Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
867 subscribers
8.26K photos
864 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
🔰BILIMDON O‘QUVCHILAR “ZAKOVAT”da BELLASHDILAR

6-oktabr kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internati, Andijon shahridagi Prezident maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri o‘tkazildi.

Turnir Andijon shahrida joylashgan 1-son ixtisoslashgan maktab-internatida o‘tkazildi. Zakovat turnirini Prezident taʼlim muassasalari agentligi Andijon viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i Rasuljon Karimov ochib berdi.

Zakovat bellashuvida viloyatning Agentlik tizimidagi 15 ta jamoa ishtirok etdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni Baliqchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabining «Everest» jamoasi qo‘lga kiritdi.

Ushbu Zakovat turniri o‘quv yili davomida to‘plangan ballar asosida bosqichma-bosqich o‘tkazilishi davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Mahorat_darsi

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida navbatdagi mahorat darslari tashkil etildi.

XX asr o’zbek adabiyoti xususiyatlari: Said Ahmad, Abdulla Qahhor, G‘ofur G‘ulom asarlarining mazmun-mohiyati mavzusida o‘tkazilgan mahorat saboqlarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, hajivchi-yozuvchi Vosit Ahmad ishtirok etdi.

❇️Savol-javob tarzida o‘tgan mashg‘ulotlar davomida ijodkor o‘quvchilar o‘zlarini mashqlarini o‘qib berdi.

👉@ptma_myim
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#psixologik_faoliyat


🔅Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida psixolog R. Ergashova tomonidan 8,,B'' sinf o'quvchilariga ,,Art Terapiya'' mavzusida trening o'tkazildi. Bu treningdan asosiy maqsad o'quvchilarda ruhiy zo'riqishni oldini olish,ularga ruhiy xotirjamlik berish va o'quvchining ijodkorlik qobiliyatini yanada rivojlantirishdan iboratdir.

🔅On October 7, 2022 of this year, psychologist R. Ergashova conducted a training on "Art Therapy" for the 8th grade students at the Muhammad Yusuf creative school. The main goal of this training is to prevent mental stress in students, to give them mental peace and to further develop the student's creativity.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilim_doirasida
#Inteluktual_ring

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi hamda "Madaniyat va maʼrifat" telekanali bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan "Bilim doirasida" ko‘rsatuvi yangi o‘quv yilidan yana efirda

"Bilim doirasida" ko‘rsatuvining bu galgi sonida Erkin Vohidov hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarining o‘quvchilari bellashishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ekologiya
#Ekologik_madaniyat
#Seminar

🔰FAO eksperti Prezident maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darsi bolib o‘tdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) sabzavot yetishtirish bo‘yicha xalqaro eksperti Leone Magliochetti Lombi O‘zbekistonga tashrifi doirasida Namangan Prezident maktabi o‘quvchilari uchun o‘quv seminari o‘tkazdi.

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini barqaror rivojlantirish uchun innovatsiyalar va yangi raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligida qo‘llash” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Mutaxassis bolalarni gidroponika va aeroponika kabi o‘simliklarni yetishtirish usullari bilan batafsil tanishtirdi, shuningdek, butun dunyoda faol joriy etilayotgan “vertikal dehqonchilik” texnologiyasining xususiyatlari haqida gapirib berdi.

Batafsil...