Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.04K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#RaqamliAvlod
#ITHaftalik
#Fotoreportaj

⚡️"Raqamli avlod IT haftaligi" ning tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda haftalik davomida tashkil etilgan Robo Sumo, Robo Labirint, Robo Futbol, DG Contest, Kibersport musobaqalari g'oliblari taqdirlandi🔥

📍Yopilish marosimi jarayonlaridan FOTOREPORTAJ...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
BOBODEHQONIM

Yer aylanar,
Yer aylanar,
Yer yugurib tinmaydi,
Yaktagingning yenglaridan
Ter yugurib tinmaydi,
Qoʻling tegmay bu dunyoda
Bitta giyoh unmaydi,
Tin bilmagan jonim mening,
Bobodehqonim mening.

Oftob chiqar,
Oftob botar,
Choʻgʻlar sochib tanangga,
Bir kungina bormay qoʻysang
Nima qilar dalangga?..
Bir shonacha parvonalar
Boʻlolmaysan bolangga,
Tashnai nolonim mening,
Bobodehqonim mening.

Ish degani faqat senga
Chiqqanmi yo ey moʻmin,
Qora mehnat yoʻrgagingdan
Yuqqanmi yo ey moʻmin?
Onang seni paxtazorda
Tuqqanmi yo ey moʻmin?..
Qadoqqoʻl-tovonim mening,
Bobodehqonim mening.

Yorugʻ yuzim,
Koʻk yorishib
Ketgaydir bir jilmaysang,
Dunyolarni oqqa oʻrab
Qoʻyganingni bilmaysan,
Uyingda ham,
Toʻyingda ham
Paykalingni oʻylaysan,
Sodda dil - iymonim mening,
Bobodehqonim mening.

Kim toliqdi choʻl bagʻrida
Boʻstonlarni yaratib,
Qora dengiz boʻylarida
Kim kezar jon yaratib,
Minbar toʻla gapga chechan
Notiqlarni sayratib,
Oʻzi bezabonim mening,
Bobodehqonim mening.

Shiyponlarda oʻtirarding
Koʻtarolmay belingni,
Semiz vakil maktabidan
Haydab keldi oʻgʻlingni,
Kech kuz edi, yechib berding
Egningdagi toʻningni:
Ol, kiyvol, polvonim mening...
Bobodehqonim mening.

Bolajonim,
Sen-ku kelding,
Joning achib otangga,
Hatto sening mehnatingni
Bilmadilar, attang-a...
Poʻchoqni ham paxta qilib
Topshirganlar Vatanga!..
Topgani talonim mening,
Bobodehqonim mening.

Olam yaralgandan buyon
Dehqon kimni aldabdi,
Dehqon qoʻlin qabartirgan
Ketmon kimni aldabdi,
Oʻzbegimning peshvolari
Oʻzbegimni aldabdi...
Oh, lol-u hayronim mening,
Bobodehqonim mening.

Soddadilim,
Sen-da suyib
Ishonganding ularga,
Tongni tongga ulab mehnat
Qildingmi tulkilarga,
Bir qoʻlingni fursati yoʻq
Bir qoʻlingni silarga,
Mehnati armonim mening,
Bobodehqonim mening.

Jonim bobom,
Gapir sen ham
Bundoq hol-u ahvoling,
Baliq boʻlib uvatlarda
Suzib yurar xayoling,
Seni sotgan olchoqlarga
Yoʻqmidi bir savoling?..
Eh, ogʻir karvonim mening,
Bobodehqonim mening.

Nega xomush yerga boqding,
Boʻyingdan aylanayin,
Shu topda koʻnglingdan kechgan
Oʻyingdan aylanayin:
Arpa ekkan - arpa oʻrar,
Bugʻdoy ekkan - bugʻdoyin!..
Halol tuz-u nonim mening,
Bobodehqonim mening.

Zamin aro tiriklikni
Bor qilguvchi oʻzingsan.
Yo gulzor,
Yo tashnai
Zor qilguvchi oʻzingsan,
Obi hayot taratguvchi
Buyuk suvchi oʻzingsan,
Tinchlikka posbonim mening,
Bobodehqonim mening.

Sen hamisha haq tomonsan,
Sen haqiqat tomonsan,
Inson zotin yorugʻlikka
Yetaklovchi sarbonsan,
Oʻzing bemor,
Oʻzing tabib,
Oʻzing malham, darmonsan,
Bagʻrikeng osmonim mening,
Bobodehqonim mening.

Yer aylanar,
Yer aylanar,
Yer yugurib tinmaydi,
Sening oydek yuzlaringdan
Ter yugurib tinmaydi,
Qoʻling tegmay bu dunyoda
Bitta giyoh unmaydi,
Tin bilmagan jonim mening,
Bobodehqonim mening.

Elim rizqi mudom sening
Peshonangning terida,
Elim rizqi yetilgaydir
Yuragingning qoʻrida,
Savlat toʻkib oʻtirganim
Qurultoylar toʻrida -
Beqasam choponim mening,
Bobodehqonim mening.

Men ham sening tuz-u noning
Ichib yurgan bolangman,
Shoirman deb qushday qoʻnib,
Uchib yurgan bolangman,
Oʻzing bilan paykalda suv
Kechib yurgan bolangman -
Senga bu dostonim mening,
Bobodehqonim mening.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
"Агар сиз фарзандингизга данғиллама уй қуриб берсангиз - вақти соати келиб, у эскириши мумкин.

Агар энг зўр машина олиб берсангиз - уям тез орада эскириши мумкин. Агар унга моддий бойлик, пул қолдирсангиз - уям бир кун сарф бўлиб тугаши мумкин.

Аммо дунёда ҳеч қачон эскирмайдиган, йўқолмайдиган бебаҳо бир бойлик борки, у ҳам бўлса фарзандингизга берган билим ва ҳунардир. Билим ва маърифатни қаердан, нимадан олиш мумкин? Аввало, КИТОБ деган хазинадан".

✍️Шавкат Мирзиёев
#Ertalabki_saflanish
#Muhammad_Yusuf_ijod_maktabi

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ertalabki saflanishda O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi jo'rlikda kuylandi.
♻️ Ijod maktabi direktori Sh.Nurmatova ijod maktabining 9-A sinf o'quvchisi Oybekova Robiyani,11-A sinf o'quvchisi Ortig'aliyeva Ruxshonani erishgan yutuqlari ya'ni xalqaro sertifikatni qo'lga kiritganligi bilan tabriklab,qolgan o'quvchilar ham shunday sertifikatlarni olishlari uchun barcha imkoniyatlar borligi,faqat bilim,ilm olishdan to'xtamasliklari kerakligi aytildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Tolchovkon" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Olimpiada

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Oribjonova Madinabonu Nurmuhammad qizi ona-tili fan olimpiadasidaning viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Madinabonu Oribjonovaning kelgusidagi o‘qish va ijodiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇👇👇

Veb-sayt: www.mymaktab.uz
Facebook: https://www.facebook.com/muhammadyusuf.ijodmaktabi
Instagram:
https://instagram.com/m_yusuf_ijod_maktabi
Telegram: @ptma_myim

Murojaat va takliflar uchun: @myimaloqa_bot
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Olimpiada

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Muhammadshokirova Ziyoda Azizbek qizi ona-tili fan olimpiadasidaning viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Ziyoda Muhammadshokirovaning kelgusidagi o‘qish va ijodiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇👇👇

Veb-sayt: www.mymaktab.uz
Facebook: https://www.facebook.com/muhammadyusuf.ijodmaktabi
Instagram:
https://instagram.com/m_yusuf_ijod_maktabi
Telegram: @ptma_myim

Murojaat va takliflar uchun: @myimaloqa_bot
#Abu_Rayhon_Beruniy
#1050_yilligi

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 avgust kungi "Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi ijodkor o‘quvchilari tomonidan o‘‘zining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim, Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini yanada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida viloyatning chekka hududlarida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

❇️Baliqchi tumanining chekka hududlarida joylashgan 19-umumiy o‘rta ta'lim hamda 59-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda uning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini targ‘ib etishga qaratilgan ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

♻️O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi mas'ul hodimi, uyushma a'zosi Sardor Sirojiddin, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori o‘rinbosari Nigora Yunusova, Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi Baliqchi tumani bo‘limi rahbari Shavkat Mamatqulovlar ishtirok etib, Abu Rayhon Beruniyning hayotiga oid ma’lumotlar, uning ilmiy-ma’rifiy asarlari jamlangan ma'naviy boyliklari yuzasidan nutq so‘zladilar.

Tadbir davomida Abu Rayhon Beruniyning hayoti va faoliyati yuzasidan ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiy chiqishlar namoyish etildi.

♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇👇👇

Veb-sayt: www.mymaktab.uz
Facebook: https://www.facebook.com/muhammadyusuf.ijodmaktabi
Instagram:
https://instagram.com/m_yusuf_ijod_maktabi
Telegram: @ptma_myim

Murojaat va takliflar uchun: @myimaloqa_bot