Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#Harbiy_vatanparvarlik_oyligi
#Muhammad_Yusuf_ijod_maktabi

❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi CHQBT rahbari A .Tavakkalov o'quvchi-yoshlarda vatanparvarlik va millatparvarlik g'oyalarini shakllantirish,ongi va tafakkurida Vatan himoyasi sharafli va miqaddas burch ekanini singdirish hamda ularda harbiy sohaga bo'lgan qiziqishlarini yuksaltirish maqsadida AK -74 avtomatini noto'g'ri qismlarga ajratish va yig'ish bo'yicha bellashuv o'tkazdi.

Bellashuv jarayonida yigitlar faol ishtirok etdilar va zamonaviy qurolni qismlarga ajratish va yig'ish ko'nikmalarini yuqori ko'rsatkichlarda namoyon etdilar.
Республика ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятини самарали йўлга қўйишга доир биринчи навбатдаги ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони

📍
https://uza.uz/posts/448201

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
📝Biz baxtli bo'lamiz...
Muhammad Yusuf
🎤Ergashev Dilshod Ilhom o‘g‘li
#Xorijiy_hamkorlik
#Turkiya

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ayni vaqtda Turkiyaning Anqara shahrida bo'lib turishibdi.

Delegatsiya vakillari dastur doirasida Turkiya Respublikasining Ta'lim va tarbiya departamenti vakillari doktor Ahmet Ishleyn, bo‘lim boshlig‘i Mehmet Salih Janbal hamda bir guruh mas'ullar bilan uchrashishdi.

❗️Uchrashuv davomida Turkiyada ta'lim jarayonining tashkil etilishi, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish kabi mavzularda o'zaro fikr almashildi.

✔️Shuningdek, Agentlik vakillari nashriyotlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Буюк шоир ва олим, машҳур давлат арбоби Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 540 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

📍
https://uza.uz/posts/448535

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
O‘quvchilar_ijodidan

Navoiyga maktub

Bugun samolarda uchar she'riyat,
Bugun nomi ulug' siz suygan tilni.
Bugun kelajakka bitdik maktublar,
Tutdik siz boshlagan shu buyuk yo'lni.

Mana besh asrkim lovullar hamon,
Adabiyot deya atalmish otash.
Mana o'zbek xalqin dovrug'i osmon,
Avlodlar maqsadi tarixga tutash.

Siz bitgan asarlar kezar olamni,
Eltar ona xalqin salomlarini.
"Xamsa"ning qo'ynida barq urar tilim,
Mujassam aylab Haq kalomlarini.

Besh yuz yil qa'rida yonmoqda olov,
Bu siz yoqib ketgan mumtoz alanga.
Joylang har yurakka hikmatlaringiz,
Bo'lsin sadoqatli farzand Vatanga.

Sizning merosingiz chindan xazina,
Etar ega bo'lgan har insonni shod.
Yana million asr etarkan davom,
Navoiyni yodlar el bo'lur obod!

Gulchiroy DAVRONBEKOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
#Mardlik_va_jasorat_darsi
#Muhammad_Yusuf_ijod_maktabi

❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli qorovul qo'shinlari tarkibidagi 7553 harbiy qism tomonidan "Mardlik va jasorat "darsi tashkil qilindi.

♻️ Mardlik va jasorat darsida" Milliy armiyamiz- yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg'ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir" mavzusi orqali o'quvchi-yoshlarga armiya hayoti, yigitlik burchi, xalqimiz tinchligi, farovonligi yo'lida olib borilayotgan imkoniyatlar, yurtimizda harbiylarga yaratilayotgan sharoitlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.