axloqiy fazilatlar" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
✅ Mahorat darsida o'quvchilarga ikki buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy meros hamda asarlarida axloq va insoniylik fazilatlarining ulug'langanligi haqida bilim, tushunchalar berildi.

Диққат жамоатчилик муҳокамаси!
2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.
"Тараққиёт стратегияси" маркази барча фуқаролардан 2023 йилги Давлат дастури лойиҳасининг муҳокамасида фаол иштирок этиб, мамлакатимиз тараққиётига хизмат қиладиган таклифларни Марказнинг махсус 2023.strategy.uz ҳамда davlatdasturi.uz порталлари ёки ижтимоий тармоқлардаги @dscuzbekistan ва @YangiTaraqqiyotStrategiyasi телеграмм каналлари орқали билдиришларини сўраб қолади.
МУҲОКАМАЛАР 2023 ЙИЛНИНГ 6 ФЕВРАЛИДАН 17 ФЕВРАЛИГАЧА ДАВОМ ЭТАДИ.

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлигиТelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
ҲАЗРАТ НАВОИЙДАН САЛОМ
Бизга етгай ушбу кун ҳазрат Навоийдан салом,
Соҳиб идроку фунун – ҳазрат Навоийдан салом.
Бу салом ҳар бир ғазалда, ҳам гўзал достонида,
Меҳри билмас ҳеч якун, ҳазрат Навоийдан салом.
Ул Ҳирот минорлари, ҳар бир гиёҳи сўзлагай,
Тингласангиз тун-у кун ҳазрат Навоийдан салом.
Олам аҳлига садоқат дарсини Қайс ўргатар,
Лайли йўллар сиз учун ҳазрат Навоийдан салом.
Эл фаровон, юрт чароғон бўлса асли шул мурод,
Ҳар каломи лаългун ҳазрат Навоийдан салом.
Жамики насли башардан шоду миннатдордир,
Бахту толеи фузун ҳазрат Навоийдан салом.
Пойига гулдаста қўймакликдир Икромжон иши,
Ҳамда элтмак ушбу кун ҳазрат Навоийдан салом
СИЗНИ ЁД ЭТУРМИЗ, ШОҲ БОБУР!
Сизни ёд этурмиз, аё шоҳ Бобур,
Кору боримиздан сиз огоҳ, Бобур.
Умрингиз кечди гоҳ қаттол жанг ичра,
Гоҳида ғазалу хуш оҳанг ичра.
Гоҳида чекдингиз тақдирдан озор,
Гоҳо Тангрим Ўзи бўлди мададкор.
Баъзан Тошкент аро истаб оромлар,
Баъзан Самарқандда сипқориб жомлар.
Қобулга юзланиб, юзланиб Ҳиндга,
Гоҳ мунгли роз айтиб дарёи Синдга.
Малика Байданинг ичиб ҳам заҳрин,
Тийдингиз, ҳазратим, подшоҳлик қаҳрин.
Бу адлу Адолат юлдузи эди,
Бу – амнистиянинг нақ ўзи эди!
Беором жонингиз билмади ором,
На-да оқшомлари, на субҳи киром.
Тақдир тож кийдирди, маломатни ҳам,
Гоҳо дўст айлади, надоматни ҳам.
Умрингиз шу тарзда топди поёнин,
Лекин, эл унутмас аждоди шонин.
Сизни ёд этурмиз, аё шоҳ Бобур,
Кору боримиздан сиз огоҳ, Бобур.
Бугун Андижонга келиб турибсиз,
Учқур саман узра кулиб турибсиз.
Кўриб турибсизки, шону шавкат бор,
Эл нени истаса, бори жиҳат бор.
Юртбошим тузган “Йўл хариталари”,
Тараққий уммонин кареталари!
Унда мужассамдир истиқбол авжи,
Андижон ичра ҳам ривожнинг мавжи.
Андижон ичра ҳам кезар хуш насим,
Жаннатий ифорли хушоғуш насим.
Шаҳрим кўчаларин сайр этинг, бобо,
Келинг, бир дуои хайр этинг, бобо.
Авлодлар яратиш ишқи билан банд,
Чунки юрагига юрт меҳри пайванд.
“Айти-парк”, “Асака-Ситй”ни кўринг,
Хўжаобод сори бир бора юринг.
Кўринг, ул қадимий Хоконни бугун,
Боғишамолни-ю Қўрғонни бугун.
Ёшлар билан ҳоким диллашар мамнун,
Ўзингиз андоза авлодлар учун!
Тадбиркор, банк – бари мутасаддилар,
Узилмас бир тизим, йўл ясадилар.
Ишлар – “Беш ташаббус”, китобхонликдир,
Дилдаги муддао – нуктадонликдир.
Ёшларнинг қўлида китобларингиз,
“Яхшилиғ қил!” – эзгу хитобларингиз.
Уюшмаган ёшлар барчаси жамдир,
Истиқбол бугундан минг бор кўркамдир.
Сизни ёд этурмиз, аё шоҳ Бобур,
Кору боримиздан сиз огоҳ, Бобур.
✍Икромжон Аслий
Шоир, Андижон тумани

O‘quvchilar_ijodidan
✍Shahnoza AHMADULLAYEVA,
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.
BOBUR PODSHOH
Uzun kecha xotiralar qilar janglar,
Bir imkondir otayotgan ajib tonglar,
Qalam chertar yurakdagi faxriy bonglar,
Bobur podshoh moziyda ham, qalbimda ham.
Xatolardan olib saboq topar yo‘lni,
Tanishtirar tabiatni o‘ng-u so‘lni.
Ta’zimdaman o‘t ko‘ksimga qo‘yib qo‘lni,

Yurt visoli armon bo‘lgan bobojonim,
Temur so‘zi darmon bo‘lgan bobojonim,
Men yulduzman, siz charog‘on nur-osmonim,

👉@ima_myim

❤🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anda_jonim_qoldi_manim
"Bobur Mirzo nigohlarida mangu qolgan Anda jondir bu!"
🎬 Abdumalikova Gulyuz
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchisi
👉@ptma_myim

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Liderlar_hamjamiyati
“Bugun siz maktabni boshqarasiz, ertaga sizning o‘quvchilaringiz dunyoni boshqaradi!”
✅ Vazirligimiz tomonidan maktab direktorlari uchun yangi loyiha - Liderlar hamjamiyatini tashkil etishni rejalashtirganmiz.
Ushbu hamjamiyatning maqsadi nimadan iboratligi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak.
Eng avvalo, maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashimiz lozim.
Shu maqsadda vazirligimiz tomonidan 7-10-fevral kunlari “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Butun Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tadigan ushbu loyihadan umidimiz katta.
Chunki ta'lim sifatini oshirishda maktab faoliyatining tizimli yo‘lga qo‘yilishi muhim o‘rin tutadi. Ish jarayonini sifatli tashkil etish esa avvalo rahbarga bog‘liq.

👍2👏1
Forwarded from "Taraqqiyot strategiyasi" markazi
Диққат жамоатчилик муҳокамаси!
2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.
"Тараққиёт стратегияси" маркази барча фуқаролардан 2023 йилги Давлат дастури лойиҳасининг муҳокамасида фаол иштирок этиб, мамлакатимиз тараққиётига хизмат қиладиган таклифларни Марказнинг махсус 2023.strategy.uz ҳамда davlatdasturi.uz порталлари ёки ижтимоий тармоқлардаги @dscuzbekistan ва @YangiTaraqqiyotStrategiyasi телеграмм каналлари орқали билдиришларини сўраб қолади.
МУҲОКАМАЛАР 2023 ЙИЛНИНГ 6 ФЕВРАЛИДАН 17 ФЕВРАЛИГАЧА ДАВОМ ЭТАДИ.
Каналимизга обуна бўлинг 👉🏻
https://t.iss.one/dscuzbekistan
Марказ расмий саҳифалари
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube

👍1
Forwarded from UzA | Расмий канал
Ўзбекистон Республикасида Инсон ҳуқуқлари соҳасидаги миллий таълим дастурини тасдиқлаш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори
📍https://uza.uz/posts/451945
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори
📍https://uza.uz/posts/451945
🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлигиТelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
JAYRON
Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
Oyog'ingga qo'yib yotay bosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Yurak qoning to'kilgan so'qmoq,
Bag'ri alvon lolaqizg'aldoq.
Senga toshlar otdi qay gumroh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Zor yig'lading buncha ham hayhot,
Menda ham bir sendagi sayyod...
Ey beozor, ey mo'min jonzot,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Bu dunyoning nokaslari bor,
Ezgulikni ko'rolmaydilar.
Meni ham qon qildilar ular,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Labim bilan yarang silayman,
Senga dardi shifo tilayman,
Kel, tug'ishgan og'ang bo'lay man,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
Oyog'ingga qo'yib yotay bosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Yurak qoning to'kilgan so'qmoq,
Bag'ri alvon lolaqizg'aldoq.
Senga toshlar otdi qay gumroh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Zor yig'lading buncha ham hayhot,
Menda ham bir sendagi sayyod...
Ey beozor, ey mo'min jonzot,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Bu dunyoning nokaslari bor,
Ezgulikni ko'rolmaydilar.
Meni ham qon qildilar ular,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Labim bilan yarang silayman,
Senga dardi shifo tilayman,
Kel, tug'ishgan og'ang bo'lay man,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
👍2
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#540_yil
🔰Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Milliy tiklanish demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi oldidan davra suhbati o‘tkazildi
❇️Tadbirda Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi raisi, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan madaniyat hodimi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Zokirjon Mashrabov, Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi Xamidjon Omonov va ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.