Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
870 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев “Янги Ўзбекистон” боғидаги Мустақиллик монументи пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию монумента Независимости в парке "Янги Узбекистон".

#Mirziyoyev #marosim #monument #Mustaqillik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Raqamli_avlod_oromgohi
#Taqdirlash_marosimi

Joriy yilning 30-avgust kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation" NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan"Raqamli avlod-2022” inklyuziv IT oromgohi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi:

- "Raqamli avlod IT oromgohi" har yili axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni o'zida qamrab oluvchi yaxshi an'anaga aylanib bormoqda. Yoshlarimiz bu oromgoh davomida ko'plab yangi bilimlarga ega bo'lish bilan bir qatorda yangi do'stlar ham orttirishmoqda. Bu quvonarli holat, albatta. Mazkur oromgoh va darslarni o'ziga xos taassurotlar bilan eslashingizga aminman. Kelgusi faoliyatingizda ham zafar yor bo'lsin!

Tadbir doirasida, shuningdek o‘quvchilarning loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, trening ishtirokchilari va mentor-o’qituvchilar sertifikat hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

📌Ma'lumot uchun, mazkur inklyuziv IT oromgoh 25-avgustdan 30-avgustga qadar bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar 8 yo'nalish doirasida tajribali mentorlardan saboq olishdi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣Prezident maktablariga kirish imtihonlari 2-bosqichidan o'tolmagan o'quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2022-2023-o'quv yilida Prezident maktablari kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o'qishga kira olmagan talabgorlar o‘zlari ta'lim oladigan hududda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablardan biriga o'qish uchun ariza topshirishi mumkin.

❗️Bunda ular kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida IMTIHONSIZ mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

Talabgorlarning ota-onalari ixtisoslashtirilgan maktabga borib, direktori nomiga o'qishga qabul qilishni so‘rab ariza bilan murojaat etishlari lozim.

⚡️Agar belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish istagini bildirsa, ustunlik 2-bosqich imtihonidan yuqori ball to'plagan talabgorga beriladi.

SHOSHILING
!

📆Arizalar 8-SENTABRGACHA (shu kuni ham) qabul qilinadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar!

Barchangizni eng ulug', eng aziz bayram - O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bilan chin ko'ngildan tabriklayman.

Yurtimiz rivoji, jamiyat taraqqiyoti yo'lida amalga oshirayotgan ulkan ishlaringizda muvaffaqiyat va zafarlar tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo'lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Hilola Umarova,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori
#Tabrik

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi rahbariyati barcha vatandoshlarimizni Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Qadrli do‘stlar bugun biz vaqtning azim daryodek shiddat bilan o‘tishiga yana bir bor guvoh bo‘lib, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qo‘ymoqdamiz. Ayni shu lahzalarda 31 yil davomida boshimizdan kechirgan kunlarimizi, yon-atrofimizda bo‘lib o‘tgan tashvishli va quvonchli voqealarni, amalga oshirgan ishlarimizni beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazamiz, shu kunlarga yetkazgani uchun Yaratganimizga shukronalar bildiramiz.

Shunday shukuhli damlarda har qaysi inson ayni shu daqiqalarda qalbida saqlab kelayotgan ezgu orzu-umidlarning ushalishini, oilasi, yaqinlari, ona yurti tinch-omon bo‘lishini xayolidan o‘tkazadi.

Shunday ekan, Vatanimiz tinch, yurtimiz obod, oilalarimiz mustahkam, dasturxonimiz to‘kin bo‘lsin.

Yana bir bor eng ulug‘, eng aziz bayramimiz muborak bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
#Tabriknoma
#Mustaqillik_31_yil

Aziz yurtdoshlar!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan kundir. Bu kun har bir millatdoshimiz qalbida ulkan faxr va ehtirom tuyg'ularini uyg'otadi.

Barchangizni ayyom bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga mustahkam sog'liq, tinchlik-xotirjamlik va ishlaringizga rivoj tilaymiz!

#Ayyom_muborak

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз бир йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 31-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter