Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
871 subscribers
8.4K photos
869 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармонлари билан:

- Норов Владимир Имамович Ўзбекистон Республикаси ташқи ишлар вазирининг биринчи ўринбосари лавозимига тайинланди, унинг зиммасига Ўзбекистон Республикаси ташқи ишлар вазири вазифасини бажариш юклатилди;

- Ўзбекистон Республикаси ташқи ишлар вазири лавозимини эгаллаб келган Камилов Абдулазиз Ҳафизович Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Хавфсизлик кенгаши котибининг ташқи сиёсат ва хавфсизлик масалалари бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди;

- Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Хавфсизлик кенгаши котибининг ташқи сиёсат ва хавфсизлик масалалари бўйича ўринбосари лавозимини эгаллаб келган Усманов Бобур Масудович Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти директорининг ўринбосари лавозимига тайинланди.

Facebook|Instagram|Twitter
⚡️⚡️⚡️«Эл-юрт умиди» жамғармаси, Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги ҳамда Бухоро вилояти ҳокимлиги ҳамкорлигида Ғиждувон тумани ва Бухоро шаҳарида амалий-услубий семинарлар ўтказилади.

Батафсил: https://eyuf.uz/site/view?id=720

@elyurtumidifoundation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Рамазон ҳайити муносабати билан Президент 65 кишини афв этди

Президент помиловал 65 человек в связи с праздником Рамазан-хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Mohizoda TUROFOVA,
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

BOLALIK

Hovlim etagida, yong‘oq shoxida
Osilgan arg‘imchoq meni kutadi.
Qo‘shni qizaloqlar bahor chog‘ida
Tolpopuk sayliga taklif etadi.

Oq terak, ko‘k terak, to‘p tosh-u chillak,
Hali ortda qolar bolaligim ham.
Endi ko‘proq kitob o‘qishim kerak,
Qancha bilim olsam bo‘laverar kam.

Bolalik, sen mendan xafa bo‘lmay tur,
Hali ulgurarmiz sen-la quvnashga.
Iltimos, qochsam ham ortimdan yugur,
Senda olgan saboq yozilar toshga.

👉@ptma_myim
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi "Tong yulduzi" sahifalarida
#Andijon_Prezident_maktabi

Andijon shahridagi Prezident maktabida "Yangi avlod jadidlari" nomli tadbir o'tkazildi.


Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova, Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Andijon shahridagi Prezident maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ishtirok etishdi.

✔️Tadbirda jadid namoyondalari mustaqillik g'oyalari, ma'rifatparvarlik faoliyatiga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Tadbir so’ngida Hilola Umarova iqtidorli o’quvchilar va ularning ota-onalariga faxriy yorliq va esdalik sovg'alarini topshirdi.
Yelkadan sirg'alib kunduzgi tashvish,
Yelkadan sirg'alib ko'rpalari-da,
Supachada uhlar erkak va ayol
Yog'och beshik o'rtalarida.

Xo'rozlar bayotin avji --- tongotar,
Suyumli nigohi erkalarida,
Nonushta qiladi erkak va ayol,
Yog'och beshik o'rtalarida.

Qaydadir traktor guvillar. Endi
Topgan-tutganlari o'rtalarida.
Dalaga jo'naydi erkak va ayol,
Yog'och beshik o'rtalarida...

Muhammad Yusuf

O‘zbekiston xalq shoiri

@ptma_myim
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni muborak ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.

Niyati pok, maqsadlari ulug’ yurtdoshlarimizning shunday ulug' ayyomda qilayotgan barcha ezgu tilaklarining ijobatini tilaymiz.

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin! Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
2 май Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, "Шуҳрат" медали соҳиби Наби ЖАЛОЛИДДИН таваллуд топган сана

Адиб 1962 йил 2 майда Избоскан тумани Жонобод қишлоғида туғилган. Тумандаги рассомлик мактаб-интернатини тамомлаган. ТошДУнинг журналистика факультетида сиртдан таҳсил олган. Унинг шеърий, насрий, публицистик асарлари адабий жамоатчилик томонидан эътироф этилган. Адибнинг «Ялпизли кеча» (1993), «Ҳур нидо» (1996), «Ўлимнинг ранги» (1998), «Сен билан қолмайман» (2002), «Эркаги бор уй» (2005) каби шеърий ва насрий асарлари нашр этилган. А. Камюнинг «Калигула» асарини ўзбек тилига таржима қилган. "Хайём", "Тегирмон" романлари муаллифи. "Шуҳрат" медали соҳиби.
Audio
Muhammad Yusuf
📜 Tunda she'r aytishdik...
🎤 Farangiz

@ptma_myim
Menga boqib miyig'ida kulgan dunyo,
Meni tuproq, o'zni osmon bilgan dunyo,
Seni momom cho'miltirgan yuvib-tarab,
Seni bobom tetapoya qilgan, dunyo!...

Ey, o'tmishdan o'tkan kunin so'ramagan,
O'zbek borsa kim qo'liga qaramagan?
Botirlari qul bo'lishga yaramagan,
Suluvlari bo'yniga osilgan dunyo!

Moziy manim borimni yod etib siylar,
Dilni obod, ruhlarni shod etib siylar.
Shoh G'azzoliy, shoh Tarbiziy, shoh Rumiylar...
Chorig'ini yelkasiga ilgan dunyo.

Sen sig'ingan --- o'sha jondin ortiq senga
Tojimahal ham bir bobomdan tortiq senga.
Kulma menga, iddaolar qilma menga ---
To'qqiz kunda Temur bosib olgan dunyo!

Yuzlaringni yoritgan shu sharq ziyosi,
Dardlaringni aritgan shu sharq ziyosi.
Sinoning etagin o'pib Ovrupasi,
Amirqosi Beruniydan qolgan dunyo.

Mening ko'shkim ko'kda --- unga yetmaydi qo'l,
Mening ko'rkim ko'ngil, unga eltgay bir yo'l,
Tirikman men, kel istasang muridim bo'l ---
Sen Islomdan iymon darsin o'rgan, dunyo!...


Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Bekatlarda men qolarman-da,
Aytar so'zim qolib ketadi.
Tramvaylar seni har kuni
Bodomzorga olib ketadi.

Termulaman, izlaridan jim,
Boqib ko'zim tolib ketadi.
Bodomzorga seni har kuni
Tramvaylar olib ketadi.

Temir yo'lga boshlarin urib
G'ildiraklar nolib ketadi.
Bodomzorga seni har kuni
Tramvaylar olib ketadi.

Yur, deb o'zim ketar yo'llarga,
Burolmayman tramvaylarni.
So'kolmayman tramvaylarni,
Urolmayman tramvaylarni

Ko'rolmayman tramvaylarni!..


Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri