Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Xorijiy_hamkorlik
PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI O'QITUVCHILAR BUYUK BRITANIYADA MALAKA OSHIRISHMOQDA!
🔴 Ayni damda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'qituvchilar delegatsiyasi Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida bo'lib turishibdi.
Mazkur delegatsiya tarkibida Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9 nafar ingliz tili o'qituvchisi ishtirok etmoqda.
📍Dastur doirasida ishtirokchilar uchun Nottingham Trent universiteti tomonidan universitet va maktablarga tashrif hamda malaka oshirish darslari rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Agentlik va Nottingham Trent universiteti o'rtasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik doirasida joriy yilning mart oyida ingliz tili o'qituvchilari uchun seminar-treninglar bo'lib o'tgan edi.
🔰Trening 3 kun offlayn, 8 hafta onlayn vebinar tarzida davom etdi. Ayni damda Buyuk Britaniyada malaka oshirayotgan 9 nafar o'qituvchi ushbu vebinarlarda faol ishtirok etgan va yakuniy esselar tanlovi natijalariga ko'ra saralab olindi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

ONA TILIM
Mustabidning zanjiriga boylangan sen,
Qancha yomgʻir,doʻlda qolib loylangan sen,
Bulbullarning xonishiga aylangan sen
Navoiydan qolgan buyuk meros tilim.
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim.
Dedilar-ki : "savodsizsan oʻz tiling yoʻq"
Sendan oldin yaralgan-ku "Devonu... turk".
"Oh" demadi yuragiga qadalsa oʻq,
Qadim turkiy bobolardan meros tilim.
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
Til-bu asli maʼnaviyatning nonu tuzi,
Til-bu asli bir millatning yorugʻ yuzi,
Oʻz tilingdan ayro boʻlsang unut oʻzni.
Avloniyu Behbudiydan meros tilim,
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
"Kecha-kunduz" koʻrdi qancha qaro tunlar,
Jozibasin koʻrsatganda "Oʻtgan kunlar",
Tomiringni choʻqib koʻrdi koʻr quzgʼunlar,
Choʻlpon, Fitrat, Qodiriydan meros tilim,
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
Bosib oʻtding yorugʻ-qaro zamonlarni,
Yuragingdan yulib tashla tikonlarni,
Vaqti keldi endi gulgun davronlarni.
Men oʻzbekman, buyuk xalqdan meros tilim,
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
✍️Roʻzimannopova Rohilaxon
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinf oʻquvchisi
👉@ptma_myim

Асака туманидаги "Avtokomponent" масъулияти чекланган жамияти масъуллари иштирокида "Қадринг баланд бўлсин она тилим" мавзусида давра суҳбати ўтказилди.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактабининг олий тоифали она тили фани ўқитувчиси Шаҳло Ҳамидова ўзбек тилига давлат тили мақомининг берилиши халқимизнинг миллий мустақилликка эришиш йўлидаги муҳим силжишлардан бири бўлганлиги, она тилимизнинг бор гўзаллиги ва жозибасини тўла намоён этиш билан бирга, уни илмий асосда ривожлантириш борасида ҳам кенг имкониятлар яратилганлиги ҳақида маъруза қилди.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоир Сардор Сирожиддин ва "Мард ўғло" давлат мукофоти совриндори, ижод мактабининг 11-синф ўқувчиси Акмал Абдураҳмоновлар она тилимизни мадҳ этувчи ижод намуналари ўқиб берди.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Esselar_tanlovi
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Andijon viloyat xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda 21- oktabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabatini nishonlash maqsadida esselar tanlovi tashkil etildi.
♻️ Esselar tanlovida viloyatdagi barcha umumta'lim maktablarining eng iqtidorli o'quvchilari o'zaro bellashdilar.
✅ Esselar tanlovi natijalari 21- oktabr kuni " Iftixorimsan,ona tilim" mavzusida bo'lib o'tadigan adabiy-badiiy tadbirda e'lon qilinadi hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

✍ Shafiqa Yorqin (Shvetsiya)
Kozim Aminiy (Afg‘oniston)
Abdulg‘ofur Levol (Pokiston)
✍ Shafiqa Yorqin (Shvetsiya)
Kozim Aminiy (Afg‘oniston)
Abdulg‘ofur Levol (Pokiston)
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Ашхобод шаҳрига келди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Ашхабад с официальным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter