Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
903 subscribers
8.78K photos
907 videos
50 files
1.91K links
Download Telegram
#ayolga_ehtirom

AYOLGA GUL BERING...

Quyoshdan mehr, oydan nur, yerdan sadoqat, yulduzlardan chiroy olib Ollohim ayol zotini yaratdi. Ayol - buyuk va moʻtabar ona, ayol - matonatli opa-singil, ayol - sadoqatli yor. Ayol - unda bugun olam quvonchi, doʻstga xos fidoyilik, jasorat mujassam.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida goʻzallik va nafosat bayrami 8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni oldidan "E'zozlaymiz, sizni hamisha!" nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Abfulhamid Nurmatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, mehnat faxriysi Mahbuba Muzaffarova, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Ma'rifat targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari, uztoz-murbbiylar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ayolga_ehtirom

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida goʻzallik va nafosat bayrami 8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan "E'zozlaymiz, sizni hamisha!" nomli bayram arafasida bir guruh "Ma'rifat" targ‘ibotchilari a'zolari Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan "Ma'naviyat fidoiysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mehnat faxriylari, ma'naviyat fidoiylari orasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori, Respublika "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zosi Shohistaxon Nurmatova ham taqdirlandi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ayolga_ehtirom

8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori, Respublika "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zosi Shohistaxon Nurmatova  "Ma'naviyat fidoiysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan ayol-qizlarimiz,
aziz ustozlar!


Sizlarni bahor ayyomi — “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy qutlayman.

Bugungi kunda yurtimizda ayol-qizlarimiz uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Har bir sohada ularning o‘z maqsadi tomon dadil ildamlayotganini ko‘rish esa insonga behad quvonch bag’ishlaydi.

Shu o’rinda, yurtimizda qizlarimizning ilm olishi uchun ham alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidlash joiz. Shubhasiz, qiz bolaga ta’lim berish butun millatga ta‘lim berish demakdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni go‘zallik bayrami — 8-mart bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka yor bo‘lishini tilayman.

Zafar va muvaffaqiyatlar yo‘lingizda hamisha hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


@hilola_umarova
#tabrik

Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Ilmga chanqoq, zukko o‘quvchi qizlarimiz!

Siz azizlarni bahorning ilk bayrami – 8-mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etib, baxt, mehr-muhabbat doim hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona timsoli, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda mushkul vazifa.

Aziz opa-singillar!
Bilimga chanqoq o‘quvchi qizlarimiz!

Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan! 🌷
__

С Международным женским днём 8 марта! 🌷