Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
882 subscribers
8.5K photos
873 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
#Flashmop

#Ertalabki_saflanish

#Muhammad_Yusuf_ijod_maktabi

❇️ 27.09.2022 yil kuni Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning sog'lig'iga hamda kayfiyatiga  ijobiy ta'sir ko'rsatish maqsadida flashmob o'tkazildi.

🔰 Shundan so'ng O'zbekiston Resbuplikasi Davlat madhiyasi o'quvchilar tomonidan kuylandi.

  "Ertalabki saflanish" da 7- B sinf o'quvchilari "Milliy va zamonaviy uyg'unlik" mavzusida qiziqarli savollar bilan o'quvchilarga tonggi kayfiyat ulashdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat

#Muhammad_Yusuf_ijod_maktabi


27.09.2022 yil kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf ijod maktabida The smarts ,The bests,Chaqmoqlar,Blossom,Magik brain jamoalari o'zaro bellashdilar.

Zakovat turnirining birinchi bosqichida Blossom va Chaqmoqlar jamoasi 5 ball bilan g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Zakovat turnirining ikkinchi bosqichida esa Chaqmoqlar jamoasi 9 ball bilan g'oliblikni,Blossom va Magik brain jamoasi 8 ball bilan ikkinchi o'rinni,The smarts 7 ball bilan uchinchi o'rinni qo'lga kiritdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-OKTABR "O'QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI" | ROLIK 27.09.2022 YIL

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ISLOHOTLAR RAQAMLARDA

☑️ SHHTning Samarqand sammiti bo‘yicha 5 ta fakt


📝 1-fakt: Sammit qatnashchilari tarkibi va dasturi

📝 2-fakt: Qabul qilingan hujjatlar va erishilgan kelishuvlar

📝 3-fakt: “ShHT oilasi”ning va hamkorlik ufqlarining kengayishi

📝 4-fakt: ShHT sammitidagi O‘zbekiston tashabbuslari

📝 5-fakt: Sammit ishining xalqaro media-makonda yoritilishi

📹 Batafsil: videolavhada
#Xalqaro_hamkorlik
#Fransiya

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aurelia Bushez bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Agentlik tizimidagi maktablarda fransuz tilini o'qitish bo'yicha hamkorlik qilish, Fransiyadan pedagog-kadrlarni jalb etish va istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

❗️Shuningdek, elchi Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan tanishtirildi.
O'zaro uchrashuv davomida Agentlik va tizimdagi maktablar faoliyati yuzasidan ma'lumot berildi.

👉
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1_oktabr Ustoz va murabbiylar kuni

Bir sharif tingladim yop-yorug‘ kunda,
Angladim Iymon ne, ne erur Ixlos.
Biror bir dunyoviy davo yo‘q menda,
Sizni Alloh uchun suydim, ey, ustoz.

👩‍🏫Malikaxon Berdiyevar
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi yurtimizdagi barcha ustoz-murabbiylarni 1 oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

👉Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi @ptma_myim
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
1 октябрь "Устоз ва мураббийлар куни"

Байрамингиз муборак бўлсин, азиз устоз-мураббийлар!

УЛУҒ ЗОТ

Меҳр излар инсон мудом даҳр ичра,
Сеҳр излар саховатли самоватдан.
Гар маърифат ёрдир нурли эрур чеҳра,
Юракда жо бўлса агар илму урфон.

Кимни қандай ташвиш ўртар,
Кўнгилни дард,
Бир илиқ сўз айтмоқ жоиз, келмай малол,
Ғанимат бу умр уммонидан абад
Ишқ булоғин излаб ўтгаймиз эҳтимол?

Аммо бир зот борки, унга қодир Аллоҳ
Туҳфа этмиш бор меҳр ва саховатни,
Ҳар дам сенинг дардинг ила бедор, огоҳ,
Миннат билмас,
Ўйламас ҳеч ҳаловатни.

Сенинг юксак камолингни ўйлаб яшар,
Бору йўғи, инояти – илму зиё,
Минг эҳтиром, таъзим бажо айлар башар,
Унинг минг бир хислатидан пойдор дунё.

Устоздир ул самолардан юксак бағир,
Устоздир ул замин ичра улуғ калом.
Ул зот сабаб даҳоларни кўрмиш даҳр,
Ул зот сабаб камолотга ёр бу олам.

Ватан янглиғ азиз, юртдек муқаддас, деб,
Дил тўрида асрагаймиз устоз, номинг,
Ҳар он сенинг бир корингга ярар дастдек,
Кўз нурида асрагаймиз устоз, номинг!

Қутламоқда бу кун Ватан шараф-шонинг.

Хуршида Ваҳобжон қизи
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоира
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Xorijiy_hamkorlik
#UNESCO
#Turkiya

🔴 Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan konferensiyada ishtirok etishmoqda.

Konferensiyada, shuningdek UNESCOning O'zbekistondagi vakolatxonasi, Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ham qatnashishmoqda.

Tadbir o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo’yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish global tadqiqot loyihasi doirasida tashkil etilgan bo'lib, unda oxirgi yillarda o'qituvchilarning sifatli malaka oshirish yondashuvlari tadqiqoti natijalari mukohama qilinmoqda.

Mazkur konferensiya doirasida:

▶️ "O‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish"ning TDP@Scale loyihasi doirasida mazkur mamlakatlarda amalga oshirilgan tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashish,

▶️AKT vositalari yordamida malaka oshirish jarayoni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr va tajriba almashish ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, TDP@Scale loyihasi Prezident ta'lim muassasalari agentligi, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Аbdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti hamda GPE KIX (Ta'lim sohasidagi bilimlar va innovatsion almashuv bo‘yicha global hamkorlik) tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

📆Konferensiya 26-30-sentabr kunlari bo’lib o’tadi.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube