Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
892 subscribers
8.54K photos
885 videos
50 files
1.88K links
Download Telegram
#Onlayn_ochiq_muloqot
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣DIQQAT, E’LON!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovi yakunlari yuzasidan ONLAYN OCHIQ MULOQOT tashkil etiladi!

✔️Unda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Dilshod Kenjayev va Xalq ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo’jayev ishtirok etishadi.

❗️Onlayn ochiq muloqotda qatnashib, o’zingizni qiziqtirgan barcha savollarga mas’ullardan to’g’ridan-to’g’ri javob olishingiz mumkin.

📍
Ochiq muloqot Prezident ta’lim muassasalari agentligining FACEBOOKdagi rasmiy sahifasida bo’lib o’tadi.

Vaqti: 26-IYUL 15:00

👉Ulanish uchun:
https://www.facebook.com/piima.uz

❗️Pedagoglar savollarini quyidagi manzilga yo'llashlari mumkin: https://t.iss.one/pmm_ustozbot

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
ИНСОН ҚАДРИ

Тирикликнинг ифоридай гуллар атри,
Булбул учун муқаддасдир бўстон қадри.
Булбул асло яшолмас ўз чаманисиз,
Инсон яшолмагай ҳаргиз Ватанисиз.
Яшнар экан токи давру замон қасри –
Бу Ватанда муқаддасдир инсон қадри.

Сен эгилиб чигит экдинг, пахта тердинг,
Шунча молу дунёйингни кимга бердинг?
Юз йил меҳнат қилдинг, косанг оқармади,
Халқим, толе сенга ҳам бир боқармиди?
Келди энди чин деҳқону, боғбон қадри,
Бу Ватанда муқаддасдир инсон қадри.

Миллатларни бирлаштирган ташкилотда
Сен ўзбекча сўйлар эдинг, Ўзбек ота.
Сен ўзбекча сўйлардинг – мен йиғлар эдим,
Уч юз етмиш томирим-ла тинглар эдим.
Баланд бўлди элда илму ирфон қадри,
Бу Ватанда муқаддасдир инсон қадри.

Келажакнинг кўркам қасру уйларида,
Тўйларида, маҳалла ҳам кўйларида –
Эллар, халқлар бирлашиб байрам бўлади,
Бу давронлар ҳали дув-дув гап бўлади.
Ўзбек учун муқаддасдир меҳмон қадри –
Бу Ватанда муқаддасдир инсон қадри.

Ўзинг қурдинг уч минг йиллик давлатингни,
Қадрига ет оринг, шаъну шавкатингни.
Бугун имон келтирди-ку рўйи жаҳон,
Ўзбекистон, ота макон, она макон.
Чин сарбонга қутлуғ бўлсин карвон қадри,
Бу Ватанда муқаддасдир инсон қадри,
Инсон қадри муқаддасдир, инсон қадри.

Сирожиддин Саййид,
Ўзбекистон халқ шоири
🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 7-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida ochiq eshiklar kuni bo'lib o‘tdi.

⚡️Ochiq eshiklar kuni jarayonida ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova йигилишни олиб борди. О'quvchilar va ota-onalarni qjziqtrigan savollariga javoblar berdi.

Shuningdek. ijod maktabi ichki tartib intizomi, kun tartibi, o'quv mashg'ulotlar, to'garaklar, yotoqxonadan foydalanish talablari haqida ma'lumot berildi.

❇️Tadbir davomida maktabda o'quvchi yoshlarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari, to'garak xonalari, bilan tanishtirildi.
🔰 Baliqchi tumanidagi "Shabboda" bolalar dam olish oromgohida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan "O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodi va faoliyatiga bir nazar" mavzuida mushoira tadbiri o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘istondan kelgan 200 nafar o‘quvchi yoshlar uchun ijod maktabining ijodkor o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

❇️Mushoira tadbirida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hamda qoraqolpoq shoiri Ibrohim Yusupov ijodidan namunalar o‘qildi.

@ptma_myim
📣📣DIQQAT!!!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovi yakunlari yuzasidan tashkil etiladigan onlayn ochiq muloqotni XALQ TA’LIMI VAZIRLIGIning FACEBOOK rasmiy sahifasi orqali ham kuzatishingiz mumkin.

👉Ulanish uchun: https://www.facebook.com/uzedu

👉Ochiq muloqotga ulanish havolasi: https://www.facebook.com/events/1235366143888077/

❗️Pedagoglar savollarini quyidagi manzilga yo'llashlari mumkin: https://t.iss.one/pmm_ustozbot
#Xushxabar
#A_level

⚡️14 TA PREZIDENT MAKTABINING BARCHASI XALQARO CAMBRIDGE IMTIHONLARINI O'TKAZUVCHI RASMIY MARKAZGA AYLANDI!

Xabar berganimizdek, xorijiy OTMlarga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o‘tkazish huquqi Prezident ta'lim muassasalari agentligiga berildi.

Hozirga qadar 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingan edi.

❗️Endilikda qolgan 10 ta Prezident maktabi ham Cambridge Assessment International Education akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi va A/AS, IGCSE imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy markaz maqomiga ega bo'ldi.

4 ta Prezident maktabi tomonidan A-level imtihonlari may-iyun oyida o'tkazilgan bo'lib, natijalar avgust oyining 3-haftasida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

📌Ma'lumot uchun, A-level imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 18:00 da boshlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va yangilangan ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🏆Yangi o‘quvchidan ilk mukofot

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinfiga qabul qilingan o‘quvchi Ro‘zimannopova Rohilaxon "Kamalak yulduzlari" respublika tanlovining sheriyat yo‘nalishi (F) bo‘yicha viloyat bosqichida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

❇️Rohilaxonning kelgusi o‘qish va ijodiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz

👉@ptma_myim