Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.03K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
QIZ QOʻSHIGʻI

Har oʻtganga moʻltirab,
Sogʻinadi onalar,
Sogʻinganda yoʻl qarab,
Ogʻrinadi onalar.
Sizga ilhaq olisda
Qadrdon ostonalar,
Sogʻintirmang onangiz,
Ey munis dugonalar!..

Yoshlik oʻtar, bu uyni
Bir kun tark ham etarsiz,
Yor-yor aytib yangalar,
Kelin boʻlib ketarsiz.
Ota uyning qadriga
Balki shunda yetarsiz...
Koʻzingizdan tomchilar
Munchoq-munchoq donalar.

Garchi Sizdan suluv yoʻq,
Qizlar qalamqoshisiz.
Umr kunda bayrammas,
Oʻtmaydi koʻz yoshisiz.
Malika boʻlsangiz ham
Palaxmonning toshisiz,
Boʻy yetgandan keyin hech
Ketmaydi bahonalar!..

Toʻydan keyin ham sizni
Sogʻinadi onalar,
Yoʻqlab bormas boʻlsangiz
Ogʻrinadi onalar.
Sizga ilhaq olisda
Qadrdon ostonalar,
Sogʻintirmang onangiz,
Ey munis dugonalar.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👉@ptma_myim
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘qituvchilari Masturaxon Latipjonovaning "Iste'dodlar maskani" va Muhayyoxon Ashurovaning "O‘quvchining erkin va mustaqil fikrlashida adabiyotning o‘rni" mavzusidagi maqolalari "Iqbol" gazetasining 20 avgust kungi sonida nashr qilindi.

👉@ptma_myim
#Yangi_darsliklar
#Ijod_maktablari

YANGI ADABIYOT DARSLIKLARI - TA'LIM TIZIMIGA YANGICHA YONDASHUV!

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari uchun yangi yondashuvdagi 8- va 9-sinf Adabiyot darsliklari ishlab chiqildi.

Ushbu darslik:
▶️o‘quvchilarning ijodkorlik,
▶️yaratuvchanlik,
▶️kreativ fikrlash,
▶️didaktik tahlil va asar matni ustida mushohada yuritish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

❗️Bundan tashqari, birinchi marta adabiyot darsligiga “Adabiy laboratoriya” kiritildi.

🔰Mazkur adabiyot darsliklarida o'quvchilar nafaqat mutolaa qilish, balki audio matnlarni ham tinglash imkoniyatiga ega bo'lishadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod
#Fotoreportaj

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" Xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation Uzbekistan" NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Raqamli avlod-2022" IT oromgohining 2-kunidan fotoreportaj.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI |ADABIY ANJUMAN 26.08.2022 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining rahbar va pedagog-kadrlari uchun “Muvaffaqiyat strategiyasi” nomli seminar-treninglarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Hilola Umarovaning video-murojaat orqali yig’ilganlarni samimiy tabrikladi:

- Har qanday taraqqiyot ta’limdan, maktabdan boshlanadi. Zero, sifatli ta’lim tizimi va malakali o’qituvchi hamma narsani o’zgartira oladi. Bugungi seminar-treninglar ham yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish va yangi metodikalarni o’zlqshtirishga qaratilgan. Mazkur bilimlar kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo’lishiga ishonaman.

❗️Tadbirda, shuningdek, o’quv yili davomida yuqori ko’rsatkichlar qayd etgan ustozlarga sertifikatlar topshirildi.

📍Ma’lumot uchun, treninglarda 300 ga yaqin rahbar va pedagog-kadrlar ishtirok etishmoqda.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube