Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
870 subscribers
8.4K photos
869 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
#Mustaqillik_darsi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Mustaqillik darslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova tomonidan o‘tkazilgan Mustaqillik darslarida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ma'naviyatimizni shakllantirish, Prezidentimizning “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoyalari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlari ilgari surildi.

@ptma_myim
#Ijod_maktablari
#Биринчи_қўнғироқ
#Янги_Ўзбекистонда_эл_азиз_инсон_азиз

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida ham "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri bo'lib o'tdi.

Jumladan:

▶️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida yangi o'quv yili "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida "Men Yangi O'zbekiston farzandiman" mavzusidagi mustaqillik darslari bilan boshlandi.

▶️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida mustaqillik darslarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

▶️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami tantanalari va “Men Yangi O‘zbekiston farzandiman” shiori ostida yangi 2022-2023-o‘quv yilining ilk kunida mustaqillik darsi tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

▶️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Birinchi qo'ng'iroq” tadbirida faxrli mehmonlar, ustoz-murabbiylar, ota-onalar va o'quvchilar ishtirok etdi.

▶️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri doirasida Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat bo'limi mas'ullari ijod maktabiga tashrif buyurib, 8 jilddan iborat bo'lgan kitoblar to'plamini o'quvchilarga taqdim etishdi.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент матбуот котиби Шерзод Асадов:

Мактаб дарсликлари ва машқ дафтарларининг ижара тўловлари миқдорлари кескин оширилиши муносабати билан кенг жамоатчилик, ота-оналар томонидан билдирилган эътирозлар юзасидан Президентимизга ахборот берилди.

Мактаб дарсликлари болаларнинг умумий ўрта таълим олишида фавқулодда муҳим ўрин тутишини ҳисобга олиб ҳамда мактаб ўқувчилари ва уларнинг ота-оналарини, қонуний вакилларини қўллаб-қувватлаш, ижтимоий адолатни таъминлаш мақсадида давлатимиз раҳбари Вазирлар Маҳкамаси ва Халқ таълими вазирлигига мактаб дарсликлари ва машқ дафтарларини бепул ижарага беришни тезкор йўлга қўйиш юзасидан топшириқ берди.

Пресс-секретарь Президента Шерзод Асадов:

Президенту доложено о возражениях широкой общественности и родителей по поводу резкого повышения арендной платы за школьные учебники и рабочие тетради.

Принимая во внимание, что школьные учебники играют исключительно важную роль в общем среднем образовании детей, а также в целях поддержки школьников, их родителей и законных представителей, обеспечения социальной справедливости глава государства поручил Кабинету Министров и Министерству народного образования принять безотлагательные меры по организации бесплатной аренды школьных учебников и рабочих тетрадей.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
KETIB QOLDIM...

Ketdim uydan, koʻnmay qiynov-qistovga,
Dedim: - Ona, aytib qoʻying anovga.
Momosini koʻrsataman agar u
Men yoʻgʻimda tegib ketsa birovga...

Nima qilsam sheʼr ishqida qildim men,
Sheʼrimni deb yigʻladim men, kuldim men.
Orzularim osmon qadar boʻlsa ham,
Mendan shoir chiqmas ekan, bildim men.

Bildim, ilhom izlab shomu sahardan,
Sheʼr azobi yomon ekan zahardan.
Yuragingda boʻlmasa har shoirlik,
Naf yoʻq ekan har qanaqa shahardan.

Ammo uyga qaytay desam, biz qolib,
Gulday qizin quchogʻiga muz solib,
Tishlarini qayrab bugun qishloqda,
Qoʻshnim turar qoʻltigʻiga tuz solib...

Momosini koʻrsataman kelsa deb.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Bilimlar kuni" va Mustaqillik darslari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

👉@ptma_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Андижон вилояти ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмоновнинг Андижон халқига йўллаган мурожаати

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan Respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan maktablar Prezident ta'lim muassasalari agentligi tarkibiga o‘tkazildi va qayta tashkil etildi.

O‘tgan qisqa vaqt ichida mazkur maktab va maktab-internatlar uchun eng malakali, zamonaviy fikrlaydigan pedagoglarni 3 bosqichli sinovdan o‘tkazib, saraladik. Bundan tashqari 300 mingga yaqin o‘quvchilar ham test imtihonlaridan o‘tishdi.

Saralash jarayonlari yakuniga yetdi va endi Respublikamizdagi barcha yangi ixtisoslashtirilgan maktablarda navbati bilan ochilish tadbirlarini o‘tkazilmoqda.

O‘zim ham ikki kun davomida Samarqand viloyatining Paxtachi, Navoiyning Konimex tumanlari, Andijon shahri va Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanlaridagi maktablarning ochilish tadbirlarida ishtirok etdim. Maktablarda yaratilgan sharoitlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, ishonch hosil qildim.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek yurtimizning chekka-chekka hududlarida ham barcha sharoitlarga ega maktablar tashkil etildi. Umid qilamanki, bu yerda bilimga chanqoq yoshlar jonkuyar ustozlar qo'lida ta'lim olishadi va yurtimizning ertasi uchun zarur kadrlar bo'lib yetishadilar.

Yurtimiz azaldan iste'dodlar yurti. Мaqsadimiz shu iqtidorlarni kashf etish, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda ko'maklashish va yosh avlodning sifatli ta'lim olishiga hissa qo'shgan holda yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishdan iborat.

Shu o'rinda yana bir bor barchangizni yangi o'quv yili bilan tabriklab, o'qish va ishlaringizda muvaffaqiyat hamda zafarlar tilab qolaman. Unutmangki, biz sizni bilim olishingiz, yangi cho'qqilarni zabt etishingizda qo'llab-quvvatlashga doimo tayyormiz.