Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
884 subscribers
8.17K photos
862 videos
49 files
1.84K links
Download Telegram
𝐎𝐓 𝐇𝐀𝐐𝐈𝐃𝐀 𝐎𝐐 𝐐𝐎'𝐒𝐇𝐈𝐐

Suyganim tulpor edi,
Tillo yoli bor edi.
Og‘aynilar, ot menga
Ham do‘stu ham yor edi.

Yolin o‘psam, cho‘k tushib,
Kaftimdan suv ichardi.
Chuh desam, yer changitib,
Bulut bo‘lib uchardi.

Nazdimda yer keng yaylov,
Ko‘k yaylovga o‘xshardi.
Uchar otim poyiga
Osmon yulduz to‘shardi.

Uyimizga bir kuni
Qarindoshlar to‘lishdi.
Chaqmoqtuyoq toyimdan
Ayirmoqchi bo‘lishdi.

Otam: ulg‘ayding o‘g‘lim,
Uylanmasang or, dedi.
Qiz turganda yigitga,
Otga nima bor, dedi!..

Suyganim tulpor edi,
Tillo yoli bor edi.
Og‘aynilar, ot menga
Ham do‘stu ham yor edi.

Ot oldidan boshlandi
Chimildiqqa yo‘lakcha.
O‘ksinma yor, ne qilay,
Otga mehrim bo‘lakcha...

Oftob botmay og‘rinib
Yo‘l poyladi dildorim.
Kelin kelgan kechadan
Arazladi tulporim.

Men ularga yolvorib,
Ne deyishni bilmayman.
Qiz qo‘lini qo‘yvorib,
Ot yolini silayman.

Bormi bizdek oshiqlar;
Bahorimda kuz yig‘lar.
Qizni quchsam ot yig‘lar,
Otni quchsam qiz yig‘lar.

Bir bor o‘psam xotinni,
Uch bor o‘pdim otimni!
Qoldim ikki o‘t aro
Kimga aytay dodimni...

Suyganim tulpor edi,
Tillo yoli bor edi.
Kelinchakka bu uyda
Ayting nima bor edi.

Yotib qoldi ot bir kun
Otxonada majolsiz.
Otim o‘lsa—siz xursand,
Ayolsiz-da, ayolsiz!...

Chelak tutsam, qiqirlab
Suv yo‘q deysiz, quduqda.
Tulporimga yovqarab,
Ajalga siz qulluqda.

Tog‘dan giyoh toparman,
To‘shiga to‘shim yoparman..
Tuzalguncha tulporim
Tabiblarga choparman.

Shifo topsa bas, toyim,
Bor bisotim socharman.
Otim o‘lsa, odamdek
Qirq kun aza ocharman...

Qarashmaysiz qayrilib,
Sinovmi bu, nozmi yo.
Xotin jafo, ot vafo,
Deganlari rostmi yo!..

Suyganim tulpor edi,
Bo‘ynida xoli bor edi.
Yorim, sizga bu uyda
Ayting nima bor edi.

...Yorim yo‘lim poyladi
Yot xonada olti oy.
Otim bilan uxladim
Otxonada olti oy.

Bo‘ynin silab seskandim,
Jarohatin topgandek.
Mixlar to‘la tuyog‘in
O‘pdim, qizni o‘pgandek...

Tun. Tush ko‘rdim, to‘lg‘onib
Ot rozimish o‘limga.
Kaftim kuyib suv tutsam,
Igna yog‘di qo‘limga.

Yuraklarim zirqirab,
Bergim keldi jon uzib.
Tumshug‘idan tirqirab
Turar edi qon sizib!

Boshim qo‘yib yig‘ladim,
Tuyog‘iga majolsiz.
Yor, kirdingiz siz xursand,
Ayolsiz-da, ayolsiz...

Suyganim tulpor edi,
Tillo yoli bor edi.
Yorim sizga bu uyda
Ayting nima bor edi.

...Otim ko‘mdim dalaga,
Yodi qoldi ko‘ksimda.
Jovdiragan ko‘zlarin
Dodi qoldi ko‘ksimda.

Suyganim tulpor edi,
Qizday beg‘ubor edi.
Og‘aynilar, ot menga
Ham do‘stu ham yor edi.

Yolin o‘psam, cho‘k tushib,
Kaftimdan suv ichardi.
Chux desam, yer changitib,
Bulut bo‘lib uchardi.

Nazdimda yer keng yaylov,
Ko‘k yaylovga o‘xshardi.
Uchar otim poyiga
Osmon yulduz to‘shardi.

Tillo yoli bor edi,
Bo‘ynida xoli bor edi.
Tilini tushunmasam ham,
Tilida boli bor edi...

Yordan kechdim shu ot deb,
Elga bo‘ldim ermaklar.
Qaydan bilsin ot qadrin,
Ot minmagan erkaklar...

𝑴𝒖𝒉𝒂𝒎𝒎𝒂𝒅 𝒀𝒖𝒔𝒖𝒇
O‘zbekiston xalq shoiri

👉@itma_myim
Tong yulduzi

Vatan

Oyisha Akbarova

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi
Do‘stlar, qishki ta’tilda nimalar bilan bandsiz?

🇺🇿
Chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yurtdoshlarimiz uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi. Natija esa, kutilganidan ham a’lo!

🔥Hozirgi paytda loyihaning YouTube platformasida chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk, Rus tillari va xorijliklar uchun O‘zbek tili bo‘yicha bepul darslar yo‘lga qo‘yildi.

Jarayonda bo‘lgan Fransuz, Italyan, Ispan, Xitoy, Koreys va Arab tillari darslari ham tez orada yo‘lga qo‘yiladi.

1. 🇬🇧 Ingliz tilini 0 dan o’rganish

2. 🇩🇪 Nemis tilini 0 dan o’rganish

3. 🇹🇷 Turk tilini 0 dan o’rganish

4. 🇷🇺 Rus tilini 0 dan o’rganish

5. 🇺🇿 O’zbek tili (xorijliklar uchun)

😉 Ushbu xabarni xorijiy tillarni o‘rganmoqchi bo‘lgan barcha yaqinlaringizga ulashishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli o‘quvchilar!

Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o'z ona tilingizda mutlaqo bepul o'rganishni istaysizmi?


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.

Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo'lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.

O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta'minlaydi.

Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy etishiga ishonaman!


Maktabgacha
va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ustoz va murabbiylar ishtirokida "Hayot davomida o‘qish" loyihasi asosida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari va mantiqiy, kreativ fikrlovchi test jarayoyonlari o‘tkazildi.
Bugun Mahmudxo’ja Bebudiy tavallud topgan kun. Ulug’ jadid 1875-yil 19-yanvarda dunyoga kelgan.
⚡️ Iqtisodiyot va ma'lumotlar tahlili yo‘nalishi bilan tanishing!

Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

💰 Moliyaviy tahlilchi - bu asosiy vazifasi xorijiy yoki mahalliy mijozlar uchun moliyaviy tahlilni o‘tkazish bo’lgan mutaxassis.

📊 Statistik - bu nazariy yoki amaliy statistika bilan ishlaydigan mutaxassis. Statistik ham xususiy, ham davlat sektorida ishlashi mumkin.

📐 Aktuariy - bu xavf va tavakkalchilikni o‘lchaydigan va boshqaradigan biznes mutaxassisi.

👨‍💼Ma’lumotlar bo‘yicha ilmiy izlanuvchi - Ma’lumotlar bo’yicha ilmiy izlanuvchi ma’lumotlar to‘plamini jamlash yoki baholashning eng samarali usullarini aniqlaydi.

❗️Hoziroq o‘qishga ariza topshiring: https://newuu.uz/uz/admission/form

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023 #iqtisodiyot_va_maʻlumotlat_tahlili

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF

Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.

⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😇🥰🥰🥰😇🥰🥰🥰

📣 Farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtira olmayapsizmi?

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tavsiya etadi!

📖 Endilikda 1-11-sinflar kesimidagi maktab darsliklari hamda eng sara kitoblarni Kitob.uz platformasida topishingiz mumkin.

📱Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling. 📚3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing va 1000 dan ortiq audio kitoblarni 🎧 bepul tinglang.

KITOB.UZ ilovasini yuklab olish ⬇️
🍏 Apple Store | 🛒 Google Play

Mazkur portalning qulayliklari:⬇️

➡️bolani chalg'ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o'qish va tinglash;
➡️adabiy janrlarning boy tanlovi;
➡️portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
➡️kitoblarni izlash qulayligi.

Beeline, Mobiuz, Ucell, Uzmobile - aloqa operatori abonentlari Kitob.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.

#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2023-yil 20-yanvar kuni fevral oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 30-yanvar (to‘lovni amalga oshirish 31-yanvar) ga qadar davom etadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar imtihon topshirish hududini o‘zlari tanlashlari va mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Bunda test sinovining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa yozma imtihonlardan oldin tashkil etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда хорижий тиллар ва касб ўргатиш тизимини ривожлантириш масалалари бўйича кенгайтирилган йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел расширенное совещание по вопросам развития системы преподавания иностранных языков и профессионального обучения в школах.

#Mirziyoyev #yigilish #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter