Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.03K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятида қайта тикланувчи энергия манбаларини оммалаштириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш чоралари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам расширения использования возобновляемых источников энергии и обеспечения занятости населения в Андижанской области.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Андижон туманидаги 55-умумтаълим мактабида жорий қилинган касбга ўқитиш тизими билан танишди

Президент ознакомился с системой профессионального обучения, внедренной в общеобразовательной школе №55 Андижанского района

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Садда таги маҳалласида бўлиб, фаоллар билан учрашди, хонадонлардан бирида меҳмон бўлди

Глава государства посетил махаллю Садда-таги, где встретился с активом и побывал в гостях у одного из местных жителей

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Qahrim qattiq bo’ldi,
Mehrim qattiq bo’ldi.
Nasihatni esa olmadim.
Harifim suyundi,
Do’stim kuyundi…
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Osoyish botmadi biror bir kunim,
Talashib-tortishib tolmadim.
“Og’irroq bo’l, inim,
Siporoq bo’l, inim …”
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Tengimni bilmasdan bir qizni suydim,
Suydim sira kulmay omadim.
“Shohona yasharmiz so’zimga kirsang…”
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Quvroq bo’l, deyishdi. Yolg’on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko’rdim, qorani qora –
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Ko’nglim sezar endi buyog’i ayon,
Do’stlarim, do’stlarim, baxtli bolaman!
Yo Toshkentda eng zo’r shoir bo’laman,
Yo qishloqqa qaytib ariq bo’yida
Yalpizga suyanib, o’lib qolaman.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

@ima_myim
Forwarded from Hilola Umarova
Joriy o’quv yilidan maktabning 9- va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi.

Bu esa ta’lim sohasidagi qog‘ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Mazkur tartib o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi. Elektron shahodatnomani olishda va OTMga topshirishda ortiqcha ovoragarchiliklarning yo'qligi esa o'z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalariga ham qulaylik yaratadi.

Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ta'limni raqamlashtirish borasidagi ishlarni davom ettiradi.
#Diqqat_tanlov
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#540_yil

Buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini munosib nishonlash, shoir asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini chuqur anglab yetish, yoshlarning intellektual va manaviy salohiyatini oshirish, farzandlarimizni shu asosda Yangi Ozbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalash borasidagi ulkan orni va tasirini inobatga olib, mumtoz nasrimizning beqiyos namunasi bolmish “Boburnoma” asarini oqib –organish, uni o‘quvchi-yoshlar orasida keng targib qilish, Milliy test tizimiga tayyorlash, kreativ fikrlovchi iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, kitobxonlikni targ’ib qilish, ona tilimizga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, mutafakkir bobolarimizga ehtirom va meroslarini o'rganish,qadrlash maqsadida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi “Bobur Mirzo izdoshlari” viloyat tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda Andijon viloyatidagi Prezident, ixtisoslashtirilgan va umumtalim maktablarining 7-10-sinf o'quvchilari hamda ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

Tanlovning tuman va shahar bosqichlari 5-10 fevral kunlari o‘tkaziladi. Viloyat bosqichi 11-fevral kuni ijod maktabida bo'lib o'tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlariga hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining tanlov tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkin

Murojaat uchun telefonlar
+998 90 626 68 81
+998 99 490 76 00

Veb-sayt: www.mymaktab.uz
Facebook: https://www.facebook.com/muhammadyusuf.ijodmaktabi
Instagram:
https://instagram.com/m_yusuf_ijod_maktabi
Telegram: @itma_myim
#foto_estalik

Chapdan o'ngga Ohunjon Madaliyev, Muhammad Yusuf, Bahodir Iso, Sobirjon Otaboyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3-fevral — Tog‘ay Murod tug‘ilgan kun

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning 75 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan videorolik.
#Diqqat❗️
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH MUDDATI YAKUNLANMOQDA!

Shoshiling!

Xalqaro A-level imtihonlari uchun ariza topshirish muddati 10-fevralgacha (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Imtihonlar uchun onlayn arizalar https://alevel.piima.uz/ sayti orqali qabul qilinmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Интервью 24 | Ҳудудларда ислоҳотлар ўз самарасини бермоқда

Шоҳистахон Нурматова
Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактаби директори

#4feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!

Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.

Shu sabab, bolangizga:

Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!

Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.

Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!
***

Tunda she'r aytishdik kapalak bilan,
Yalpizni alqadim,
Gulni alqadim.
Yonimga sudralib kelib bir ilon
Koʼzoynak ostidan boqdi.
Payqadim.
__________
Quvdi yolgʼiz oʼshal hamxonamni u,
Quvdi parilarni quvgan kabi dev.
Hurkitib yuborib parvonamni u
Bo'ynimga oʻralib oldi:
Meni sev!..
__________
Chimzor.
Chimildiqda sovuq yor quchdim,
Poʼstin gilam qilib mehrobga qoqdi.
Koʼzimni chirt yumib
Kechalari jim,
Men uni oʼpganda –
U meni chaqdi.
__________
Chaqdi.
Chaqaverdi zahri soʼnguncha.
Chaqdi goh bilagim,
Goh yuragimni.
U qancha chaqsa men tirildim shuncha.
Shuncha eslayverdim kapalagimni!..
__________
Oʼtmishni unutdim bir tushda goʼyo,
Oʼshal chimzordagi koshonamni ham.
Ilon malikadan qutuldim,
Ammo,
Endi topolmasman parvonamni ham.
__________
Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri