Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
884 subscribers
8.17K photos
862 videos
50 files
1.84K links
Download Telegram
#Mahorat_darsi

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida navbatdagi mahorat darslari o‘tkazildi

❇️"Jamiyat" gazetasining bosh muharriri Maqsud Jonixonov ishtirokida o‘tkazilgan mahorat darslari jurnalistikaning oltin qoidasiga qaratildi.

Qiziqarli tarzda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda ijodkor o‘qvchilar tomonidan ijod namunalari havola etildi.

👉@ptma_myim
#Usmon_Nosir

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari, shoira Hurshida Vahobjon qizi ishtirok etib, o‘quvchilarga Usmon Nosir hayoti va ijodi yuzasidan so‘zladi.

❇️ Ijodkor o‘qvchilar tomonidan Usmon Nosir qalamiga mansub she'rlar havola etildi.

👉@ptma_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_travel

#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Farg'ona viloyati Rishton tumanidagi "Milliy hunarmandchilik markazi" ga sayohat qildilar.

♻️ Sayohat davomida o'quvchilar milliy hunarmandchilik turi kulolchilik san'atining nozik va mashaqqatli sir-asrorlaridan habardor bo'ldilar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

"Jubba" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"
#tanlov

Xabaringiz bor, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Сambridge University Press” nashriyoti ishlab chiqqan o‘quv-metodik adabiyotlarni mahalliylashtirish maqsadida tanlov tashkil etilgan edi.

📆 13-14-oktabr kunlari tanlov doirasida fizika va biologiya fani mutaxassislarini saralash jarayonlari ikki bosqichda bo'lib o'tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest
#Axborot_xizmati

🔰 Prezident taʼlim muassasalari agentligi va uning tizimidagi taʼlim muassasalarida hafta davomida sodir boʻlgan muhim xabar va yangiliklar bilan "Dayjest" dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

A'zo bo'ling:

➡️https://t.iss.one/hilola_umarova
➡️https://t.iss.one/D_Sobirova_PIIMA

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

ONA TILIM

Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She'r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.
Tililm turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam "erkam" deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim,
Paravozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, ma'danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,
Katta millat-Afandisi yo‘qdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo‘lmasang nima bizga silliq she'rlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar,
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar,
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ulgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

👉@ptma_myim
Ona tilim

Ona tilim, jonu dilim,
Senda ilhom, senda bilim.

Moziylarga tashlasam kòz,
Soqovdirsan yiģlaydi sòz.

Kòrdi kesib, kòrdi chopib,
Buloq kòzin bòlmas yopib.

Ne-ne zotlar yòlda toldi,
Oybek tilin tishlab qoldi.

Necha zamon otdilar tosh,
Yangrayverding kòtarib bosh.

Ulģaydin sen yòrgaklarda,
Tili chiqqan gòdaklarda.

Bugun baxtdan sarmast dilim,
Sen- la obod òngu sòlim!

Ona tilim, jonu dilim,
Senda ilhom, senda bilim.

Madinaxon Obidova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi

👉@ptma_myim
ОНА ТИЛИМ

Бобомерос тилим, жон она тилим,
Туркиён юракнинг қат-қатида сен.
Гулсевар булбулга дугона тилим,
Қошғарий бобомнинг луғатида сен.

Ҳусни латиф бўлдинг, мафтункор бўлдинг,
Минг бир дарсхонада жарангдор бўлдинг,
Муаллим, мударрис, улуғвор бўлдинг,
Яссавий бобомнинг ҳикматида сен.

Қадим Энасойнинг тошхати ўзинг,
Мумтоз асарларнинг бошхати ўзинг,,
Муборак «Ҳамса »нинг иззати ўзинг,
Хазрат Навоийнинг дастхатида сен.

Қум тўзон қўпориб келган не ёвуз,,
Зулмларин ютиб юмилмаган кўз,
Лабларда гаҳи най, гаҳи чанқовуз,
Ғаюрнинг турфа ранг кулфатида сен.

Сени суйган кўнгил бўлибдир осмон,
Осмон бўлиб яшаш эмасдир осон,
Сени суйганларнинг қанчаси қурбон,
Ўзбегим сабрида, тоқатида сен.

Сен элимга Хақнинг берган инъоми,
Кун сари тўлару тўкилмас жоми
Ярашиқ сифотинг Давлат мақоми,
Сўзондил сандувоч сувратида сен.

Сен-ей, мулки жоним, ҳуқуқим, ҳаддим,
Зебигардоним деб манглайга тақдим,
Борсанки бор эрур сафларда қаддим,
Дунёмизнинг мумтоз рўйхатида сен.

Замираман десам овозим - тилим
Субҳичоғ мадҳиям, парвозим - тилим,
Боламга қолдиргич меросим - тилим,
Мангусан мангулик хилқатида сен.

✍️Замира РЎЗИЕВА
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, Халқаро Бобур мукофоти соҳибаси