Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
880 subscribers
8.43K photos
870 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
Posboningman, muqaddas Vatan

"Posboningman, muqaddas Vatan!" shiori ostida o‘tkazilgan vatanparvarlik tadbirlarida Ijod maktabi direktori tomonidan Shohistaxon Nurmatova mehmonlarga esdalik sovg‘alari, badiiy adabiyotlar topshirilib, ularning boy tajribasi yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishida beqiyos ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Posboningman, muqaddas Vatan! nomli she'rlar va hikoyalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
#xalqaro_hamkorlik

Agentlik rahbariyati va Rossiya federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi direktori Mixail Mokrinskiy boshchiligidagi
delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev mehmonlarni mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida taʼlim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishida erishilayotgan yuqori natijalar mazmun-mohiyati bilan tanishtirib oʻtdi.

Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda "Yangi Oʻzbekiston" universiteti faoliyati bilan yaqindan tashishdi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik va Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Unga koʻra, qoʻshma seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek olimpiadalar, tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish kabi qator loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligini hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ertalabki saflanish bo‘lib o‘tdi.

Sana munosabati bilan ijodkor qizlar ishtirokida badiiy chiqishlar tashkil etildi. Maktab psixologi tomonidan qiziqarli treninglar o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim