Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
867 subscribers
8.28K photos
866 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_videobayonot
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilar imtihon kuni va vaqtini qanday bilib olishlari mumkin?

Bu haqda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirilgan vaqtda ariza yuboruvchilar tomonidan kiritilgan telefon raqamiga sms tarzida xabar yo‘llanadi.

Mazkur xabarni qabul qilgach, talabgorlar o‘z shaxsiy kabinetiga kirib, imtihon ruhsatnomasini yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada imtihon kuni va vaqti aniq yozilgan bo'ladi.

📞Call-markaz: 1206

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
Таклифнома

2022 йил 23 июнь куни соат 14:00 да Андижон давлат университетида Ўзбекистон халқ ёзувчиси Муҳаммад Али таваллудининг 80 йиллигига бағишланган Ижодий кеча ўтказилади.

Ушбу анжуманга барча ижодкорларни, адабиёт муҳлисларини лутфан таклиф этамиз.

Ҳурмат билан,
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Андижон вилояти бўлими
Шоир учун асосий иш – кўнгил кўзи билан кўриш, қоғозга тушириш эса – касб.

Асқад Мухтор
Osmon cho'kib qoldi

Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas.
Bir mahalla nigohni ko‘rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.

Sadoqatmi?
Kimga kerak u?..
Behudadir ko‘z yoshning seli.
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas:
U begona. U endi kelin...

To‘y bu asli badjahl ota,
Baxtli bo‘lsin qizim, degani.
Uni senga bermasman, bo‘tam,
Tirik ekan ko‘zim, degani.

Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Qonimda bir g‘ashlik o‘rmalar.
Men olovga otarman endi,
Yuragimni qiyma-qiymalab...

Yoqa ushlab qolsin ko‘rganlar,
Olovlarga otgum uni, bas.
Yonib ketsin chirsillab qalbim,
Sevish kerak... yashash shart emas...

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
#Эълон

📣📣DIQQAT, E'LON!

Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 24-iyun kuni boshlanadi!

☎️Imtihon vaqti va manzili haqida talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

Kirish imtihonlari necha bosqichdan iborat?
❗️Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda o‘tkaziladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (yozma ish)
2️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (suhbat)
3️⃣-bosqich: test sinovi - (ona tili va adabiyot, chet tili hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishi bo'yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (yozma ish)
2️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (suhbat)
3️⃣-bosqich: test sinov (chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy tilda o'tkaziladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi yangi tashkil etilgan maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 21-iyun soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
ИЖОДКОРЛАР ИЖОД МАКТАБЛАРИ БИЛАН

Атоқли адиблар номи билан аталадиган ижод мактабларига ижодкор, салоҳиятли, зукко, сўзга эътиборли, китобхон болаларни қамраб олиш мақсадида ижодий имтиҳонлар бошланиш арафасида. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида ижодий имтиҳонларни ўтказувчи ҳакамлар ҳайъатининг йиғилиши бўлиб ўтди. Унда имтиҳонларни адолатли, ўқувчиларга эътиборли бўлган ҳолда ўтказиш юзасидан сўз борди. Уюшма раиси ҳакамлик ишига жалб қилинган устоз ижодкорлар, олимлар, педагогларга ҳамда ижод мактаблари билан мунтазам иш олиб борадиган Ўқув-методика бўлимига катта ишонч билдирди. Таклифлар ўрганилди.
Йиғилишлар сўнг ҳакамлардан иборат эксперт комиссияси томонидан Президент таълим муассасалари агентлиги ва Ёзувчилар уюшмаси ҳамкорлигида тайёрланган имтиҳон билетлари ўрганиб чиқилиб, маълум ўзгартиришлар киритилди.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
Йиғилишдан суратлар. Муаллиф – Аҳмад Тўра.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
ХУШХАБАР

Энди дунёнинг қай бурчагида бўлманг, “Yoshlik” журналини мобил илова орқали ўқишингиз мумкин. Уни телефонингизга Play Market орқали ўрнатинг ва журналнинг ҳар бир сонини ўқинг.

👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.greatsoft.yoshlik

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyati "O‘zbekiston" telekanalining "Kelajakka yo‘l" ko‘rsatuvi orqali efirga uzatildi.

Unda Agentlik rahbariyati va Agentlik tizimidagi maktab o‘qituvchilari Davlat rahbari tomonidan taʼlimga berilgan eʼtibor xususida so‘z yuritadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktab

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish tanlovining birinchi va ikkinchi bosqichi yakunlandi.

Hozirgi kunda uchinchi bosqich – suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube