Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
870 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактабида Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси, Республика Маънавият ва маърифат маркази ва Ёшлар ишлари агентлиги томонидан "Янги Ўзбекистоннинг ёшлари, бирлашайлик!" шиори остида "Дуэл" ижодий танлови ўтказилди.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси раисининг ўринбосари Ботиржон Эргашев, Ёшлар ишлари агентлиги бошқарма бошлиғи Шерзод Олимов, Ёзувчилар уюшмаси ёш ижодкорлар билан ишлаш бўлими бошлиғи Алишер Боймуродов, Ёзувчилар уюшмаси вилоят бўлими бошлиғи, шоира Хуршида Ваҳобжон қизи, Республика Маънавият ва маърифат маркази вилоят бўлими бошлиғи Зилола Тоштемировалар иштирок этган тадбирда 28 нафар ёш ижодкорлар беллашди.

Танловда Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзолари Фарид Усмон, Восит Аҳмад ва Шаҳло Ҳамидовалар ҳакамлик қилди.

Танлов якунида иштирокчилар ташкилотчилар томонидан диплом, сертификат, қимматбаҳо совғалар ҳамда бадиий китоблар билан тақдирланди.
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Ҳукумати Раисининг ўринбосари, саноат ва савдо вазири, қўшма Ҳукуматлараро комиссия ҳамраиси Денис Мантуров бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Российской Федерации во главе с заместителем Председателя Правительства, министром промышленности и торговли, сопредседателем совместной Межправительственной комиссии Денисом Мантуровым.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
25 oktabr Ichki ishlar organlari hodimlari kuni

Sizda orom qayda,
Sizda tin qayda.
Siz to’yib uxlagan bitta tun qayda.
El-yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin Sizni har joyda!..

Sizni uchrataman tog’da, dalada,
Xizmatda hamisha, qorda, jalada.
Sizga sabot bersin, Sizga kuch bersin,
Buyuk zotlar ruhi shunday pallada.

Har kun oftob bilan sog’ ko’rishib yuz,
Uydan omon chiqib, omon qaytingiz.
Rizqi ulug’ bo’lsin, ko’ksi ulug’ bo’lsin,
Xonadoningizu mamlakatingiz.

Yo’llar ravon bo’lsin, yo’llar oq bo’lsin,
Bahor maysalari ko’kchiroq bo’lsin.
Burchga sadoqatli ey fidoyilar,
Pokligingiz sizga ko’zmunchoq bo’lsin!..

Sizda orom qayda, Sizda tin qayda.
Siz to’yib uxlagan bitta tun qayda.
El-yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin Sizni har joyda.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👉@ptma_myim
TANLOV NATIJALARI E'LON QILINADI

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi. G‘oliblar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadilar.

OLIY TA’LIM MUASSASALARI O‘RTASIDA

1- o‘rinni egallagan Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Muxtorova Hafiza sertifikat, “Imom Moturidiy” romani, “Jadidlar” sakkiz jildli kitoblar to‘plami va Xiaomi MI Band 7 Pro smart soati bilan;

2- o‘rinni egallagan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi Yosinxon Ahmadxanov sertifikat, "Imom Moturidiy" romani, “Jadidlar” sakkiz jildli kitoblar to‘plami va Xiaomi Mibro Watch X1 smart soati bilan;

3- o‘rinni egallagan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistanti Yahyobek Hayitaliyev sertifikat, "Imom Moturidiy" romani, “Jadidlar” sakkiz jildli kitoblar to‘plami va Xiaomi Mibro Lite smart soati bilan taqdirlanadi.

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI O‘RTASIDA

1- o‘rinni egallagan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Yusupova Shodiya sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

2- o‘rinni egallagan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Visola Tursunova sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

3- o‘rinni egallagan Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

Rag’batlantiruvchi o‘rin – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

💐 Gʻoliblarni tabriklaymiz!

G‘oliblarni taqdirlash marosimi oktyabr oyi oxirida o‘tkaziladi, sovrindorlardan quyidagi 👉@moturidiyuz_bot👈 telegram manziliga murojaat qilishlarini so‘ raymiz.

🔻Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok | moturidiy.uz
#Ruhiy_motivatsiya

#Ochiq_mashg'ulot

#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda " Ruhiy motivatsiya " mavzusida psixologik mashg'ulot tashkil etildi.

♻️Mashg'ulot jarayonida o'quvchilarning kayfiyatini ko'taruvchi qiziqarli o'yinlar hamda diqqatni va sezgirlikni oshirish kabi metodlardan foydalanildi.

Mashg'ulot jarayonida o'quvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda " Maqsadni natijaga aylantiring " nomli savol-javob metodidan foydalanildi.