Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#tanlov
✅Xabaringiz bor, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Сambridge University Press” nashriyoti ishlab chiqqan o‘quv-metodik adabiyotlarni mahalliylashtirish maqsadida tanlov tashkil etilgan edi.
📆 13-14-oktabr kunlari tanlov doirasida fizika va biologiya fani mutaxassislarini saralash jarayonlari ikki bosqichda bo'lib o'tdi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest
#Axborot_xizmati
🔰 Prezident taʼlim muassasalari agentligi va uning tizimidagi taʼlim muassasalarida hafta davomida sodir boʻlgan muhim xabar va yangiliklar bilan "Dayjest" dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
A'zo bo'ling:
➡️https://t.iss.one/hilola_umarova
➡️https://t.iss.one/D_Sobirova_PIIMA

✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
ONA TILIM
Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She'r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.
Tililm turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam "erkam" deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim,
Paravozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, ma'danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,
Katta millat-Afandisi yo‘qdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen bo‘lmasang nima bizga silliq she'rlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar,
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam har shevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar,
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ulgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.
👉@ptma_myim

Ona tilim
Ona tilim, jonu dilim,
Senda ilhom, senda bilim.
Moziylarga tashlasam kòz,
Soqovdirsan yiģlaydi sòz.
Kòrdi kesib, kòrdi chopib,
Buloq kòzin bòlmas yopib.
Ne-ne zotlar yòlda toldi,
Oybek tilin tishlab qoldi.
Necha zamon otdilar tosh,
Yangrayverding kòtarib bosh.
Ulģaydin sen yòrgaklarda,
Tili chiqqan gòdaklarda.
Bugun baxtdan sarmast dilim,
Sen- la obod òngu sòlim!
Ona tilim, jonu dilim,
Senda ilhom, senda bilim.
✍Madinaxon Obidova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi

ОНА ТИЛИМ
Бобомерос тилим, жон она тилим,
Туркиён юракнинг қат-қатида сен.
Гулсевар булбулга дугона тилим,
Қошғарий бобомнинг луғатида сен.
Ҳусни латиф бўлдинг, мафтункор бўлдинг,
Минг бир дарсхонада жарангдор бўлдинг,
Муаллим, мударрис, улуғвор бўлдинг,
Яссавий бобомнинг ҳикматида сен.
Қадим Энасойнинг тошхати ўзинг,
Мумтоз асарларнинг бошхати ўзинг,,
Муборак «Ҳамса »нинг иззати ўзинг,
Хазрат Навоийнинг дастхатида сен.
Қум тўзон қўпориб келган не ёвуз,,
Зулмларин ютиб юмилмаган кўз,
Лабларда гаҳи най, гаҳи чанқовуз,
Ғаюрнинг турфа ранг кулфатида сен.
Сени суйган кўнгил бўлибдир осмон,
Осмон бўлиб яшаш эмасдир осон,
Сени суйганларнинг қанчаси қурбон,
Ўзбегим сабрида, тоқатида сен.
Сен элимга Хақнинг берган инъоми,
Кун сари тўлару тўкилмас жоми
Ярашиқ сифотинг Давлат мақоми,
Сўзондил сандувоч сувратида сен.
Сен-ей, мулки жоним, ҳуқуқим, ҳаддим,
Зебигардоним деб манглайга тақдим,
Борсанки бор эрур сафларда қаддим,
Дунёмизнинг мумтоз рўйхатида сен.
Замираман десам овозим - тилим
Субҳичоғ мадҳиям, парвозим - тилим,
Боламга қолдиргич меросим - тилим,
Мангусан мангулик хилқатида сен.
✍️Замира РЎЗИЕВА
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, Халқаро Бобур мукофоти соҳибаси

#Ertalabki_saflanish
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ertalabki saflanish bo'lib o'tdi.
♻️ Ertalabki saflanishda 8-D sinf o'quvchilari "Ma'naviyat nonushtasi " ruknida O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag'ishlangan dastur namoyish qildilar.

Moziylarning quchoģida sen barhayot
Sadolari yangroģimsan, ona tilim!
Ajdodlarim ash'orida mangu bayot
Orim kabi ardoģimsan, ona tilim!
Sensiz mening sha'nim xarob, taqdirim gung
Kimlar gòzal jozibangni qildi gurung,
Lablaringdan ketdi kulgu, ketmadi mung,
Yetmish yillik firoģimsan, ona tilim!
Sen Navoiy bitib ketgan doston eding,
Boyqarodan qolgan ģazal- bòston eding,
Uluģbekni olim qilgan osmon eding,
Shiroq tutgan mayoģimsan, ona tilim!
Chòlponimsan, Usmonimsan, Fitratimsan,
Forsiylarni lol aylagan fikratimsan,
Shoh Boburdan qolgan aziz dastxatimsan,
Kulib turgan qaroģimsan, ona tilim!
Sen borsanki, Abdullolar hayot- uyģoq,
Va Muhammad Yusufingda shonli bayroq,
Quvonchimdan tillarimda shirin titroq,
Sònmas chashma buloģimsan, ona tilim!
✍️Shahlo Hamidova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi

#Xorijiy_hamkorlik
PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI O'QITUVCHILAR BUYUK BRITANIYADA MALAKA OSHIRISHMOQDA!
🔴 Ayni damda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'qituvchilar delegatsiyasi Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida bo'lib turishibdi.
Mazkur delegatsiya tarkibida Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9 nafar ingliz tili o'qituvchisi ishtirok etmoqda.
📍Dastur doirasida ishtirokchilar uchun Nottingham Trent universiteti tomonidan universitet va maktablarga tashrif hamda malaka oshirish darslari rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Agentlik va Nottingham Trent universiteti o'rtasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik doirasida joriy yilning mart oyida ingliz tili o'qituvchilari uchun seminar-treninglar bo'lib o'tgan edi.
🔰Trening 3 kun offlayn, 8 hafta onlayn vebinar tarzida davom etdi. Ayni damda Buyuk Britaniyada malaka oshirayotgan 9 nafar o'qituvchi ushbu vebinarlarda faol ishtirok etgan va yakuniy esselar tanlovi natijalariga ko'ra saralab olindi.