Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.2K subscribers
10.4K photos
987 videos
53 files
2.16K links
Download Telegram
Audio
Юртим

🎤Замира Суюнова
Ўзбекистон халқ артисти

Замира Рўзиева
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоира
👍1👎1
Yurt ishqi [Pesnyu.net]
Shuhrat Qayumov
Юрт ишқи

🎙Шуҳрат Қаюмов
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист

✍️ Хуршида Ваҳобжон қизи
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоира
👍2👎2
​​DIQQAT, TANLOV!

Bu yil Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) tashkil etilganiga 30 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan TURKSOY madhiyasi uchun xalqaro tanlov e’lon qilinmoqda. Unda 18 yoshdan oshgan barcha shoirlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov shartlari

1. Taqdim etiluvchi shе’r TURKSOYning 30 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lishi zarur.
2. Taqdim etiluvchi shе’rda turkiy davlatlarning tarixiy, madaniy, ijodiy va ijtimoiy birdamligi aks etishi, turkiy davlatlar o‘rtasidagi birodarlik aloqalarini mustahkamlashga da‘vat bo‘lishi zarur.
3. Shе’rda inson huquqlari, shuningdеk, ma’naviy-axloqiy mе’yorlarga zid kеluvchi satrlar bo‘lmasligi shart.
4. Shе’r tantanavor ruhda bo‘lishi zarur.
5. Shе’rga taniqli bastakorlar tomonidan musiqa bastalanishini inobatga olib, taqdim etilayotgan asar to‘rtta band va naqoratdan iborat bo‘lishi, birinchi va uchinchi, shuningdеk, ikkinchi va to‘rtinchi satrlari qofiyadosh bo‘lishi tavsiya etiladi.
6. Shе’r avval bironta tanlovga taqdim etilmagan, OAVda e’lon qilinmagan, kuy bastalanib, qo‘shiq qilib aytilmagan bo‘lishi shart.
7. Shе’rda boshqa bir shoir asaridan iqtibos kеltirish mumkin emas.
8. Tanlovda faqat individual ishtirok etiladi, jamoaviy va hammualliflikda bajarilgan ishlar qabul qilinmaydi. Qatnashchi tanlovga faqat bitta shе’r taqdim etadi.
9. Tanlovda TURKSOYning boshqa tanlovlarida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ijodkorlar, shuningdеk, saralash bosqichi hakamlari, ularning qarindoshlari, TURKSOY tashkiloti xodimlari va ularning qarindoshlari qatnasha olmaydi.

Shе’rlar word formatida 2023-yil 1-fеvralgacha [email protected] elеktron manziliga jo‘natilishi yoki Toshkеnt shahri, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbеkiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limiga elеktron tashuvchi (flеshka)da kеltirib bеrilishi kеrak.
Shе’rga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi:
Muallifning tarjimai holi, uy manzili, tеlеfon raqami, elеktron pochta manzili. Shuningdеk, roziligini bildirib imzolagan tanlov shartlari (xabar pastida alohida kеltiriladi, qatnashchilar uni imzolab, skanеrda ko‘chirib jo‘natadilar).
G‘olib 2 000 (ikki ming) AQSh dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanadi.
Tanlov qatnashchilariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#Халқаро_таълим_куни

24-YANVAR - XALQARO TA'LIM KUNI!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2018-yil 3-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko'ra, 24-yanvar “Xalqaro ta'lim kuni” deb e'lon qilingan.

❗️Bu yilgi Xalqaro ta'lim kuni "Inson uchun eng yaxshi sarmoya - ta'limga kiritilgan sarmoyadir" ("To Invest in People, Prioritize Education") shiori ostida nishonlanmoqda.

Ta'lim sohasini rivojlantirmasdan mamlakatni taraqqiy ettirib bo‘lmaydi. Zero, sifatli va uzluksiz ta'limni rivojlantirish O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

⚡️Xususan, ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident, 9 ta ijod, 171 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti faoliyat olib bormoqda.

Ularning barchasida yoshlarimizga jahon standartlari asosida ta'lim berib kelinmoqda.

#Таълим_тараққиёт_асоси #24_январь

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍1
#Xalqaro_hamkorlik
#Turkiya

TURKIYA NASHRIYOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

🔴Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashish maqsadida ayni damda Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turishibdi.

Uchrashuvlar davomida darsliklarni chop etish, ularni ta'lim muassasalariga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, dastur davomida:

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish masalalarini o‘rganish;

▶️davlat hamda xususiy nashriyotlari faoliyati bilan tanishish;

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni (xususan, matematika, kimyo fanlari) ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

✔️Uchrashuvlar davom etmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tong_yulduzi
#Muhammad_Yusuf_ijod_maktabi
❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi O'rmonova Dilfuza Mamasoliyevna "Tong yulduzi" gazetasida "Ikki javobli she'riy topishmoqlar" ijod namunalari chop etildi.
👍10🤔1
#Harbiy_vatanparvarlik_oyligi
#Muhammad_Yusuf_ijod_maktabi

❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi CHQBT rahbari A .Tavakkalov o'quvchi-yoshlarda vatanparvarlik va millatparvarlik g'oyalarini shakllantirish,ongi va tafakkurida Vatan himoyasi sharafli va miqaddas burch ekanini singdirish hamda ularda harbiy sohaga bo'lgan qiziqishlarini yuksaltirish maqsadida AK -74 avtomatini noto'g'ri qismlarga ajratish va yig'ish bo'yicha bellashuv o'tkazdi.

Bellashuv jarayonida yigitlar faol ishtirok etdilar va zamonaviy qurolni qismlarga ajratish va yig'ish ko'nikmalarini yuqori ko'rsatkichlarda namoyon etdilar.
👍6
Республика ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятини самарали йўлга қўйишга доир биринчи навбатдаги ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони

📍
https://uza.uz/posts/448201

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
📝Biz baxtli bo'lamiz...
Muhammad Yusuf
🎤Ergashev Dilshod Ilhom o‘g‘li
#Xorijiy_hamkorlik
#Turkiya

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ayni vaqtda Turkiyaning Anqara shahrida bo'lib turishibdi.

Delegatsiya vakillari dastur doirasida Turkiya Respublikasining Ta'lim va tarbiya departamenti vakillari doktor Ahmet Ishleyn, bo‘lim boshlig‘i Mehmet Salih Janbal hamda bir guruh mas'ullar bilan uchrashishdi.

❗️Uchrashuv davomida Turkiyada ta'lim jarayonining tashkil etilishi, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish kabi mavzularda o'zaro fikr almashildi.

✔️Shuningdek, Agentlik vakillari nashriyotlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube